https://oz.sputniknews.uz/20210525/yashil-texnologiyalar-vodiysi-ilmiy-texnologik-konsortsiumining-taqdimoti-otkazildi-18903226.html
"Yashil texnologiyalar vodiysi" ilmiy-texnologik konsorsiumining taqdimoti o‘tkazildi
"Yashil texnologiyalar vodiysi" ilmiy-texnologik konsorsiumining taqdimoti o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
"Yangi materiallar va geliotexnologiyalar" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya 25.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-25T19:31+0500
2021-05-25T19:31+0500
2021-05-25T19:31+0500
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/19/18903343_0:119:1280:839_1920x0_80_0_0_1295bc6e5bebb94bf769b19a35c90396.jpg
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Toshkent viloyati Parkent tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A.Azimov nomidagi “Fizika-quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik institutida "Yangi materiallar va geliotexnologiyalar" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yadro fizikasi instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti hamda Fizika-texnika institutlari, I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Ilg‘or texnologiyalar markazi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti mutaxassislari, akademik-olimlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Asosiy maqsad yangi materiallar, geliotexnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya manbalarini yaratish, takomillashtirish va ulardan foydalanish masalalarini tahlil qilish, muhokama etish va ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir. Konferensiya davomida AQSh, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Belarus va respublika olimlarining ko‘p funksional materiallarni yaratish, ulardan mahsulot ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyalari, shuningdek, geliotexnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan amaliy foydalanish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalari tinglandi. O‘zbekistonda birinchi marta tashkil etilayotgan "Yashil texnologiyalar vodiysi" ilmiy-texnologik Konsorsiumining taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu loyiha Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va "O‘zkimosanoat" AJ tashabbusi bilan tashkil etilmoqda. Uning asosiy maqsadi - vodorod energetikasi texnologiyalari, karbon tolalarini olish usullari, o‘ta o‘tkazuvchan materiallar va xususiyatlari oldindan belgilangan materiallar sohasida ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish, sinash, tajriba sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikdagi mega-loyihalarni amalga oshirish.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/19/18903343_2:0:1278:957_1920x0_80_0_0_78cdfbb001e90660478263c9b7c961e6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston
"Yashil texnologiyalar vodiysi" ilmiy-texnologik konsorsiumining taqdimoti o‘tkazildi
"Yangi materiallar va geliotexnologiyalar" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Toshkent viloyati Parkent tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.A.Azimov nomidagi “Fizika-quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik institutida "Yangi materiallar va geliotexnologiyalar" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yadro fizikasi instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti hamda Fizika-texnika institutlari, I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Ilg‘or texnologiyalar markazi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti mutaxassislari, akademik-olimlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Asosiy maqsad yangi materiallar, geliotexnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya manbalarini yaratish, takomillashtirish va ulardan foydalanish masalalarini tahlil qilish, muhokama etish va ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Konferensiya davomida AQSh, Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Belarus va respublika olimlarining ko‘p funksional materiallarni yaratish, ulardan mahsulot ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyalari, shuningdek, geliotexnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan amaliy foydalanish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalari tinglandi.
O‘zbekistonda birinchi marta tashkil etilayotgan "Yashil texnologiyalar vodiysi" ilmiy-texnologik Konsorsiumining taqdimoti o‘tkazildi.
Ushbu loyiha Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va "O‘zkimosanoat" AJ tashabbusi bilan tashkil etilmoqda. Uning asosiy maqsadi - vodorod energetikasi texnologiyalari, karbon tolalarini olish usullari, o‘ta o‘tkazuvchan materiallar va xususiyatlari oldindan belgilangan materiallar sohasida ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqish, sinash, tajriba sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikdagi mega-loyihalarni amalga oshirish.