Angrenda PPX xodimi tabel qurolda o‘zini otib qo‘ydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBodi-kamera i znachok ispektora DPS
Bodi-kamera i znachok ispektora DPS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
Obuna bo‘lish
Holat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining shaxsan nazoratiga olingan.
TOShKENT, 28-iyun - Sputnik. Toshkent viloyatida Post-patrul xizmati xodimi o‘z jag‘iga o‘q uzgan. Bu haqda IIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 27-iyun kuni Angren shahrida ro‘y bergan.
IIB Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash guruhi xodimi 34 yoshli B.B Angren shahar IIBning 4-qavatida o‘ziga biriktirilgan "PM" tabel qurolidan o‘zining jag‘ qismiga qarata bir marotaba o‘q uzgan. Safdor B.B olgan jarohatidan voqea joyida vafot etgan.
O‘z joniga qasd qilish sabablari Ichki ishlar vazirligi va prokuratura organlarining maxsus tashkil etilgan guruhi tomonidan o‘rganilmoqda.
Holat O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining shaxsan nazoratiga olinganligi aytilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0