O‘zbekiston inson huquqlari delegatsiyasi Moskva Migratsiya markazida bo‘ldi

© Natsionalnis sentr po pravam chelovekaDelegatsiya Uzbekistana po pravam cheloveka vstretilas s rossiyskimi kollegami
Delegatsiya Uzbekistana po pravam cheloveka vstretilas s rossiyskimi kollegami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2021
Obuna bo‘lish
Delegatsiya a’zolari Moskva migrantlarni vaqtincha saqlash markazi va Saxarovo qishlog‘ida joylashgan Moskva Migratsiya markazida bo‘ldilar.
TOShKENT, 18-may - Sputnik. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva shahriga keldi.
Bu yerda O‘zbekiston delegatsiya vakillari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti maslahatchisi, Rossiya Prezidenti huzuridagi Inson huquqlari va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kengashi raisi Valeriy Fadeyev hamda Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatana Moskalkova bilan uchrashdilar.
Muloqotlarda migrantlar huquqlarini ta’minlash, ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish masalalari muhokama qilindi, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvadagi migrantlarni vaqtincha saqlash markazi, shuningdek Saxarovo qishlog‘ida joylashgan "Moskva ko‘pfunksiyali migratsiya markazi"da ham bo‘ldilar.
Delegatsiya tarkibida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi vakillari va Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova rahbarligidagi Ombudsman ofisi xodimlari bor. Ular ushbu tashrif doirasida "O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasidagi huquqlari: mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari" mavzusidagi O‘zbekiston – Rossiya forumida ham ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0