Sakson yil avval mamlakat jangga kirishgandi, G‘alaba qozonishini bilgan holda

© Sputnik / Anatoliy GaraninObuchenie boysov pered otpravkoy na front
Obuchenie boysov pered otpravkoy na front - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Yelena Karayeva ... Shartli “Dormund” so‘zi yangradi, va Germaniya bosqinchisining og‘ir, po‘lat bilan chaqnagan, dahshatga soluvchi zarbasi bizning yaqinlarimiz, buvilarimiz, oyilarimiz, otalarimiz, bobolarimiz uxlab yotgan osuda qishloqlar, shaharchalar, maydonlar, o‘rmonlar, maysazorlarga yog‘ildi.
Zarba ularga berildi.
Ya’ni bizga. Hammamizga.
Hammamizga 80-yil oldin o‘sha paytdagi kontinental “birlashgan Yevropa” kuchi yopirildi.
SSSRga uni ham Fransiyaning mashinasozlik zavodi, ham Norvegiyaning po‘lat quyish sanoati qo‘llab quvvatlagan vermaxt armiyasi hujum qildi, Belgiya SS batalonlari qurol yetkazib bergan, havoga Ruminiya aviatsiyasi ko‘tarilgan, buyruqlarni esa Gitler zobitlari, jumlalan, Xorvatiya harbiy bo‘linmalariga ham bergan.
Qo‘shinlarga matbuotni ham qo‘shishgan. Gitlerning propaganda mashinasini tanklar va samolyotlarga qaraganda kam bo‘lmagan sinchkovlik bilan yig‘ishgan.
Proyeksiya s nadpisyu «Spasibo” na russkom, angliyskom, fransuzskom i nemeskom yazikax, Berlin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2021
Ikkinchi jahon urushining afsona va asotirlari
Radiomurojaatni o‘qib turib Yozef Gebbels “1941 yil 22-iyun kuni Yevropa bolshevik Rossiya Sovetiga zarba berishni ahd qilganini” ta’kidladi.
Jumladan, Berlin vermaxt va natsizm g‘alaba qozonishiga shubha qilmagandi.
Ammo “rus javobi” o‘zini kuttirib qo‘ymadi.
Bu Konstantin Simonov tomonidan yo‘llangan kichik xatida yangragan, bu barchamiz bilgan sochi oqargan front yozuvchisi emas, balki “Krasnaya zvezda”ning yosh, o‘shanda 25 yoshli harbiy muxbiri tomonidan yozilgan.
Simonov G‘arbiy frontga Ulug‘ Vatan urushi boshlangandan keyin besh kun o‘tib keldi, keyinchalik u harbiy yodnomalarida chegarachi zobit bilan bo‘lgan suhbatdan bir parcha keltiradi. U aytadi: “Ma’lumotga egamanki, zastavalardagi menikilarning bari halok bo‘lgan. Oxirgi odam qolguncha jang qilishdi va u yerda bo‘lganlarning hammasi halok bo‘ldi. Oilam esa u yerda, Grayev yaqinlarida. Xotinim, ikki bolam, oyim va singlim. Dunyoda jamiki nima bo‘lsa, bari u yerda”.
Deyarli xuddi o‘sha kuni, 29-iyun, “Barbarossa” rejasi mualliflaridan biri, general Galder, kundaligida yozadi: “Frontdagi ma’lumotlar tasdiqlaydiki, ruslar hamma yerda oxirgi odamigacha jang qilmoqda”.
Biroq, albatta, o‘z boshlig‘iga Galder g‘alaba nomalarini yo‘llagan.
Simonov keyinchalik qayd etdi: “U yerda ularning ayrimlar keyin nima yozishlariga qaramay, urushdan so‘ng, o‘shanda ularning hech birining aqliga ular tomonidan Sharqiy frontda “to‘liq tor-mor etilgan” Sovet armiyasi qachondir Germaniya hududiga qadam qo‘yadi, degan fikr kelmagan edi, albatta”.
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2021
Kamilov Ulug‘ Vatan urushining 80-yilligi arafasida she’r o‘qidi – video
Natsistlar Leningradni qamal qilishdi, qahramon shag‘ar aholisi o‘lgan bolalarga chang‘ilarda tashidi, Berlin komendanti general Berzarin esa G‘alabadan so‘ng kichik berlinliklarni emladi va nemis bolalari o‘z vaqtida sut olishlari to‘g‘risida buyruq berdi.
80 yil oldin boshlangan urush 1418 kun davom etdi. Bu vaqt ichida xalqimiz qancha yo‘llarni bosib o‘tdi: Maydanek va Osvensim krematoriy pechlari, Krakovning barbod bo‘lishdan qutqarish, Drezden galereyasini suv bosishidan omon saqlash. Hamisha insoniylik qadriyatlari ustun ekanini ta’kidlab keldi.
Pragmatik Yevropa ularni zudlik tortib olib, “o‘zining umumiy qadriyatlari” deb atadi.
Yevropa o‘zini ozod qilib, ehtiros bilan urbi et orbi “Endi hech qachon” deya va’da berib, zudlik bilan boshqa urushlarga boshini suqdi.
U Shimoliy va G‘arbiy Afrikadagi mustaqillik tarafdorlari bilan jang qildi. U Hindixitoyda jangovar harakatlarni olib bordi.
Keyin esa Yugoslaviyaning navbati keldi (“Miloshevich diktaturasi va serblar zulmi”ga qarshi kurash doirasida, bu ta’riflarni hammamiz eslaymiz).
Keyin yana o‘n yil o‘tib Ukrainaning navbati ko‘rindi.
Avvaliga urush boshlashning birinchi urishiga qo‘l urilgandi, yana o‘n yil o‘tib ikkinchisiga. Ham birinchi, ham ikkinchi holatlarda, 2004 va 2013-2014 yillarda, nafrat muhiti yaratilgan edi – boshqalarga nisbatan.
Yugoslaviya mojarosi vaqtidagi kabi, zudlik bilan natsist simpatizantlar bosh ko‘tardi, Gitlay malaylari va harbiy jinoyatchilar “ozodlik va mustaqillik kurashchisi” va “Rossiya ta’siridan xalos qiluvchilar” bo‘lishdi.
Keling, avvalo o‘zimizga aytamiz, ota-bobolarimiz, yaqinlarimiz, vatandoshlarimiz jasorastini oyoq osti qilishga urinish, ularni “millionlab zo‘rlangan nemis ayollari”, “eshalon-eshalon o‘ljalar” va “o‘g‘irlangan san’at kolleksiyalari” haqidagi hikoyalar bilan niqoblash umumiy genetik kodimizni yo‘q qilishning usulidir. Unda o‘zgartirilgan birgina hujayra, butun organizm saratonini keltirib chiqaradi.
Tashkent pomnit: na Volgogradskom kladbishe pochtili geroyev Velikoy Otechestvennoy
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2021
Toshkentda Ulug‘ Vatan urushi qahramonlari xotirasi yod olindi
Keling, oxir-oqibat anglaylik, “Rossiya militarizmi” haqidagi bu barcha ayyuhannoslar – shunchaki aql bovar qilmas ishni bajargan – uning oldida butun Yevropa tiz cho‘kkan natsizm belini sindirgan mamlakatga bo‘lgan hasaddir.
Jang maydonlarida halok bo‘lgan, yaralangan, o‘ldirilgan, qullikka o‘g‘irlangan, konslagerlarga jo‘natilgan, azob-uqubatlarga giriftor qilingan, otib tashlangan va osib o‘ldirilganlar yodga olib, ular G‘alaba yo‘lida behuda qurbon bo‘lmaganliklarini takrorlaylik.
Biz ularning o‘zlarini qurbon qilishlari sabab tirikmiz, bugun bu qurbonlikni tasavvur qilish amri mahol.
Bizning xotira va dardu alamimiz ular uchun umumiy yodgorlik bo‘ldi.
Manba: RIA Novosti
Yangiliklar lentasi
0