Koronavirusdan vafot etganlar soni 682 nafarga yetdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishLechenie bolnix COVID-19 v GKB №40
Lechenie bolnix COVID-19 v GKB №40 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda sutka davomida 192 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 98 849 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Sutka davomida 192 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 98 849 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4), Andijon viloyatida (5), Buxoro viloyatida (1), Jizzax viloyatida (1), Qashqadaryo viloyatida (7), Navoiy viloyatida (2), Samarqand viloyatida (24), Sirdaryo viloyatida (6), Surxondaryo viloyatida (3), Farg‘ona viloyatida (3), Xorazm viloyatida (3), Toshkent viloyatida (26), Toshkent shahrida (107) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Vrach v bolnitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2021
Koronavirus O‘zbekistonda: kunlik holatlar 200 dan ortiq

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 94 385 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foiz.
Ayni paytda 3 882 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Vaksinatsiya

Respublikada jami 1 642 744 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 1 199 354 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 443 390 nafarni tashkil qildi.

O‘lim holatlari

Koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 682 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 167,1 milliondan oshdi, 3,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (33,1 mln), Hindistonda (26,8 mln), Braziliyada (16,1 mln).
Yangiliklar lentasi
0