Jahon banki 2021-yilda O‘zbekiston YaIMi o‘sish darajasini 4,8 %da saqlab qoldi

© Sputnik / StringerShtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone
Shtab-kvartira Vsemirnogo banka v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston iqtisodi rivojlanishiga - dunyo iqtisodining tiklanishi bilan bog‘liq muammolar va milliy vaksinalash kompaniyasi sustligi xalal berishi mumkin – Jahon banki.
TOShKENT, 9-iyun – Sputnik. Jahon banki 2021-yilda O‘zbekiston YaIMi o‘sish darajasini 4,8 %darajada bo‘lishini prognoz qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Jahon banki barcha uchun iqtisodiy jihatdan o‘ta murakkab bo‘lgan 2020-yilda O‘zbekiston YaIMi 1,6 %ga o‘sganini va 2022-yilda ham 5,5 %ga o‘sishi kutilayotganini prognoz qilgan edi.
Bank xulosasiga ko‘ra, O‘zbekistonda pandemiyaga qaramasdan iqtisodiy barqarorlik va o‘sish saqlanib qolishida "hukumat tomonidan qabul qilingan islohotlar dasturi" ham o‘z hissasini qo‘shgan, deyilgan hisobotda.
Shuningdek nufuzli muassasa O‘zbekiston iqtisodiy rivojdlanishiga “dunyo iqtisodining tiklanishi bilan bog‘liq muammolar va milliy vaksinalash kompaniyasi muvaffaqiyatiga ham bog‘liq” deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha oy muqaddam O‘zbekiston hukumati tomonidan 2021-yilda respublikada iqtisodiy o‘sish darajasi 5,1 % darajasida bo‘lishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0