O‘zbekiston - Rossiya tibbiy hamkorligi COVID tekshiruvidan o‘tdi

© Minzdrav UzbekistanaPriyom delegatsii Minzdrava RF v Minzdrave Uzbekistana
Priyom delegatsii Minzdrava RF v Minzdrave Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universitetining filialini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi - SSV.
TOShKENT, 28-may – Sputnik. O‘zbekiston va Rossiyaning tibbiyot sohasidagi munosabatlari COVID tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tdi, dedi sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev Mixail Murashko boshchiligidagi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuvda.

Shuningdek, uchrashuv doirasida N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universitetining filialini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishilgan hamda ushbu universitet bilan o‘rtasida hamkorlik kelishuv imzolandi, - deyilgan xabarda.

© Minzdrav UzbekistanaPriyom delegatsii Minzdrava RF v Minzdrave Uzbekistana
Priyom delegatsii Minzdrava RF v Minzdrave Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2021
Priyom delegatsii Minzdrava RF v Minzdrave Uzbekistana
Sog‘liqni saqlash vazirligi Rossiya va O‘zbekiston orasida tibbiy ta’lim sohasida hamkorligi Rossiya bilan tibbiy ta’lim sohasida ham hamkorlik izchil rivojlanayotganini alohida qayd etdi.
Xususan:
2019-20 o‘quv yilida O‘zbekistondagi 9ta tibbiy oliygoh Rossiya OTMlari bilan birgalikda bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura darajasida o‘nlab mutaxassisliklar bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yishdi.
Undan tashqari, Toshkent tibbiyot akademiyasi negizida I.M. Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti bilan universitetlararo hamkorlik markazi ochildi.
2020 yilda Rossiya Federatsiyasining yetakchi tibbiyot va ta’lim muassasalaridan 80 ga yaqin mutaxassislar yuqori texnologiyali tibbiyot sohasida mahorat darslarini o‘tkazish va namoyish etish uchun taklif qilindi.
2019-2020 yillar davomida Rossiya Federatsiyasining yetakchi klinikalari va tibbiyot markazlari hamda o‘quv muassasalarida 300 ga yaqin o‘zbekistonlik mutaxassislar malakasini oshirdi.
Uchrashuv davomida tomonlar tibbiy ta’lim, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam, onkogematologiya, jumladan, bolalar onkogemotologiyasi xizmati rivojlantirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik, jamoat salomatligi kabi qator yo‘nalishlarda hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Tibbiy ta’lim, fan va amaliyotni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy-tekshirish tibbiyot universitetining filialini tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun, Rossiyada malakali professor-o‘qituvchilar mehnati, o‘quv dasturlarining turli tumanligi va iqtidorli talabalar uchun stipendiya dasturlari mavjudligi tufayli tibbiy ta’lim sifati dunyoda yuqori ko‘rsatkichlardan birini egallaydi. Shu sababli, Rossiya bilan barcha sohalar singari sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish va kengaytirish alohida ahamiyatga ega, deyilgan xabarda.
© Minzdrav UzbekistanaPriyom delegatsii Minzdrava RF v Minzdrave Uzbekistana
Priyom delegatsii Minzdrava RF v Minzdrave Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2021
Priyom delegatsii Minzdrava RF v Minzdrave Uzbekistana
Yangiliklar lentasi
0