Noyob Katta Langar Qur’oni O‘zbekistonda restavratsiya qilindi
© Muxammad AliV Uzbekistane zavershili restavratsiyu fragmenta unikalnogo rukopisnogo Korana
© Muxammad Ali
Obuna bo‘lish
Saida Mirziyoyeva rahbarligida Katta Langar Qur’oni sahifalari restavratsiya qilindi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda saqlanib kelinayotgan VIII asrga oid Katta Langar Qur’oni sahifalari Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva boshchiligida restavratsiya qilindi.
Katta Langar Qur’onini restavratsiya qilish ishlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasining restavratsiya laboratoriyasida olib borilgan. Jarayonda Luvr muzeyi restavratorlari Aksel Delo va Aurelya Streri, O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasining mudiri Kamoliddin Mahkamov va kutubxonaning yetakchi mutaxassisi, restavrator Saidrahmat Ikromov, O‘zbekiston milliy kutubxonasi konservatsiya va restavratsiya bo‘limi bosh mutaxassisi Shuhratilloh Po‘latov, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining Madaniy hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bobur Mirzo Sayomov ishtirok etgan.
© Muxammad AliV Uzbekistane zavershili restavratsiyu fragmenta unikalnogo rukopisnogo Korana
V Uzbekistane zavershili restavratsiyu fragmenta unikalnogo rukopisnogo Korana
© Muxammad Ali
Restavratsiya uch bosqichda amalga oshirildi. Loyihaga taklif qilingan fransiyalik mutaxassislar uning 3-bosqichi uchun salkam 15 oy deganda Toshkentga qaytib kelib, maxsus press ostida turgan Katta Langan Qur’oni sahifalari restavratsiyasini yakunlashdi.
© Muxammad AliV Uzbekistane zavershili restavratsiyu fragmenta unikalnogo rukopisnogo Korana
V Uzbekistane zavershili restavratsiyu fragmenta unikalnogo rukopisnogo Korana
© Muxammad Ali
Jamg‘arma boshqaruv raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva qadimiy mushaf endilikda yana ko‘p asrlar butun insoniyatning ma’naviy boyligi bo‘lib qolishini ta’kidlagan.
© Muxammad AliV Uzbekistane zavershili restavratsiyu fragmenta unikalnogo rukopisnogo Korana
V Uzbekistane zavershili restavratsiyu fragmenta unikalnogo rukopisnogo Korana
© Muxammad Ali
"Katta Langar Qur’oni sahifalari yana ko‘p asrlar nafaqat biz – o‘zbekistonliklar, balki butun dunyo musulmonlari, butun insoniyatning ma’naviy boyligi bo‘lib xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Ma’lumot uchun, restavratsiya ishlari 2019-yilda boshlangan edi. Katta Langar Qur’oni .Bugungi kunda O‘zbekistonda Katta Langar Qur’oni qo‘lozmasining 17 ta sahifasi mavjud. Mushaf VIII asrda bitilgan deb hisoblanadi, uning charm muqovasi XIV asrga tegishli. Arabiy yozuv usullarining eng qadimiy turlaridan bo‘lgan ko‘fiy-hijoziy xatida bitilgan qo‘lozma oshlangan buzoq terisi – pergamentga muhrlangan. Sahifalarning o‘rtacha hajmi – 53x35 sm.