https://oz.sputniknews.uz/20210602/ozbekistonda-kelgusida-otmlarga-kirish-imtihonlari-bekor-qilinishi-mumkin-19038123.html
O‘zbekistonda kelgusida OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkin
O‘zbekistonda kelgusida OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston xorij OTMlari tajribasida bo‘lgan kirish imtihonlari bo‘lmasligini bosqichma-bosqich sinab ko‘rishni rejalashtirgan. 02.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-02T09:34+0500
2021-06-02T09:34+0500
2021-06-02T09:35+0500
jamiyat
imtihon
test sinovlari
otm
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/0b/14951827_0:71:3073:1800_1920x0_80_0_0_178746b6f60d04dd2367d726bd03f80e.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda kelgusida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkin. Bu haqda DTM bosh boshqarmasi boshlig‘i Farhod Mirzayev ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinib, xorij OTMlari tajribasida bo‘lgan kirish imtihonlari bo‘lmasligi bosqichma-bosqich O‘zbekistonda ham amalga oshirilishi rejalashtirilgan.“Unifikatsiya bo‘yicha qaror tegishli organga kiritilgan. Agar bu tasdiqlansa, biz kirish imtihonlaridan voz kechib, bosqichma-bosqich maktablarda olinadigan imtihonlar hisobiga bolalarni OTMlarga qabul qilishni yo‘lga qo‘yamiz. Masalan, to‘rtta viloyat tanlab olinib, birinchi bosqichda shu viloyatlarda o‘tkazish masalasi ko‘riladi. Keyinchalik qolgan hududlarda ham bu amalga oshiriladi”, — dedi Farhod Mirzayev.Shuningdek, u 2021/2022-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlarini 2 ta ssenariy — yopiq va ochiq maydonlarda o‘tkazish kelishib olinganini ma’lum qildi. Joriy yilda kirish imtihonlarida 1,6 mln abituriyent qatnashishi kutilmoqda.Test sinovlari o‘tkazish uchun 46 800 nafar abituriyent uchun mo‘ljallangan 96 ta katta sig‘imli yopiq bino, 59 040 nafar abituriyentni sig‘diradigan 65 ta stadion tanlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20210318/bu-yilgi-test-sinovlari-ham-stadion-va-xibonlarda-otkazilishi-mumkin--dtm-17827958.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/0b/14951827_154:0:2885:2048_1920x0_80_0_0_94de9f84a31b9e73cf46193115f8e7b7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, imtihon, test sinovlari, otm
jamiyat, imtihon, test sinovlari, otm
O‘zbekistonda kelgusida OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkin
09:34 02.06.2021 (yangilandi: 09:35 02.06.2021) O‘zbekiston xorij OTMlari tajribasida bo‘lgan kirish imtihonlari bo‘lmasligini bosqichma-bosqich sinab ko‘rishni rejalashtirgan.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda kelgusida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bekor qilinishi mumkin. Bu haqda DTM bosh boshqarmasi boshlig‘i Farhod Mirzayev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, OTMlarga kirish imtihonlari bekor qilinib, xorij OTMlari tajribasida bo‘lgan kirish imtihonlari bo‘lmasligi bosqichma-bosqich O‘zbekistonda ham amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
“Unifikatsiya bo‘yicha qaror tegishli organga kiritilgan. Agar bu tasdiqlansa, biz kirish imtihonlaridan voz kechib, bosqichma-bosqich maktablarda olinadigan imtihonlar hisobiga bolalarni OTMlarga qabul qilishni yo‘lga qo‘yamiz. Masalan, to‘rtta viloyat tanlab olinib, birinchi bosqichda shu viloyatlarda o‘tkazish masalasi ko‘riladi. Keyinchalik qolgan hududlarda ham bu amalga oshiriladi”, — dedi Farhod Mirzayev.
Shuningdek, u 2021/2022-o‘quv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlarini 2 ta ssenariy — yopiq va ochiq maydonlarda o‘tkazish kelishib olinganini ma’lum qildi. Joriy yilda kirish imtihonlarida 1,6 mln abituriyent qatnashishi kutilmoqda.
Test sinovlari o‘tkazish uchun 46 800 nafar abituriyent uchun mo‘ljallangan 96 ta katta sig‘imli yopiq bino, 59 040 nafar abituriyentni sig‘diradigan 65 ta stadion tanlangan.