Biznes yuritish uchun O‘zbekistonning eng qulay va noqulay hududlari ma’lum bo‘ldi
14:49 14.06.2021 (yangilandi: 14:52 14.06.2021)
© pixabayMujchina sidit u kompyutera
© pixabay
Obuna bo‘lish
Biznes yuritish bo‘yicha oldinda Toshkent shahri, eng orqada esa Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlari.
TOShKENT, 14-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Iqtisodiy izlanishlar markazi (CERR) 2020-yilda turli viloyat va tumanlarda biznes yuritish uchun sharoitlar naqadar qulay yoki noqulay bo‘lganiga baho berildi. Izlanishlar Bizes Indikator (Business Indicator) onlayn platformasi orqali amalga oshirildi.
Bizes Indikatorni hisoblashda - tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan 25 punktdan iborat ko‘rsatkich hamda 4 yo‘nalish bo‘yicha tadbirkorlar orasida o‘tkazilgan so‘rovga asoslangan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha viloyat va tumanlaridagi shaharlar reytingi tuzilgan.
© CERRTadbirkorlik rivojlangani bo‘yicha hududlar reytingi
Tadbirkorlik rivojlangani bo‘yicha hududlar reytingi
© CERR
Tadbirkorlikni rivojlantirishning eng yuqori darajasi - Toshkent shahrida qayd etilgan - 7,8 ball. Eng past ko‘rsatkichlar esa Qashqadaryo - 4,5 ball, Surxondaryo - 4,5 ball va Samarqand - 4,6 ball viloyatlarida qayd etilgan.
Tumanlar orasida esa, tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha eng yuqori ballar - Bektemir (9,0 ball), Mo‘ynoq (8,9 ball), Qo‘rg‘ontepa, Yakkasaroy va Karmana (8,4 ball) tumanlarida qayd etilgan.
Eng past o‘rinlar esa - Baxmal (6,3 ball), Buvayda (6,4 ball), Tuproqqal’a, Uchko‘prik, Samarqand, Bekobod va Yangiyo‘l tumanlarida (6,5 ball) qayd etilgan.
© CERRTadbirkorlik rivojlangani bo‘yicha tumanlar reytingi
Tadbirkorlik rivojlangani bo‘yicha tumanlar reytingi
© CERR
Hisobotda aytilishiga ko‘ra, 2019-yilga nisbatan 2020-yilda O‘zbekiston biznes yuritish borasida sezilarli yutuqlarga erishgan. Xususan:
tadbirkorlarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulkka zarar yetkazish holatlari soni 13 barobarga kamaydi - 96 holat (2019 yilda - 1260 ta);
tadbirkorlarga berilgan kreditlar bo‘yicha foizlar uchun kompensatsiya miqdori 3 barobar o‘sdi - - 2,8 trln.so‘m (2019 yilda 855 mlrd. so‘m);
so‘nggi uch yil mobaynida uzluksiz faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar soni 32,5% ga oshdi;
tadbirkorlar ishtirokida xo‘jalik va ma’muriy sudlarda ko‘rib chiqilgan nizolar 44% ga kamaygan - 97,6 ming nizo. (2019 yilda 173,3 ming);
tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlar soni 8,5% ga kamaydi - 52,3 ming tekshiruv. (2019 yilda - 57,2 ming tekshiruv o‘tkazilgan).
Shuningdek, 25 ming nafar tadbirkorlar orasid o‘tkazilgan so‘rovda ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilda (2019 nisbatan) bank xizmatlari sifati yaxshilangan hamda biznes vakillarining davlat organlariga ishonchi ortgan.
Shu bilan birga, so‘rovda ishtirok etganlarning 44% homiylikka majbur qilinganligi va 40 % sud hukmlariga shubha bilan qarashi ham ma’lum bo‘lgan.