Rahmonbek Usmonov Toshkent metropoliteni rahbari bo‘ldi

© Press-slujba MintrasaRaxmanbek Usmanov stal nachalnikom metropolitena Tashkenta.
Raxmanbek Usmanov stal nachalnikom metropolitena Tashkenta. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2021
Obuna bo‘lish
Poytaxt metropoliteniga yangi rahbar tayinlandi. Bu lavozimni Toshkentning sobiq hokimi egalladi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Rahmonbek Usmonov “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari – “Toshkent metropoliteni” UK boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
U ushbu lavozimda 2016-yil oktabridan beri poytaxt metropoliteniga rahbarlik qilib kelayotgan Oybek Xudoyqulovni almashtirdi.
Usmonov 2011-yildan 2018-yil apreliga qadar Toshkent shahri hokimini lavozimida mehnat qilgan.
U 2018-yil aprelidan Avtomobil transporti agentligi (ayni paytda tugatilgan) rahbarining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan, o‘sha yil oktabr oyidan Yunusobod tumani hokimi lavozimida ish boshlagan edi.
Usmonov 2021-yil yanvaridan transport vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Yangiliklar lentasi
0