https://oz.sputniknews.uz/20210609/ozbekiston-va-tojikiston-ortasida-730-mln-dollarlik-shartnomalar-imzolandi-19169085.html
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 730 mln dollarlik shartnomalar imzolandi
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 730 mln dollarlik shartnomalar imzolandi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda avtomobil, transformator, maishiy texnika ishlab chiqaradi. 09.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-09T15:28+0500
2021-06-09T15:28+0500
2021-06-10T12:44+0500
o‘zbekiston
hamkorlik
tojikiston
shavkat mirziyoyevning tojikistonga rasmiy tashrifi - 2021-yil 10-11 iyun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/09/19168489_0:10:1300:741_1920x0_80_0_0_7509062737d12039caa383d2291eadd5.jpg
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Boxtar shahrida O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga tashrifi arafasida birinchi O‘zbekiston – Tojikiston hududlararo investitsiyaviy forum bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.Tadbirda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, Tojikiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Davlatali Said, ikki mamlakat vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, savdo-sanoat palatalari, chegaradosh viloyatlari rahbarlari, shuningdek, 300 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi.Forum davomida ikki mamlakat hududlari va tegishli idoralar rahbarlari so‘zga chiqib, investitsiyaviy hamkorlikning imkoniyatlari, shuningdek, avtomobil sanoati, to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat va elektrotexnika sanoati, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini birgalikda ro‘yobga chiqarish yuzasidan aniq takliflarning taqdimotini o‘tkazdi.Forum yakunlari bo‘yicha Tojikiston hukumati huzuridagi Eksport agentligi bilan O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim, avtomobil, transformator, maishiy texnika ishlab chiqarish, intensiv bog‘lar, issiqxona komplekslari, qishloq xo‘jaligi va meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma korxonalarni tashkil etish bo‘yicha bitimlar, shuningdek, bir qator savdo shartnomalari imzolandi. Imzolangan hujjatlarning umumiy summasi 730 mln dollarni tashkil etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20210609/shavkat-mirziyoevning-tojikistonga-tashrif-dasturidan-qanday-tadbirlar-orin-olgan-19159023.html
o‘zbekiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/09/19168489_94:0:1249:866_1920x0_80_0_0_701e7acc264505c9dba368f42e162062.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, hamkorlik, tojikiston, shavkat mirziyoyevning tojikistonga rasmiy tashrifi - 2021-yil 10-11 iyun
o‘zbekiston, hamkorlik, tojikiston, shavkat mirziyoyevning tojikistonga rasmiy tashrifi - 2021-yil 10-11 iyun
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida 730 mln dollarlik shartnomalar imzolandi
15:28 09.06.2021 (yangilandi: 12:44 10.06.2021) O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda avtomobil, transformator, maishiy texnika ishlab chiqaradi.
TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Boxtar shahrida O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga tashrifi arafasida birinchi O‘zbekiston – Tojikiston hududlararo investitsiyaviy forum bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati
xabar qildi.
Tadbirda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, Tojikiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Davlatali Said, ikki mamlakat vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, savdo-sanoat palatalari, chegaradosh viloyatlari rahbarlari, shuningdek, 300 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish maqsadida 50 mln dollarlik ustav kapitaliga ega O‘zbekiston – Tojikiston investitsiya jamg‘armasi tashkil etilgani tilga olindi.
Forum davomida ikki mamlakat hududlari va tegishli idoralar rahbarlari so‘zga chiqib, investitsiyaviy hamkorlikning imkoniyatlari, shuningdek, avtomobil sanoati, to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat va elektrotexnika sanoati, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini birgalikda ro‘yobga chiqarish yuzasidan aniq takliflarning taqdimotini o‘tkazdi.
Forum yakunlari bo‘yicha Tojikiston hukumati huzuridagi Eksport agentligi bilan O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim, avtomobil, transformator, maishiy texnika ishlab chiqarish, intensiv bog‘lar, issiqxona komplekslari, qishloq xo‘jaligi va meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma korxonalarni tashkil etish bo‘yicha bitimlar, shuningdek, bir qator savdo shartnomalari imzolandi. Imzolangan hujjatlarning umumiy summasi 730 mln dollarni tashkil etdi.