https://oz.sputniknews.uz/20210608/ozbekiston-terma-jamoasi-yirik-hisobda-singapurni-yakson-qildi-19131924.html
O‘zbekiston terma jamoasi yirik hisobda Singapurni yakson qildi
O‘zbekiston terma jamoasi yirik hisobda Singapurni yakson qildi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Jahon Chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Singapur uchrashuvi Saudiya Arabistonidagi “Qirol Fahd” stadionida bo‘lib... 08.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-08T01:03+0500
2021-06-08T01:03+0500
2021-06-08T01:03+0500
sport
futbol
o‘fa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/07/19132011_0:70:1280:790_1920x0_80_0_0_9f7ecb1072c9d6272487407aa3dd3168.jpg
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Jahon Chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Singapur uchrashuvi Saudiya Arabistonidagi “Qirol Fahd” stadionida bo‘lib o‘tdi.“Oq bo‘rilar” o‘yinning ilk daqiqalaridan maydondagi ustunlikni namoyish etishdi va bu 6-daqiqada Jaloliddin Masharipovning goli bilan o‘z mevasini berdi. Birinchi bo‘lim davomida to‘pga egalik qilish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamosi ustunlikka egalik qildi.35-daqiqada Jaloliddin Masharipov uchrashuvdagi o‘zining ikkinchi golini urdi. Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi. Eldor Shomurodov bunday unumli foydalanib, o‘yindagi uchinchi golga mualliflik qildi. Shu tariqa birinchi bo‘lim o‘zbekistonlik futbolchilarning yaqqol ustunligi bilan yakunlandi.Ikkinchi bo‘lim boshida "oq bo‘rilar" sardori jamoaning imkoniyatlari yana oshirdi. 50-daqiqada Odil Ahmedovning golidan so‘ng hisob 4:0 ko‘rinishiga keldi. 86-daqiqada Odil Ahmedovning jarima maydoni tomon yo‘llagan to‘pni singapurlik Hafiz Nor o‘z darvozasiga yo‘llab yubordi. Hisob 5:0 ko‘rinishda o‘zbekistonlik futbolchilar foydasiga hal bo‘ldi.O‘zbekiston terma jamoasi endilikda Yaman (11 iyun) va Saudiya Arabistoniga (15 iyun) qarshi maydonga tushadi. Bu g‘alaba ularga bu bahslarda katta ishonch bag‘ishlashi shubhasiz.
https://oz.sputniknews.uz/20210607/ozbekiston---singapur-uchrashuvini-boshqaradigan-hakamlar-malum-boldi-19117626.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/07/19132011_67:0:1214:860_1920x0_80_0_0_6c0f10c225a5f18e8c9b1792921d88f4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
sport, futbol, o‘fa
O‘zbekiston terma jamoasi yirik hisobda Singapurni yakson qildi
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Jahon Chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Singapur uchrashuvi Saudiya Arabistonidagi “Qirol Fahd” stadionida bo‘lib o‘tdi.
“Oq bo‘rilar” o‘yinning ilk daqiqalaridan maydondagi ustunlikni namoyish etishdi va bu 6-daqiqada Jaloliddin Masharipovning goli bilan o‘z mevasini berdi. Birinchi bo‘lim davomida to‘pga egalik qilish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamosi ustunlikka egalik qildi.
35-daqiqada Jaloliddin Masharipov uchrashuvdagi o‘zining ikkinchi golini urdi. Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shildi. Eldor Shomurodov bunday unumli foydalanib, o‘yindagi uchinchi golga mualliflik qildi. Shu tariqa birinchi bo‘lim o‘zbekistonlik futbolchilarning yaqqol ustunligi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘lim boshida "oq bo‘rilar" sardori jamoaning imkoniyatlari yana oshirdi. 50-daqiqada Odil Ahmedovning golidan so‘ng hisob 4:0 ko‘rinishiga keldi. 86-daqiqada Odil Ahmedovning jarima maydoni tomon yo‘llagan to‘pni singapurlik Hafiz Nor o‘z darvozasiga yo‘llab yubordi. Hisob 5:0 ko‘rinishda o‘zbekistonlik futbolchilar foydasiga hal bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi endilikda Yaman (11 iyun) va Saudiya Arabistoniga (15 iyun) qarshi maydonga tushadi. Bu g‘alaba ularga bu bahslarda katta ishonch bag‘ishlashi shubhasiz.