Tojikiston Qozog‘istonni qurg‘oqchilikdan qutqaradi

© Sputnik / Vladimir Bogatirev / Mediabankka o‘tishNovovoronejskaya atomnaya elektrostansiya
Novovoronejskaya atomnaya elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2021
Obuna bo‘lish
Uch yuz million kub metrdan ortiq suv Qozog‘istonning Qizilo‘rda va Turkiston viloyatlariga yo‘naltiriladi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Tojikiston "Baxri Tochik" suv omboridan Qozog‘istonga 315 million kub metr suv yo‘naltiradi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.
Bunday qarorni Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma va Qozog‘iston ekologiya vaziri Magzum Mirzagaliyev hamkorlikdagi uchrashuv vaqtida qabul qilganlar.
Ma’lum bo‘lishicha, suvni tashlash ishlari iyun-avgust oylari oralig‘ida amalga oshiriladi.
V Isfare vspixnul ocherednoy konflikt mejdu jitelyami Kirgizstana i Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2021
Tojik-qirg‘iz chegarasida suv tufayli yana mojaro avj oldi
Bunday chora Qozog‘istonning Turkiston va Qizilo‘rda viloyatlarida hosil o‘sadigan vaqtda suv tanqisligini to‘ldirishga imkon beradi, deb yozadi nashr.
Mirzagaliyevning qayd etishicha, Tojikistondan keladigan suvdan tashqari, Qirg‘iziston respublikasi ham resurslar bilan yordam berib kelmoqda.
Qirg‘iziston Qozog‘istonga Toktogul suv omboridan suvni yo‘naltirmoqda.
Qozog‘iston ekologiya vaziri so‘zlariga ko‘ra, Turkiston va Qizilo‘rda viloyatlaridagi suv resurslarida taqchillik Sirdaryo darosi basseynidagi suv tanqisligi tufayli yuzaga kelgan.
Direktor Fonda natsionalnoy energeticheskoy bezopasnosti Konstantin Simonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.07.2020
Simonov: suv resurslarini taqsimlash Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun o‘ta og‘riqli masala
O‘z navbatida, Qozog‘iston "Baxri Tochik"da qo‘shimcha foydalanganlik tufayli oqibatlar yuzaga keladigan bo‘lsa, Tojikistonga moddiy-texnik ko‘mak beradi, deb qo‘shimcha qilgan Qozog‘iston Ekologiya vazirligi matbuot-xizmati.
Eslatib o‘tamiz, may oyi boshlarida Markaziy Osiyo davlatlari 2021-yil vegetatsiya davri uchun Norin-Sirdaryo kaskadidan suvdan foydalanish limiti va ishlash rejimini tasdiqlagan edilar.
1992 yildan buyon Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston o‘rtasida "Davlatlararo manbalarning suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni birgalikda boshqarish sohasida hamkorlik to‘g‘risida" bitim amal qilib keladi.
Yangiliklar lentasi
0