Mirziyoyev Rahmonni Toshkentga taklif etdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidenti Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon
Prezidenti Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2021
Obuna bo‘lish
Dushanbedagi “Qasri Millat” qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmonni o‘zi uchun qulay vaqtda javob tashrifi bilan O‘zbekistonga borishga taklif etdi. Davlat rahbari ushbu taklifni Dushanbe shahridagi “Qasri Millat” qarorgohida bo‘lib o‘tgan tor doiradagi uchrashuvda bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev 10-11 iyun kunlari Tojikistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Rahmon uni aeroportda shaxsan o‘zi kutib oldi. Keyin davlat rahbarlari “Qasri Millat” qarorgohiga yo‘l olishdi. U yerda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar bir biriga rasmiy delegatsiya a’zolarini tanishtirdi. Faxriy qorovul tantanali marsh bilan davlat rahbarlari oldidan o‘tdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOfitsialnaya seremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v rezidensii "Kasri Millat" v Dushanbe
Ofitsialnaya seremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v rezidensii Kasri Millat v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
1/6
Ofitsialnaya seremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v rezidensii "Kasri Millat" v Dushanbe

2/6

3/6

4/6
Ofitsialnaya seremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v rezidensii "Kasri Millat" v Dushanbe
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidenti Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon
Prezidenti Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon - Sputnik O‘zbekiston
5/6
Prezidenti Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
6/6
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
1/6
Ofitsialnaya seremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v rezidensii "Kasri Millat" v Dushanbe
2/6
Ofitsialnaya seremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v rezidensii "Kasri Millat" v Dushanbe
3/6
Ofitsialnaya seremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v rezidensii "Kasri Millat" v Dushanbe
4/6
Ofitsialnaya seremoniya vstrechi prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v rezidensii "Kasri Millat" v Dushanbe
5/6
Prezidenti Uzbekistana i Tadjikistana Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon
6/6
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi. Unda davlat rahbarlari O‘zbekiston va Tojikiston strategik sherikligi va ko‘p qirrali hamkorligining barcha jihatlarini ko‘rib chiqdilar, siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdilar.
Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasida hamkorlik qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mirziyoyev ushbu tashrifga juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rilganini qayd etdi. Hududlar forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi, qiymati qariyb 700 million dollar bo‘lgan aniq loyiha va shartnomalar imzolandi. Birinchi bor Tojikistonda O‘zbekiston kinosi kunlari muvaffaqiyatli o‘tdi.
“Bir so‘z bilan aytganda, tarixiy yaqinligimiz bugun hayotga ko‘chmoqda”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Emomali Rahmon ushbu tashrifning ahamiyatini alohida qayd etdi. O‘zbekiston Tojikistonning strategik sherigi va ishonchli qo‘shnisi ekanini urg‘uladi.
“Bugun siz bilan munosabatlarimizning holati va istiqbollarini hamda xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilishga tayyorman”, – deb ta’kidladi Tojikiston yetakchisi.
Uchrashuvda tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ikki mamlakat hududlari salohiyatini samarali ishga solish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasini tashkil etish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi. Ko‘p qirrali hamkorlikning yangi "o‘sish nuqtalari"ni topish muhim ekani ta’kidlandi. Shuningdek, parlamentlararo aloqalar, madaniy-gumanitar almashinuv, barqarorlik va xavfsizlikka nisbatan tahdid va xatarlarga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalariga to‘xtalib o‘tildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqi va o‘zi nomidan birodar Tojikistonni mustaqilligining bo‘lajak 30-yilligi bilan tabrikladi, tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.
Shavkat Mirziyoyev pribil s ofitsialnim vizitom v Tadjikistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2021
“Xush kelibsiz”: Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda tantanali kutib olindi
Shuningdek, u tojikistonlik hamkasbini o‘zi uchun qulay vaqtda javob tashrifi bilan O‘zbekistonga borishga taklif etdi.
Yangiliklar lentasi
0