https://oz.sputniknews.uz/20210622/koronavirusga-qarshi-emlanuvchilar-guruhi-yana-kengaydi-19350183.html
Koronavirusga qarshi emlanuvchilar guruhi yana kengaydi
Koronavirusga qarshi emlanuvchilar guruhi yana kengaydi
Sputnik O‘zbekiston
Endilikda 50 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar emlanishi mumkin. 22.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-22T11:59+0500
2021-06-22T11:59+0500
2021-06-22T11:59+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/1c/18533350_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_9d6b4a3e6999b482c98522c622d3cead.jpg
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanuvchilar guruhi yana kengaydi. Endilikda 50 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini bepul emlash boshlanadi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va ilmiy markazlar olimlari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishida ma’lum qilindi.Yig‘ilishda mamlakatda koronavirus infeksiyasi bog‘liq epidemiologik vaziyat hamda ushbu infeksiya bilan kasallanish holatlarini oldini olishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.Birinchi navbatda kasallik profilaktikasiga qaratilgan tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek, aholi tomonidan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash kabi sanitariya-epidemiologiya talablari nazoratini olib borish yuzasidan tegishli idoralarga topshiriqlar berildi.SSVning 21-iyundagi ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi emlash jarayonida jami 2,9 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanilgan (1-bosqichda – 1,7 mln, 2-bosqichda – 1,06 mln, uchinchi bosqichda 127 ming kishi emlangan).
https://oz.sputniknews.uz/20210531/ozbekistonda-covid-19-ga-qarshi-emlanadiganlar-royxati-kengaytirildi-19006626.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/1c/18533350_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_3c6f4d4e2ac7d5e4bb437db333406ce8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
Koronavirusga qarshi emlanuvchilar guruhi yana kengaydi
Endilikda 50 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar emlanishi mumkin.
TOShKENT, 22 iyun — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanuvchilar guruhi yana kengaydi. Endilikda 50 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarini bepul emlash boshlanadi.
Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va ilmiy markazlar olimlari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishida
ma’lum qilindi.Yig‘ilishda mamlakatda koronavirus infeksiyasi bog‘liq epidemiologik vaziyat hamda ushbu infeksiya bilan kasallanish holatlarini oldini olishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Birinchi navbatda kasallik profilaktikasiga qaratilgan tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek, aholi tomonidan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash kabi sanitariya-epidemiologiya talablari nazoratini olib borish yuzasidan tegishli idoralarga topshiriqlar berildi.
So‘nggi kunlarda infeksiya bilan kasallanish holatlari biroz ortganligini inobatga olib, hududlarda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga yo‘naltirilgan tibbiyot muassalarining tayyorgarlik holatini tahlil qilish va zarur dori vositalari zaxirasini shakllantirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
SSVning 21-iyundagi
ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi emlash jarayonida jami 2,9 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanilgan (1-bosqichda – 1,7 mln, 2-bosqichda – 1,06 mln, uchinchi bosqichda 127 ming kishi emlangan).