Shavkat Mirziyoyev Respublika gematologiya markaziga tashrif buyurdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil Respublikanskiy spetsializirovanniy nauchno-prakticheskiy meditsinskiy sentr gematologii
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil Respublikanskiy spetsializirovanniy nauchno-prakticheskiy meditsinskiy sentr gematologii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2021
Obuna bo‘lish
Gematologiya markazida prezident, bemorlar yolg‘iz tashlab qo‘yilmasligini, ular tezroq tuzalib ketishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini va’da berdi.
TOShKENT, 14-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga tashrif buyurdi.
Markazda prezident, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, u yerda davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi.
Shavkat Mirziyoyev Gematologiya markazida davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalarini Ramazon hayiti bilan tabriklab, ularga dalda berib, tezroq tuzalib ketishlarini niyat qildi.
Shuningdek, prezident yaqinda Gematologiya markazi uchun yangi bino qurib bitkazilishini, u yerda bolalarning ota-onalari uchun ham joy bo‘lishi hamda bolalar o‘qishini davom ettirishga imkoniyat bo‘lishini ma’lum qildi.
Prezident, bemorlarni yolg‘iz tashlab qo‘yilmasligini, ular tezroq tuzalib ketishi uchun barcha sharoitlar yaratilishini va’da berdi.
Yangiliklar lentasi
0