SokoFest – egasiz hayvonlar festivali O‘zbekistonga nima beradi
16:54 31.05.2021 (yangilandi: 16:58 31.05.2021)
© SputnikV Tashkente vpervie proshel festival "SOKO"
© Sputnik
Obuna bo‘lish
O‘tgan dam olish kunlarida Toshkentda ilk bor “SOKO” festivali bo‘lib o‘tdi. Uning asosiy maqsadi - uysiz hayvonlar muammosiga jamoatchilik e’tiborini qaratish.
SOKOloyihasining tashabbuskori –Angelina Sharipova. U 2013-yildan buyon volontor sifatida egasiz hayvonlar muammolari bilan shug‘ullanadi. O‘shanda Angelina ilk bor “Hayot” egasiz hayvonlar boshpanasiga ilk bor fotosuratchi sifatida kelgan edi.
“SOKO – (SObaka va KOshka so‘zlaridan olingan) loyihasini tashkil qilish g‘oyasi Rossiyada o‘tkaziladigan Yuna-Fest festivaliga o‘xshash. Bu egasiz hayvonlar uchun yangi uy topish maqsadida tashkil qilinadigan ko‘rgazmalar seriyasidir. Men ularning ijtimoiy tarmoqlariga kirdim, foto va video hisobotlarini tomosha qildim. Menga juda yoqdi, o‘zim ham u yerga borgim keldi. Bizda ham shunaqa festival tashkil qilsa yaxshi ish bo‘lishi mumkin degan g‘oya keldi.
Festivalning birinchi kunida biz faqat itlarni olib keldik. Ular -10 ta. Ikkinchi kunda ko‘rgazmada 11ta mushuk namoyish qilindi. Barcha hayvonlar “Chetire lapi” (To‘rt oyoq) egasiz hayvonlar boshpanasidan olib kelingan”, - deydi Angelina.
SOKO loyihasi
Loyihaga tayyorgarlik 2020-yilning avgust oyida boshlangan edi. Poytaxtada egasiz hayvonlar uchun tashkil qilingan yirik boshpanalardan tashqari (u yerda 100dan ortiq hayvonlar saqlanadi) o‘nga yaqin kichikroq joylash ham bor. Ularga ham e’tibor va ko‘mak kerak.
Shafqatsiz munosabatga duch kelgan hayvonlarga, hollarda nafaqat mehr, balkim tibbiy yordam ham kerak. Aksariyat og‘ir sharoitlarda inson o‘ziga o‘zi yordam bera olsa, qiyin ahvolga tushib qolgan hayvonlarga – biz kerakmiz.
© SputnikV Tashkente vpervie proshel festival "SOKO"
V Tashkente vpervie proshel festival "SOKO"
© Sputnik
Djidji (it) bir ko‘zidan mahrum bo‘lgan, bolalar uning boshiga tosh bilan qattiq urishi oqibatida. Cheburashkaning (it) orqa oyog‘ining pastki qismi yo‘q, Ronaldning – esa old chap oyog‘i yo‘q. Ko‘chada qarovsiz qoldirilsa, ushbu itlarning barchasi nobud bo‘lishi aniq. Shu sababli ham ularga inson yordami, e’tibori kerak.
“Djidji” ko‘p qavatli uylar hovlisida yashardi. Bir kuni bolalar uning boshiga tosh bilan qattiq urishi oqibatida uning bir ko‘zi ko‘rmay qoladi. Bu ham yetmagandek, bolalar yana uni xo‘rlashda davom etadi. Bir ayolning unga rahmi kelib, bolalar qo‘lidan tortib oladi. O‘shanda unga endigina uch oy to‘lgan eddi.
Cheburashka va Ronald esa, bir oyog‘i yo‘q bo‘lishiga qaramasdan juda quvnoq va faol. Ba’zan ularda uch emas bir necha oyoqlar o‘sib chiqqandek tuyuladi. Ular odamlar bilan muloqot qilishni yaxshi ko‘rishadi.
© SputnikV Tashkente vpervie proshel festival "SOKO"
V Tashkente vpervie proshel festival "SOKO"
© Sputnik
Festival doirasida foto va rassomlik ko‘rgazmalari, ekspertlar leksiyalari ham bo‘lib o‘tdi. Jumladan Angelina Sharipova suratga olgan lavhalar ham namoyish etilgan.
Festival ishtirokchilarida “Hayvonlarni sterilizatsiyava qilish va axtalash” mavzusiga bag‘ishlangan leksiyalar katta qiziqish uyg‘otdi. Ushbu mavzuda “DoktorVet” veterinar shifoxonasi doktorining leksiyasi tinglandi.
“Hayot” fondi
Undan tashqari “Hayot” fondi rahbari Iroda Matkarimova ham o‘z leksiyasi bilan chiqdi. “Uysiz hayvonlar yo‘q mamlakat” mavzusida bo‘lib o‘tgan leksiyada dunyoda 200 milliondan ortiq qarovsiz itlar borligi va Gollandiyada ushbu muammo qanday hal qilingani haqida batafsil ma’lumot berildi. Leksiyada aytilishiga ko‘ra, bugungi kunda Gollandiyada birorta ham uy hayvoni yo‘q. U yerda aholi istalgan vaqtda egasiz hayvonlar boshpanasiga murojaat qilib ularga ma’qul bo‘lgan jonivorni olishlari mumkin. Shu tariqa ko‘chlarda birorta qarovsiz jonivor yo‘q.
“Gollandiya hukumati ana shunday natijaga majburiy ommaviy sterilizatsiya va axtalash orqali erishgan. Biz ham o‘z ishimizda ularning tajribasini qo‘llashga harakat qilmoqdamiz. Bunga davlatning ishtirokisiz erishish mumkinmi? – Agar aholi faol ishtirok etsa – Ha. Bizning faoliyatimiz, jurnalistlar va blogerlar tomonidan yoritilib borilsa, nafaqat kelib tushayotgan xayriyalar balkim volontorlar soni ham oshadi”, - deydi Hayot fondi rahbari.
Iroda aytishiga ko‘ra, O‘zbekistondagi eng yirik boshpana uchun oyiga 200 mln so‘m xarajat qilinmoqda. U yerda 2,5 mingga yaqin jonivorlar bor. Uning evaziga Qibray va Chirchiq tumanlarida egasiz hayvonlarni vaqtincha saqlash joyi yo‘q. Ko‘chada tutib olingan qarovsiz hayvonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shu yerga olib kelinadi.
© SputnikV Tashkente vpervie proshel festival "SOKO"
V Tashkente vpervie proshel festival "SOKO"
© Sputnik
Hayot fondi asoschisining so‘zlariga ko‘ra, boshpanada har kuni kamida bir nafar uy hayvoni o‘ziga yangi uy topadi. Ba’zan yoppasiga 10ta yoki 50tagacha itlar yangi egalarini topishadi. Boshpanada faoliyatning ushbu yo‘nalishiga ham alohida e’tibr berilmoqada. Itlarning ba’zilari kinologik xizmatlarga olib ketiladi. Asosiysi – ularning barchasi odamlarga o‘rgatilgan va dresisrovka qilinishi mumkin.
“Bu masala bilan men shaxsan o‘zim shug‘ullanaman. Biz kinologiya xizmatlari, IIBB, IIV, chegara xizmatlari bilan shartnomalar tuzamiz. Bizning aksariyat itlarimiz – juda yaxshi qo‘riqchilar. Ular sog‘lom, emlangan va yaxshi jismoniy formada”, - deydi Iroda Matkarimova.
Sardobada tajribasi
Iroda Mtakarimova o‘tgan yili Sardoba fojeasi vaqtida uy hayvonlarini qutqarish amaliyoti haqida ham hikoya qilib berdi. O‘zbekiston FVV va IIBBdan olingan maxsus ruxsatnoma asosida fond volontorlari Sardobada tabiiy ofat yuz bergan kunlarida qarovsiz qolgan uy hayvonlarini qutqarishni tashkil qilgan edilar.
“Biz 35ta it va 5ta mushukni va bir uy qushini qutqarib qoldik. Suv toshqini yuz berganda ko‘plab itlar zanjirda bog‘langan bo‘lgan. FVV xodimlari yordamida biz ularni qutqarib qoldik. Keyinchalik ulardan 30 nafarini oldingi egalari yoki yangi egalarni topishdi. Ayrimlar o‘z itlarini olib ketishga imkoni bo‘lmasada ularni boshqa kishiga bermaslikni so‘rashdi. Biz ularning ham jonivorlariga qarab turdik”, - deb hikoya qilayadi Iroda.
Yaxshilik darslari va yangi boshpana
Bugun “Hayot” fondi hamda “Mehr va oqibat” jamg‘armasi birgalikda talabalar uchun yaxshilik darslari o‘tkazishmoqda. Ushbu tashabbus nafaqat zoohimoyachilar balkim o‘quv muassalalari rahbarlari tomonidan ham qo‘llab quvvatlandi.
© Press-slujba kompanii AKFAStroitelstva priyuta dlya bezdomnix jivotnix "Mexr" v Tashkentskoy oblasti
Stroitelstva priyuta dlya bezdomnix jivotnix "Mexr" v Tashkentskoy oblasti
© Press-slujba kompanii AKFA
Ushbu amaliyotga ikki o‘spirin itni daraxtga osish voqeasidan keyin yanada ko‘proq e’tibor berila boshlandi. Yaxshilik darslarida hayvonlarga qanday munosabatda bo‘lish o‘rgatiladi. Axir to‘rt oyoqli do‘st bolalarni yoshlikdan ko‘ngilli, mehrbon bo‘lish va befarq bo‘lmaslikka o‘rgatadi.
Iroda Matkarimova aytishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda hayvonlarni tutish muammosini hal qilsa bo‘ladi. Ayni damda AKFA Group tashabbusi bilan “Mehr” yangi boshpanasi qurish ishlari olib borilmoqda.
“Bugungi kunda beton ishlari yakunlangan, itlar uchun qafaslar qurish ishlari olib borilmoqda. Ma’muriy binoda ham beton ishlari tugatilgan, metall konstruksiyalarini yig‘ish, elektr simlari o‘tkazish ishlari ketmoqda. Transformator qurib bitkazilgan suv saqlash rezervuari qurilmoqda”, - deyishdi kompaniyada.
Yangi boshpana Pskent tumanida joylashgan bo‘lib 1 gektar yerni egallaydi. U yerda bir vaqtning o‘zida 1000ga yaqin itlar joylashishi mumkin.
Bu yerda shuningdek itlarni aylantirish, ona it va bola itlar uchun alohida bo‘linmalar, ma’muriyat uchun alohida bino hamda tibbiy bo‘lim bo‘ladi.