JSST ayollarga alkogol iste’mol qilishni taqiqlashni taklif qildi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishBokal vina
Bokal vina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2021
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, bu onaning jismoniy va ruhiy ahvoliga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) farzand ko‘rish yoshida bo‘lgan ayollarga (15-49 yosh) spirtli ichimlik ichishni taqiqlash taklifi bilan chiqdi. Bu haqda 2022-2030 yillarda alkogolga qarshi kurashish xatti-harakatlar bosh rejasi loyihasida aytilgan. Bunga RIA Novosti e’tibor qaratdi.
Hujjatga ko‘ra, mamlakatlar aholini alkogol ichimliklar zarari haqida boxabarligini oshirishi lozim, ammo bolalar, homiladorlar va farzand ko‘rish yoshidagi ayollarga alohida e’tibor qaratmoq darkor.
Bu homiladorlikka qadar va bola dunyoga keltirgan vaqtda spirtli ichimlik iste’mol qilish bolada turli kasalliklar va nuqsonlar rivojlanishiga olib kelishi bilan bog‘liq.
JSST SOVID-19 qarshi Rossiya vaksinasiga qiziqish bildirdi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.08.2020
Shifokor: emlash kunida spirtli ichimliklar iste’moli mumkin emas
Ta’kidlanishicha, bu onaning jismoniy va ruhiy ahvoliga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu tariqa, JSST ayollarning spirtli ichimliklardan to‘liq voz kechishi eng yaxshi variantligi borasida xulosa qilgan.
Bu bayonot ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida keskin tanqidga sabab bo‘ldi, ular tashkilotni seksizmda ayblashdi.
Yangiliklar lentasi
0