https://oz.sputniknews.uz/20210617/moskvada-xorijiy-pravaga-ega-haydovchilardan-voz-kechmoqda-19285599.html
Moskvada xorijiy “prava”ga ega haydovchilardan voz kechilmoqda
Moskvada xorijiy “prava”ga ega haydovchilardan voz kechilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Moskvada 1-avgustdan taksi ishini tahlil qiladigan tizim ishga tushadi. Har bir haydovchiga nodir ID beriladi 17.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-17T16:26+0500
2021-06-17T16:26+0500
2021-06-17T16:30+0500
rossiya
moskva
taksi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1b/15873898_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_68aa41c718765e451a2f356006d9a186.jpg
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Moskvadagi taksi agregatorlari xorijiy haydovchilik guvohnomasiga ega va yetarlicha tajribaga ega bo‘lmagan haydovchilarni xizmatga ulamasliklari kerak. Bu haqda Moskva shahar transport boshqarmasi ma’lum qildi.Poytaxt hukumati taksida faqat Rossiya yoki Qirg‘iziston haydovchilik guvohnomalari hamda rus tili rasmiy sifatida ishlatidigan mamlakatlar “prava”lari bilan ishlash mumkinligini eslatgan. Bundan tashqari, haydovchi kamida uch yillik tajribaga ega bo‘lishi kerak.Aniqlik kiritilishicha, yil davomida yetarlicha tajribaga ega bo‘lmagan xorijlik haydovchilar taksi xizmati ko‘rsatish bo‘yicha ruxsat olgan 1,7 mingdan ortiq holat aniqlangan. Xabarda Moskvada 1-avgustdan taksi ishini tahlil qiladigan tizim ishga tushish qo‘shimcha qilingan. Har bir haydovchiga nodir ID beriladi. Bu noqonuniy yo‘lovchi tashuvchilarga buyurtma berishini cheklashi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210607/jarimalarni-tolamagan-xorijiy-yuk-avtomobillari-chegaradan-chiqarilmaydi--19124522.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1b/15873898_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_89016535523dadaee5454f0de8a6d2a1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, moskva, taksi
Moskvada xorijiy “prava”ga ega haydovchilardan voz kechilmoqda
16:26 17.06.2021 (yangilandi: 16:30 17.06.2021) Moskvada 1-avgustdan taksi ishini tahlil qiladigan tizim ishga tushadi. Har bir haydovchiga nodir ID beriladi
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Moskvadagi taksi agregatorlari xorijiy haydovchilik guvohnomasiga ega va yetarlicha tajribaga ega bo‘lmagan haydovchilarni xizmatga ulamasliklari kerak. Bu haqda Moskva shahar transport boshqarmasi
ma’lum qildi.
“Tashuvchi qoidabuzarlar jarimaga tortiladi, agregatorlarga qonunbuzarlikni keltirib chiqargan sabab va sharoitlarni bartaraf etish talabi bilan maktub yo‘llandi. Qoidabuzarliklar bartaraf etilmasa, prokuraturaga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz”, - deyilgan murojaatda.
Poytaxt hukumati taksida faqat Rossiya yoki Qirg‘iziston haydovchilik guvohnomalari hamda rus tili rasmiy sifatida ishlatidigan mamlakatlar “prava”lari bilan ishlash mumkinligini eslatgan. Bundan tashqari, haydovchi kamida uch yillik tajribaga ega bo‘lishi kerak.
Aniqlik kiritilishicha, yil davomida yetarlicha tajribaga ega bo‘lmagan xorijlik haydovchilar taksi xizmati ko‘rsatish bo‘yicha ruxsat olgan 1,7 mingdan ortiq holat aniqlangan.
Xabarda Moskvada 1-avgustdan taksi ishini tahlil qiladigan tizim ishga tushish qo‘shimcha qilingan. Har bir haydovchiga nodir ID beriladi. Bu noqonuniy yo‘lovchi tashuvchilarga buyurtma berishini cheklashi kutilmoqda.