https://oz.sputniknews.uz/20210602/ozbekiston-va-qozogiston-shaharlari-ortasida-parvozlar-soni-kopaytirilmoqda-19054140.html
O‘zbekiston va Qozog‘iston shaharlari o‘rtasida parvozlar soni ko‘paytirilmoqda
O‘zbekiston va Qozog‘iston shaharlari o‘rtasida parvozlar soni ko‘paytirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Turkiston – Toshkent – Turkiston yo‘nalishida haftasiga 2 marotaba qatnov bajariladi 02.06.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-06-02T17:53+0500
2021-06-02T17:53+0500
2021-06-02T17:53+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qozog‘iston
aviaparvozlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/02/19053908_0:92:2695:1608_1920x0_80_0_0_fcd380a3e95e937fc0bd4728d52f1d1f.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston Aviatsiya ma’muriyatlarining joriy yil may oyidagi kelishuviga muvofiq ikki davlat o‘rtasida yangi muntazam aviaqatnovlar tashkil etildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.Jumladan, Samarqand – Olmaota va Turkiston – Toshkent muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi.Samarqand – Olmaota – Samarqand yo‘nalishida “Uzbekistan Airways” va “Air Astana” aviakompaniyalarining har biri tomonidan haftasiga 2 marotabadan qatnov amalga oshiriladi.Ikki davlat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar tiklangandan buyon sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya qilgan holda “Uzbekistan Airways” va “Air Astana” aviakompaniyalarining har biri tomonidan Toshkent – Olmaota yo‘nalishida haftasiga 7 marotabadan, Toshkent – Nur-Sulton yo‘nalishida esa haftasiga 3 marotabadan muntazam yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshirmoqda.Shuningdek, “Uzbekistan Airways” va "SCAT Airlines" aviakompaniyalarining har biri tomonidan "Urganch – Aqtau – Urganch" (haftasiga 2-marta) yo‘nalishida hamda "SCAT Airlines" aviakompaniyasi tomonidan "Aqtau – Nukus – Aqtau" (haftasiga 1-marta) yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20210522/uzbekistan-airways-qoshni-respublikaga-muntazam-parvozlarni-yolga-qoyadi-18852418.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/02/19053908_215:0:2480:1699_1920x0_80_0_0_c5a7a2956ac7f377a0da4ffafb86aba1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, qozog‘iston, aviaparvozlar
jamiyat, o‘zbekiston, qozog‘iston, aviaparvozlar
O‘zbekiston va Qozog‘iston shaharlari o‘rtasida parvozlar soni ko‘paytirilmoqda
Turkiston – Toshkent – Turkiston yo‘nalishida haftasiga 2 marotaba qatnov bajariladi
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston Aviatsiya ma’muriyatlarining joriy yil may oyidagi kelishuviga muvofiq ikki davlat o‘rtasida yangi muntazam aviaqatnovlar tashkil etildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati
xabar qildi.
Jumladan, Samarqand – Olmaota va Turkiston – Toshkent muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi.
Samarqand – Olmaota – Samarqand yo‘nalishida “Uzbekistan Airways” va “Air Astana” aviakompaniyalarining har biri tomonidan haftasiga 2 marotabadan qatnov amalga oshiriladi.
Turkiston – Toshkent – Turkiston yo‘nalishida “Air Astana” aviakompaniyasi tarkibiga kiruvchi “Fly Arystan” aviakompaniyasi tomonidan haftasiga 2 marotaba qatnov bajariladi.
Ikki davlat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar tiklangandan buyon sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya qilgan holda “Uzbekistan Airways” va “Air Astana” aviakompaniyalarining har biri tomonidan Toshkent – Olmaota yo‘nalishida haftasiga 7 marotabadan, Toshkent – Nur-Sulton yo‘nalishida esa haftasiga 3 marotabadan muntazam yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshirmoqda.
Shuningdek, “Uzbekistan Airways” va "SCAT Airlines" aviakompaniyalarining har biri tomonidan "Urganch – Aqtau – Urganch" (haftasiga 2-marta) yo‘nalishida hamda "SCAT Airlines" aviakompaniyasi tomonidan "Aqtau – Nukus – Aqtau" (haftasiga 1-marta) yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.