https://oz.sputniknews.uz/20210608/ettb-namangan-viloyatida-ichimlik-suvi-taminotini-yaxshilashga-70-mln-dollar-ajratadi-19135970.html
YeTTB Namangan viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga 70 mln dollar ajratadi
YeTTB Namangan viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga 70 mln dollar ajratadi
Sputnik O‘zbekiston
Chust, Namangan va Pop tumanlarida istiqomat qilayotgan 170 mingdan ziyod aholi toza ichimlik suvidan doimiy foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 08.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-08T10:50+0500
2021-06-08T10:50+0500
2021-06-08T10:50+0500
iqtisod
suv
investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
namangan viloyati
kredit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0e/18317433_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_a60cf094f234face7b2c70e17f4c38d0.jpg
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Namangan viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga 70 mln dollar ajratadi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va YeTTB birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink tegishli bitimni imzoladi.Mablag‘lar viloyatdagi yettita qishloq aholi punkti (Chortog‘, Chust, Jo‘masho‘y, Qizil-Rovot, Pop, Toshbuloq va Uyg‘ur)ga xizmat ko‘rsatuvchi suv olish va tarqatish stansiyalari va tarmoqlari, magistral quvurlar va suv tozalash inshootlarini, shuningdek, Chust va Jo‘masho‘y qishloqlarida suv tozalash inshootlari, oqova suv stansiyalari va tarmoqlarini qurish va ta’mirlash uchun sarflanadi.Investitsiyalar qariyb 115 ming yangi foydalanuvchilarga suv ta’minoti tarmoqlariga ulanish imkonini beradi. Yangi infratuzilma tufayli suv yo‘qotishlari yiliga 0,6 mln kubometrga kamayadi.Loyiha aholiga xavfsiz ichimlik suvi yetkazib berish, iste’molchilarining shaxsiy gigiyenasini yaxshilash va mavjud suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirishga yordam beradigan suv ta’minoti infratuzilmasini modernizatsiya qilishni moliyalashtirish orqali qishloq aholisini markazlashgan suv ta’minoti tizimiga ulash bo‘yicha O‘zbekiston milliy dasturini amalga oshirishga xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20210221/Frantsiya-Toshkentning-suv-taminoti-tizimini-yakhshilash-uchun-145-mln-evro-azhratadi-16054761.html
namangan viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0e/18317433_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_27785c690d79bc239918e87d77720116.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
iqtisod, suv, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, namangan viloyati, kredit
iqtisod, suv, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, namangan viloyati, kredit
YeTTB Namangan viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga 70 mln dollar ajratadi
Chust, Namangan va Pop tumanlarida istiqomat qilayotgan 170 mingdan ziyod aholi toza ichimlik suvidan doimiy foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Namangan viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga 70 mln dollar ajratadi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va YeTTB birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterink tegishli bitimni imzoladi.
Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi hisobiga viloyatning Chust, Namangan va Pop tumanlarida istiqomat qilayotgan 170 mingdan ziyod aholi toza ichimlik suvidan doimiy foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mablag‘lar viloyatdagi yettita qishloq aholi punkti (Chortog‘, Chust, Jo‘masho‘y, Qizil-Rovot, Pop, Toshbuloq va Uyg‘ur)ga xizmat ko‘rsatuvchi suv olish va tarqatish stansiyalari va tarmoqlari, magistral quvurlar va suv tozalash inshootlarini, shuningdek, Chust va Jo‘masho‘y qishloqlarida suv tozalash inshootlari, oqova suv stansiyalari va tarmoqlarini qurish va ta’mirlash uchun sarflanadi.
Investitsiyalar qariyb 115 ming yangi foydalanuvchilarga suv ta’minoti tarmoqlariga ulanish imkonini beradi. Yangi infratuzilma tufayli suv yo‘qotishlari yiliga 0,6 mln kubometrga kamayadi.
Loyiha aholiga xavfsiz ichimlik suvi yetkazib berish, iste’molchilarining shaxsiy gigiyenasini yaxshilash va mavjud suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirishga yordam beradigan suv ta’minoti infratuzilmasini modernizatsiya qilishni moliyalashtirish orqali qishloq aholisini markazlashgan suv ta’minoti tizimiga ulash bo‘yicha O‘zbekiston milliy dasturini amalga oshirishga xizmat qiladi.