Jahon banki O‘zbekistonga salkam 300 mln dollar imtiyozli kredit ajratadi

Dollari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2021
Obuna bo‘lish
Loyiha doirasida O‘zbekistonning uchta hududida 500 mingdan ortiq kishi suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlaridan yanada sifatli foydalana oladi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston hukumati va Jahon banki “O‘zbekistonda suv ta’minoti xizmatlari sektorini rivojlantirish va uni institutsional qo‘llab-quvvatlash” loyihasi bo‘yicha moliyaviy va grant bitimlari imzoladi. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Imzolash marosimi 14—18 may kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lgan JBning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Anna Borde bilan uchrashuvda bo‘lib o‘tgan.
Loyihani amalga oshirish uchun JB tomonidan 239 million dollar imtiyozli kredit, shuningdek, Shveysariya davlat kotibiyatining iqtisodiy masalalar bo‘yicha 7,8 million dollar granti ajratiladi.
Loyiha doirasida O‘zbekistonning uchta hududida 500 mingdan ortiq kishi suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlaridan yanada sifatli foydalana oladi. Qoraqalpog‘istonda Nukus, Taxiatosh va Xo‘jayli shaharlarida kanalizatsiya-tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, Sirdaryo viloyati va Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlari kengaytirilib, rekonstruksiya qilinadi.
Shuningdek, "O‘zbekistonda milliy innovatsion tizimni modernizatsiya qilish" loyihasi bo‘yicha moliyaviy bitimlar imzolandi. Loyihani amalga oshirish uchun JB tomonidan 50 million dollar imtiyozli kredit ajratiladi.
Denejnie kupuri: dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2021
Yaponiya O‘zbekistonga 2ta kredit ajratadi
Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlangan yangi loyiha hukumatga bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlashga qodir bo‘lgan milliy innovatsion tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Bu ilmiy va innovatsion mahsulotlar va xizmatlarni ilmiy-tadqiqot hamda tajriba-konstruktorlik ishlanmalari va tijoratlashtirish sohasida davlat, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring! >>
Yangiliklar lentasi
0