https://oz.sputniknews.uz/20210627/toshkentdagi-savdo-majmualarida-aholini-covid-19-ga-ommaviy-qarshi-emlash-boshlandi-19426844.html
Toshkentdagi savdo majmualarida aholini COVID-19 ga qarshi ommaviy emlash boshlandi
Toshkentdagi savdo majmualarida aholini COVID-19 ga qarshi ommaviy emlash boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Bugun, 27-iyundan, Toshkent shahridagi barcha savdo shoxobchalarida aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi, deb xabar qilmoqda... 27.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-27T10:38+0500
2021-06-27T10:38+0500
2021-06-27T11:59+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/1b/19426796_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_504475691c9627dc243feb2de81c393a.jpg
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Bugun, 27-iyundan, Toshkent shahridagi barcha savdo shoxobchalarida aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.Yashnobod tumani markaziy poliklinikasida oilaviy shikofor bo‘lib ishlovchi Hilola Qulahmadovaning ma’lum qilishicha, savdo markazida vaksinaning birinchi dozasini olish mumkin. Buning uchun pasport so‘raladi. Vaksinaning qolgan dozalarini fuqarolar o‘zlari yashaydigan poliklinikalarda olishlari mumkin.Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan emlanish aksiyasi "Men vaksina oldim" (#men_vaksina_oldim) shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda. Toshkent shahri aholisining 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha qatlamini o‘zlari biriktirilgan oilaviy poliklinikalarda koronavirus infeksiyasiga qarshi bepul ixtiyoriy tarzda ommaviy emlanishi belgilangan.Sanitariya-epidemiologiya xizmati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, savdo shoxobchalarida koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasidan tashqari “Sputnik V” vaksinasi bilan ham emlanish mumkin. Biroq “Sputnik V” vaksinasining miqdori kamligi sababli u hamma nuqtalarga yetkazilmagan. Yaqin kunlarda bu vaksinaning yanada ko‘proq partiyasi olib kelinsa, uning savdo joylaridagi miqdori ko‘paytiriladi.Avvalroq prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Sputnik muxbiriga O‘zbekiston va Xitoy olimlari tomonidan ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining birinchi komponentini olganini ma’lum qilgan edi.O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi koronavirusning "delta shtammiga" qarshi ham samaradordir.
https://oz.sputniknews.uz/20210625/ozbek-xitoy-vaktsinasi-hind-shtammiga-ham-qarshi-tura-oladi--19409391.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/1b/19426796_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_6782b1ee1d2aa3c14c3e67d32550f60f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi, o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi, o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Bugun, 27-iyundan, Toshkent shahridagi barcha savdo shoxobchalarida aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Yashnobod tumani markaziy poliklinikasida oilaviy shikofor bo‘lib ishlovchi Hilola Qulahmadovaning ma’lum qilishicha, savdo markazida vaksinaning birinchi dozasini olish mumkin. Buning uchun pasport so‘raladi. Vaksinaning qolgan dozalarini fuqarolar o‘zlari yashaydigan poliklinikalarda olishlari mumkin.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan emlanish aksiyasi "Men vaksina oldim" (#men_vaksina_oldim) shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda. Toshkent shahri aholisining 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha qatlamini o‘zlari biriktirilgan oilaviy poliklinikalarda koronavirus infeksiyasiga qarshi bepul ixtiyoriy tarzda ommaviy emlanishi belgilangan.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, savdo shoxobchalarida koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasidan tashqari “Sputnik V” vaksinasi bilan ham emlanish mumkin. Biroq “Sputnik V” vaksinasining miqdori kamligi sababli u hamma nuqtalarga yetkazilmagan. Yaqin kunlarda bu vaksinaning yanada ko‘proq partiyasi olib kelinsa, uning savdo joylaridagi miqdori ko‘paytiriladi.
Avvalroq prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Sputnik muxbiriga O‘zbekiston va Xitoy olimlari tomonidan ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining birinchi komponentini olganini ma’lum
qilgan edi.O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi koronavirusning "delta shtammiga" qarshi ham
samaradordir.