Putin farmoni migrantlar uchun haqiqiy amnistiya bo‘ldi – Kojenov

© SputnikKojenov Vadim, arxivnoe foto
Kojenov Vadim, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Obuna bo‘lish
Migrantlar uyushmasi rahbari bu farmonni migrantlar uchun haqiqiy amnistiya deb atadi.
TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Rossiya migrantlar federatsiyasi (RMF) rahbari Vadim Kojenov Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolangan yangi farmon chet elliklar uchun nimani anglatishini sodda tilda tushuntirib berdi.
Mer Moskvi S. Sobanin prinyal uchastie v otkritii zdaniya migratsionnogo sentra - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
Rossiya IIV migrantlar to‘g‘risida farmon yuzasidan sharh berdi
Kojenovning so‘zlariga ko‘ra, farmon avvalgilaridan farqli o‘laroq, migrantlarning huquqlari belgilab qo‘yilgan bir qator normalarni o‘z ichiga oladi.
Migrantlar uyushmasi rahbari bu farmonni migrantlar uchun haqiqiy amnistiya deb atadi.
"2021 yil 30-sentabrgacha mamlakatdan chiqarib yuborish, deportatsiya qilish yoki kirishga taqiq to‘g‘risida qarorlar qabul qilinmaydi. Bu farmonda aniq ko‘rsatilgan. Agar migrant ushlansa, jarima bo‘ladi. Ikkinchi masala: 30-sentabrgacha oddiy shakldagi ariza bilan migratsiya bo‘limiga kelib, o‘z maqomini qonuniylashtirish mumkin", - deydi ekspert videomurojaatida.
Deportatsiya qilish taqiqlanganligi sababli, chet el fuqarosi, hatto Rossiyada ko‘p yillar davomida noqonuniy yashagan bo‘lsa ham unga jarima qog‘ozi beriladi, ammo baribir migratsiya hisobiga qo‘yiladi, deydi Kojenov.
RMF rahbari barcha noqonuniy migrantlarni o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga chaqirdi, chunki, ehtimol, migrantlar uchun bunday yengillik uzoq davom etmaydi.
Yangiliklar lentasi
0