Yigirmadan ziyod hududlar qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi

© Sputnik / Aleksey MayshevStroitelstvo novix domov v Moskve
Stroitelstvo novix domov v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2021
Obuna bo‘lish
Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalariga berilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar beriladi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2021-yil 1-iyuldan tegishli materiallarni ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:
- investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida, shu jumladan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun beriladigan bank kreditlari summasining 50 foizigacha, biroq 15 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kafolatlar;
- Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalariga berilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun quyidagicha kompensatsiyalar:
- milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
- chet el valyutasidagi kreditlar bo‘yicha – tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 50 foizi, biroq 4 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
- sinov laboratoriyasi uskunalarini sotib olish va xalqaro sifat menejmenti standartlarini joriy etish xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar.
Farmonga ko‘ra, shuningdek:
24 ta tuman (shahar)lar qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilib,ularda “kichik sanoat zonalari” tashkil etiladi;
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi huzurida Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha kengash tashkil qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0