https://oz.sputniknews.uz/20210529/qirgiziston-hukumati-aviakompaniyalarga-tojikiston-fuqarolariga-chiptalar-sotishni-taqiqladi-18974195.html
Qirg‘iziston hukumati aviakompaniyalarga Tojikiston fuqarolariga chiptalar sotishni ta’qiqladi
Qirg‘iziston hukumati aviakompaniyalarga Tojikiston fuqarolariga chiptalar sotishni ta’qiqladi
Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston hukumati aviakompaniyalarga Tojikiston fuqarolariga aviachiptalarni sotishni ta’qiqladi 29.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-29T12:06+0500
2021-05-29T12:06+0500
2021-05-29T12:06+0500
dunyoda
qirg‘iziston
tojikiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/14/15634666_0:109:3072:1837_1920x0_80_0_0_55ef6ad8970309d4070fc5601aae40ff.jpg
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Qirg‘iziston hukumati turistik agentliklar va aviakompaniyalarga Tojikiston fuqarolariga chiptalar sotishni ta’qiqladi, deb xabar qilmoqda qirg‘iz OAVlari Fuqarolik aviatsiyasi agentligiga tayangan holda.Jumladan, aeroportlar sertifikatsiyasi va tashuvlarni tartibga solish bo‘limi bosh inspektori Jenishbek Esenamanovning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston fuqarolariga aviachiptalarni sotishga ta’qiq Vazirlar Mahkamasining joriy yil 21-may kuni qabul qilingan farmoyishi asosida kiritilgan.Hujjatga ko‘ra, Tojikiston fuqarolariga Qirg‘iziston Respublikasiga kirish, chiqish va tranzit o‘tishni amalga oshirish ta’qiqlanadi.Respublika hukumati ta’qiq haqidagi xabarni barcha aviakompaniyalarga 2021-yilning 28-may sanasida rasman yo‘llagan.Ilgariroq Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Tojikiston fuqarolari respublikani tark etishi mumkin bo‘lgan nazorat-o‘tkazish punktlari ro‘yxatini taqdim etgan edi.Tojikiston fuqarolari Qirg‘izistondan o‘z vataniga "Kulundu", "Kayragach" va "Kizil-Bel", "Bordobo" va "Karamik" nazorat-o‘tkazish punktlari orqali qayta oladilar.Cheklovlar faqatgina diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritadigan fuqarolarga tatbiq etilmaydi.Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyat 28-aprel sanasida ziddiylashgan va ikki davlat fuqarolari o‘rtasidagi mojaro ikki davlat harbiylari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvga aylangandi.O‘tkazilgan oliy darajadagi shoshilinch muzokaralar natijasida 3-may kuni to‘qnashuvlar to‘xtadi.Otishma oqibatida Tojikistonning 19 nafar fuqarosi halok bo‘ldi, yana 87 nafari turli darajadagi tan jarohatlarini oldi.Qirg‘iz tomoni 36 nafar qurbon va 200 ga yaqin jarohatlanganlar haqida ma’lum qilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20210525/qirgiziston-tojikiston-bilan-chegarani-vaqtincha-yopdi-18895137.html
https://oz.sputniknews.uz/20210524/putin-japarov-bilan-tojik-qirgiz-chegarasidagi-vaziyatni-muhokama-qildi-18884419.html
qirg‘iziston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/14/15634666_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_2385e1388e5317d344d99c69c7538d64.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qirg‘iziston, tojikiston
dunyoda, qirg‘iziston, tojikiston
Qirg‘iziston hukumati aviakompaniyalarga Tojikiston fuqarolariga chiptalar sotishni ta’qiqladi
Qirg‘iziston hukumati aviakompaniyalarga Tojikiston fuqarolariga aviachiptalarni sotishni ta’qiqladi
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Qirg‘iziston hukumati turistik agentliklar va aviakompaniyalarga Tojikiston fuqarolariga chiptalar sotishni ta’qiqladi, deb xabar qilmoqda qirg‘iz OAVlari Fuqarolik aviatsiyasi agentligiga tayangan holda.
Jumladan, aeroportlar sertifikatsiyasi va tashuvlarni tartibga solish bo‘limi bosh inspektori Jenishbek Esenamanovning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston fuqarolariga aviachiptalarni sotishga ta’qiq Vazirlar Mahkamasining joriy yil 21-may kuni qabul qilingan farmoyishi asosida kiritilgan.
Hujjatga ko‘ra, Tojikiston fuqarolariga Qirg‘iziston Respublikasiga kirish, chiqish va tranzit o‘tishni amalga oshirish ta’qiqlanadi.
Respublika hukumati ta’qiq haqidagi xabarni barcha aviakompaniyalarga 2021-yilning 28-may sanasida rasman yo‘llagan.
Ilgariroq Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Tojikiston fuqarolari respublikani tark etishi mumkin bo‘lgan nazorat-o‘tkazish punktlari ro‘yxatini taqdim etgan edi.
Tojikiston fuqarolari Qirg‘izistondan o‘z vataniga "Kulundu", "Kayragach" va "Kizil-Bel", "Bordobo" va "Karamik" nazorat-o‘tkazish punktlari orqali qayta oladilar.
Cheklovlar faqatgina diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritadigan fuqarolarga tatbiq etilmaydi.
Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyat 28-aprel sanasida ziddiylashgan va ikki davlat fuqarolari o‘rtasidagi mojaro ikki davlat harbiylari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvga aylangandi.
O‘tkazilgan oliy darajadagi shoshilinch muzokaralar natijasida 3-may kuni to‘qnashuvlar to‘xtadi.
Otishma oqibatida Tojikistonning 19 nafar fuqarosi halok bo‘ldi, yana 87 nafari turli darajadagi tan jarohatlarini oldi.
Qirg‘iz tomoni 36 nafar qurbon va 200 ga yaqin jarohatlanganlar haqida ma’lum qilgan.