Yil boshidan buyon ishlash uchun Rossiyaga ketgan o‘zbekistonliklar soni ochiqlandi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMigranti
Migranti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Obuna bo‘lish
Yil boshidan beri 17 mingdan ziyod o‘zbekistonlik fuqaro chet elga ishlash uchun tashkillashtiilgan holda ketgan.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Joriy yil boshidan buyon 15 mingdan ziyod O‘zbekiston fuqarolari ishlash uchun Rossiyaga tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, yanvar-may oylarida agentllik tomonidan 17 ming 350 nafar fuqaro xorijiy davlatlarda ishga joylashtirildi.
Shundan:
15 126 nafari Rossiyaga;
1 795 nafari Qozog‘iston Respublikasiga;
420 nafari Janubiy Koreyaga (E-8 vizasi va mehnat shartnomalarini qayta tiklash hisobiga);
7 nafari BAAga.
Tashqi mehnat bozoridagi 259ta salohiyatli ish beruvchilar va rekruting agentliklari bilan muzokaralar o‘tkazilib, ulardagi 69 808ta bo‘sh ish o‘rinlari aniqlandi.
Grajdane Uzbekistana v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2021
Yaqinda 7 mingga yaqin migrant Moskvaga keladi, ko‘pchiligi - O‘zbekistondan
O‘zbekistondagi kasb-hunar markazlarida 24 ming 616 nafar fuqaro o‘qishga jalb qilindi
Yangiliklar lentasi
0