https://oz.sputniknews.uz/20210606/ozbekiston-va-tojikiston-yirik-shaharlar-ortasida-avtobus-qatnovini-tiklashni-muhokama-qildi-19109663.html
O‘zbekiston va Tojikiston yirik shaharlar o‘rtasida avtobus qatnovini tiklashni muhokama qildi
O‘zbekiston va Tojikiston yirik shaharlar o‘rtasida avtobus qatnovini tiklashni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Tez orada Toshkent, Samarqand, Termiz, Dushanbe, Xo‘jand, Panjakent shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovi qayta tiklanishi mumkin. 06.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-06T10:24+0500
2021-06-06T10:24+0500
2021-06-10T13:03+0500
o‘zbekiston
tojikiston
avtobus
sardor umurzakov
shavkat mirziyoyevning tojikistonga rasmiy tashrifi - 2021-yil 10-11 iyun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/06/19109617_0:68:1301:799_1920x0_80_0_0_914737343ca8c6d55fde6e56ddb83a59.jpg
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston ikki mamlakatning shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovini qayta tiklash istiqbollarini muhokama qildi.Gap Toshkent, Samarqand, Termiz, Dushanbe, Xo‘jand, Panjakent va boshqa yirik shaharlar haqida bormoqda.Dushanbe shahrida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati va uni chuqurlashtirishning istiqbollarini ko‘rib chiqdi.Tomonlar kutilayotgan oliy darajadagi tashrif chog‘ida imzolanishi rejalashtirilgan ikki tomonlama hujjatlar va hukumatlararo bitimlarni ishlab chiqishning borishini muhokama qildi. Madaniy-gumanitar sohada faol hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Xususan, madaniyat, san’at, fan arboblari, shuningdek, ikki mamlakat yoshlarining O‘zbekiston va Tojikiston hududlariga o‘zaro safarlarini tashkil etishga kelishib olindi. “Ipak yo‘li” sayyohlik brendini ilgari surish va “ziyorat – turizm”ni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha birgalikda ish olib borish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.Shuningdek, tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.
https://oz.sputniknews.uz/20210603/mirziyoevning-tojikistonga-amalga-oshiradigan-tashrifidan-nimalar-kutilmoqda-19074454.html
o‘zbekiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/06/19109617_72:0:1227:866_1920x0_80_0_0_591d7cfc7da89da7f8c3134bdfea6469.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, tojikiston, avtobus, sardor umurzakov, shavkat mirziyoyevning tojikistonga rasmiy tashrifi - 2021-yil 10-11 iyun
o‘zbekiston, tojikiston, avtobus, sardor umurzakov, shavkat mirziyoyevning tojikistonga rasmiy tashrifi - 2021-yil 10-11 iyun
O‘zbekiston va Tojikiston yirik shaharlar o‘rtasida avtobus qatnovini tiklashni muhokama qildi
10:24 06.06.2021 (yangilandi: 13:03 10.06.2021) Tez orada Toshkent, Samarqand, Termiz, Dushanbe, Xo‘jand, Panjakent shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovi qayta tiklanishi mumkin.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston ikki mamlakatning shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovini qayta tiklash istiqbollarini muhokama qildi.
Gap Toshkent, Samarqand, Termiz, Dushanbe, Xo‘jand, Panjakent va boshqa yirik shaharlar haqida bormoqda.
Dushanbe shahrida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati va uni chuqurlashtirishning istiqbollarini
ko‘rib chiqdi.Tomonlar kutilayotgan
oliy darajadagi tashrif chog‘ida imzolanishi rejalashtirilgan ikki tomonlama hujjatlar va hukumatlararo bitimlarni ishlab chiqishning borishini muhokama qildi.
Madaniy-gumanitar sohada faol hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Xususan, madaniyat, san’at, fan arboblari, shuningdek, ikki mamlakat yoshlarining O‘zbekiston va Tojikiston hududlariga o‘zaro safarlarini tashkil etishga kelishib olindi.
“Ipak yo‘li” sayyohlik brendini ilgari surish va “ziyorat – turizm”ni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha birgalikda ish olib borish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Shuningdek, tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.