Andijon bog‘chalarida bir kun: yangi O‘zbekiston bolalari qanday ta’lim-tarbiya olishmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v doshkolnie obrazovatelnie uchrejdeniya Andijanskoy oblasti
Press-tur v doshkolnie obrazovatelnie uchrejdeniya Andijanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2021
Obuna bo‘lish
Andijon viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tashkillashtirilgan press-tur.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston muxbiri Dilshoda Rahmatova Andijon viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tashkillashtirilgan press-turda ishtirok etib, o‘z reportajida taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v doshkolnie obrazovatelnie uchrejdeniya Andijanskoy oblasti
Press-tur v doshkolnie obrazovatelnie uchrejdeniya Andijanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2021
Press-tur v doshkolnie obrazovatelnie uchrejdeniya Andijanskoy oblasti
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan press-turda hamkasblarim qatorida birinchi obyekt – “Izuminka”ga yo‘l olar ekanmiz, yo‘l-yo‘lakay beixtiyor bolalik davrim esga tushdi. Men borgan bog‘cha garchi ikki qavatli bo‘lsa-da, juda oddiy edi, mushuk Leopold va sichqonlar – o‘sha davrning eng mashhur multqahramonlari surati tushirilgan ochiq veranda va uning shiftiga ilingan rangli bayroqchalardan boshqa biror arzigulik narsalar xotiramda saqlanib qolmagan, hisob.
Ammo Andijon viloyatida barpo etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga hali sirtdan qarab, ko‘z oldimizda gavdalangan ertaklardagi qasrlarga monand binolarni ko‘rib, bu yerga kelgan kichkintoylar o‘zlarini kun davomida sehrli olamda yurgandek his etishlariga shubha qilmadik. Harholda yana bolalik davrimga qaytib qolganimda, bunday go‘zal maskanda bir kunni bajonidil o‘tkazgan bo‘lar edim.
Detskiy sad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2021
Bog‘chaga qabul qilish uchun imtiyozli ro‘yxat yangilandi
Oldindan aytish joizki, press-tur davomida biz, jurnalistlar, kun davomida viloyatdagi o‘nga yaqin maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, kichkintoylarning hayotini va ularning ta’lim olish jarayonini ko‘zdan kechirdik. Bog‘chalardagi har bir detal: keng va zamonaviy multqahramonlar suratlari aks etgan xonalar, hatto kichkintoylar bo‘yiga monand mitti eshikchalar va umivalniklar ham bolajonlarni o‘ylagan holda, ularga qulaylik yaratish maqsadida ishlanganini ko‘rish mumkin.
Ayrim xususiy turdagi ta’lim tashkilotlari ochiq va yopiq turlagi basseyn, restoran tipidagi oshxona bilan jihozlangan. Aksariyat MTTda haftada bir marta tushlik vaqtida “shveskiy stol” tajribasi qo‘llaniladi va bolalarga ovqatlanish madaniyati o‘rgatiladi.
Deyarli har bir bog‘chada alohida YHXB xodimi dars beradigan yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi maydonchalarni ko‘rib, yangi avlod avtomobil boshqarishda bizdan ko‘ra madaniyroq bo‘lar ekan, deya yengil tortdik hatto. Ammo albatta, eng qizig‘i bu bolakaylarning ta’lim jarayoni edi. Bog‘chalarda 3 ta til (rus-tili, ingliz-tili, koreys-tili) to‘garaklari mavjud, badiiy gimnastika, karate sport to‘garaklari, informatika darslari, qishki basseyn, musiqa va raqs to‘garaklari, logoped xizmatlari bor.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v doshkolnie obrazovatelnie uchrejdeniya Andijanskoy oblasti
Press-tur v doshkolnie obrazovatelnie uchrejdeniya Andijanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2021
Press-tur v doshkolnie obrazovatelnie uchrejdeniya Andijanskoy oblasti
Ajablanarlisi, ota-onalarning aksariyati bog‘chaga bolasini olib kelgach, shu bilan bo‘ldi, deya o‘z ishlariga sho‘ng‘ib ketishmas ekan. Aksincha, bayramlarda dasturlarni tashkil qilishda yordam berishar, bolalari qanday ta’lim-tarbiya olishayotganini hatto kun davomida kuzatib, taomnomalargacha qiziqib, o‘z fikrlarini bog‘cha ma’muriyatiga qoldirar ekanlar. Albatta, ta’lim tashkiloti qanchalik hashamatli yoki ertakmonand bo‘lmasin, jajji insonning bolaligi qanday kechishi uning yonida turgan katta yoshdagilarning donoligi, ulkan sabri va ijodiy salohiyatiga bog‘liqdir.
Andijon viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar bolaligi baxtli kechayotganiga guvoh bo‘ldik, asosiysi shu emasmi?
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPress-tur v doshkolnie obrazovatelnie uchrejdeniya Andijanskoy oblasti
Press-tur v doshkolnie obrazovatelnie uchrejdeniya Andijanskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2021
Press-tur v doshkolnie obrazovatelnie uchrejdeniya Andijanskoy oblasti
Yangiliklar lentasi
0