Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev otpravilsya v Andijanskuyu oblast
Shavkat Mirziyoyev otpravilsya v Andijanskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2021
Obuna bo‘lish
Tashrif doirasida So‘g‘d viloyati vakillari bilan uchrashish, 30dan ortiq shartnomalar imzolash rejalashtirilgan.
TOShKENT, 10-iyun - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikistonga jo‘nab ketdi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon taklifiga binoan amalga oshirilayotga ushbu tashrif davomida O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Tashrif dasturidan Dushanbe shahrida madaniy tadbirlarda ishtirok etish, So‘g‘d viloyatida jamoatchilik vakillari bilan uchrashish, sanoat obyektlari bilan tanishish o‘rin olgan.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasini tashkil etish, sanoat va yangi texnologiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar, Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” va jami 30 dan ziyod hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, qtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollar bo‘lgan tijorat shartnomalari va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0