https://oz.sputniknews.uz/20210525/ozbekistonning-eng-yirik-soliq-tolovchilari-malum-boldi-18904420.html
O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchilari ma’lum bo‘ldi
O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchilari ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Eng yirik soliq to‘lovchilar Navoiy va Olmaliq kon metallurgiya kombinatlari, O‘zbekneftgaz, O‘ztransgaz va Uzauto motors va boshqalar. 25.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-25T17:56+0500
2021-05-25T17:56+0500
2021-05-25T17:56+0500
iqtisod
budjet
soliq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/12/17835759_0:107:1024:683_1920x0_80_0_0_6fa260c59b4c3f678d3b5166462d09b5.jpg
TOShKENT, 25-may —Sputnik. O‘zbekiston Moliya vazirligi 2020-yilgi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risida batafsil hisobotni taqdim etdi. Unda O‘zbekistonning eng yirik 20ta soliq to‘lovchi kompaniyalari nomlari aytib o‘tilgan. Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston Davlat budjetining deyarli yarmi (47,6%) – 20 ta yirik soliq to‘lovchilar tomonidan bajarilgan. Ikkinchi o‘rinda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” – budjetning 7,4 % soliqlarini to‘lagan. Keyingi o‘rinlarda “O‘zbekneftgaz” AJ – 4,5 %, “O‘ztransgaz” AJ – 3%, Uzauto motors AJ – 1,5 %, “Uzbat” AJ – 1,4 %, “O‘zbekgidroenergo” AJ – 1,3 %, Lukoil – 1 % va boshqalar. Xarajatlar tarkibida 51,5 % mablag‘ ijtimoiy sohaga sarflandi. Bu yerda, odatdagidek, birinchi o‘rinda ta’lim sohasi bo‘ldi. Ushbu sohaga deyarli 30 trillion so‘m sarflangan. Ushbu mablag‘ning asosiy qismi – 73% umumta’lim sohasiga sarflandi. 16,3 % – maktabgacha ta’lim va 10,7 % - kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan. Ijtimoiy xarajatlarning ikkinchi yirik bo‘limi – Sog‘liqni saqlash sohasi bo‘lib, ushbu sohaga 19,3 trillion so‘m sarflangan. Keyingi o‘rinlarda – Nafaqa va moddiy yordam (8,1 trln.), madaniyat va sport (2,36 trln.) hamda aholi bandligini oshirish (1,3 trln) sohalari tashkil qilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/12/17835759_0:0:911:683_1920x0_80_0_0_c644a7d63c9a36ea7b8070eaf13bb126.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, budjet, soliq
O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchilari ma’lum bo‘ldi
Eng yirik soliq to‘lovchilar Navoiy va Olmaliq kon metallurgiya kombinatlari, O‘zbekneftgaz, O‘ztransgaz va Uzauto motors va boshqalar.
TOShKENT, 25-may —Sputnik. O‘zbekiston Moliya vazirligi 2020-yilgi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risida batafsil hisobotni taqdim etdi. Unda O‘zbekistonning eng yirik 20ta soliq to‘lovchi kompaniyalari nomlari aytib o‘tilgan.
Hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston Davlat budjetining deyarli yarmi (47,6%) – 20 ta yirik soliq to‘lovchilar tomonidan bajarilgan.
Eng yirik soliq to‘lovchisi - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” bo‘lib jami soliqlarning 23,1% ushbu korxona hisobidan to‘ldirilgan.
Ikkinchi o‘rinda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” – budjetning 7,4 % soliqlarini to‘lagan.
Keyingi o‘rinlarda “O‘zbekneftgaz” AJ – 4,5 %, “O‘ztransgaz” AJ – 3%, Uzauto motors AJ – 1,5 %, “Uzbat” AJ – 1,4 %, “O‘zbekgidroenergo” AJ – 1,3 %, Lukoil – 1 % va boshqalar.
Xarajatlar tarkibida 51,5 % mablag‘ ijtimoiy sohaga sarflandi. Bu yerda, odatdagidek, birinchi o‘rinda ta’lim sohasi bo‘ldi. Ushbu sohaga deyarli 30 trillion so‘m sarflangan. Ushbu mablag‘ning asosiy qismi – 73% umumta’lim sohasiga sarflandi. 16,3 % – maktabgacha ta’lim va 10,7 % - kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan.
Ijtimoiy xarajatlarning ikkinchi yirik bo‘limi – Sog‘liqni saqlash sohasi bo‘lib, ushbu sohaga 19,3 trillion so‘m sarflangan.
Keyingi o‘rinlarda – Nafaqa va moddiy yordam (8,1 trln.), madaniyat va sport (2,36 trln.) hamda aholi bandligini oshirish (1,3 trln) sohalari tashkil qilgan.