Biz ana shunday tadbirlarni sog‘ingan edik - Alisher Sadullayev

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaFestival molodeji v Chirchike
Festival molodeji v Chirchike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2021
Obuna bo‘lish
Chirchiq shahrida 14-16 may kunlari Toshkent viloyati hokimligi hamkor vazirlik va idoralar va mas’ul boshqarmalar tomonidan yoshlar festivali o‘tkazilmoqda.
Bugun Chirchiq shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” festivali boshlandi. Ochilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev so‘zga chiqib, quyidagilarni aytib o‘tdi.
"Ushbu festivalning maqsadi - pandemiya vaqtida uyda o‘tirib kayfiyati tushgan yoshlarni kayfiyatini ko‘tarishi, bir-biriga yaqin qilishi kerak. Biz barchamiz ana shunday tadbirlarni sog‘ingan edik.
Prezidentning oldimizga qo‘yayotgan eng katta vazifalari – yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda imkoniyat yaratishdir.
Bu yil 2 minggya yaqin ehtiyojmand oilalar qizlariga – o‘qish uchun imkoniyat yaratib berildi. Kelajakda ular bilimli bo‘lsa mamlakat salohiyati ham oshadi.
Viloyatlarda ham minglar yoshlarga turli imkoniyatlar yartilmoqda. Minglab yoshlarga yer berildi, kredit berildi bilim olish uchun imkoniyat yaratib berilmoqda.
Mana shularni ichida sizlar ham bo‘lishinglar kerak", - dedi Sadullayev.
Festival dasturidan turli ko‘ngilochar shou-dasturlar, mashhur biznesmenlardan treninglar, sportchilardan master-klasslar, dizayner va moda defilelari bo‘lib o‘tadi.
Festival Toshkent viloyati hokimligi hamkor vazirlik va idoralar va mas’ul boshqarmalar tomonidan o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0