Rossiyada jangovar robotlarni ishlab chiqarish boshlandi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaMaket perspektivnoy boyevoy ekipirovki ot Sentralnogo nauchno-issledovatelskogo instituta tochnogo mashinostroyeniya (institut vxodit v goskorporatsiyu "Rostex") na vistavke "Rossiya, ustremlennaya v budushee" v Sentralnom Maneje v Moskve.
Maket perspektivnoy boyevoy ekipirovki ot Sentralnogo nauchno-issledovatelskogo instituta tochnogo mashinostroyeniya (institut vxodit v goskorporatsiyu Rostex) na vistavke Rossiya, ustremlennaya v budushee v Sentralnom Maneje v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyada sun’iy intellektga ega bo‘lgan jangovar robotlarni ishlab chiqarish boshlandi - Sergey Shoygu.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Rossiyada sun’iy intellektga ega bo‘lgan jangovar robotlarni ishlab chiqarish boshlandi. Bu haqda RF Mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu ma’lum qildi.
Robotlar mustaqil ravishda jang olib borishi mumkin, Rossiya Federatsiyasida "yertangi kun qurollari"ni yaratish bo‘yicha katta ish olib borilmoqda, deb qo‘shimcha qildi Mudofaa vaziri.
Harbiy ekspert, havo hujumidan mudofaa muzeyi direktori Yuriy Knutov sun’iy intellekt elementlari allaqachon Rossiya harbiy texnikasida juda keng qo‘llanilishini eslatdi.
Bu S-400, S-350 "Vitaz", "Pansir" zenit raketa tizimlari - sun’iy intellekt elementlari bo‘lgan komputerlar hisobiga ishlaydi. Beshinchi avlod Su-57 qiruvchi samolyotida ikkinchi uchuvchi rolini sun’iy intellekt bajaradi.
Robotlar harbiy tibbiyotda - odamlarni jang maydonidan evakuatsiya qilish uchun ishlatiladi.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali - o‘qing, izoh yozing va do‘stlaringiz bilan o‘rtoqlashing!
Yangiliklar lentasi
0