Rossiya 10-iyundan boshlab O‘zbekiston bilan parvozlar sonini oshiradi

© AFP 2023 / ADRIAN DENNISSamolet uzbekskix avialiniy
Samolet uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya 10-iyundan boshlab O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Qatar, Tojikiston, Misr va Serbiya bilan parvozlar sonini oshiradi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Rossiya O‘zbekiston va yana 7ta mamlakat bilan haftalik parvozlar sonini oshiradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Xususan, 10-iyundan boshlab "Moskva—Toshkent – Moskva " yo‘nalishida parvozlar soni paritet asosida haftasiga 2 marotabaga yetkaziladi, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, “Moskva — Baku”, “Moskva — Yerevan”, “Moskva — Doxa” va “Moskva — Dushanbe" yo‘nalishlarida parvozlar soni haftasiga bittaga oshiriladi.
“Moskva —Afina” yo‘nalishida parvozlar soni ikkitaga oshiriladi. “Moskva – Qohira” va “Moskva— Belgrad” yo‘nalishlarida parvozlar soni yettitaga yetkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar Toshkent va Moskva orasida rasman ruxsat etilgan parvozlar soni haftasiga bir dona edi. Paritet asosida ushbu parvoz Rossiyaning “Aeroflot” kompaniyasi tomonidan har yakshanba va Uzbekistan Airways tomonidan har shanba kunlari haftasiga bir marotabadan amalga oshirilar edi.
Yangiliklar lentasi
0