https://oz.sputniknews.uz/20210512/yaponiya-ozbekistonga-moliyaviy-texnik-komakni-kengaytirishga-tayyorligini-bildirdi-18700012.html
Yaponiya O‘zbekistonga moliyaviy-texnik ko‘makni kengaytirishga tayyorligini bildirdi
Yaponiya O‘zbekistonga moliyaviy-texnik ko‘makni kengaytirishga tayyorligini bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. 12.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-12T18:28+0500
2021-05-12T18:28+0500
2021-08-09T11:54+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
yaponiya
yosixide suga
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/421/97/4219791_1:0:1500:843_1920x0_80_0_0_30c58156e13d471b58999156e4f6aa18.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Yaponiya O‘zbekistonga moliyaviy-texnik ko‘makni kengaytirishga tayyor. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga bilan telefon orqali muloqot davomida ma’lum bo‘ldi.Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, muloqatda O‘zbekiston-Yaponiya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.Mirziyoyev mamlakatda amalga oshirilayotgan kompleks islohotlar dasturini faol qo‘llab-quvvatlayotgani hamda koronavirusga qarshi kurash va pandemiyaning iqtisodiy oqibatlarini yengib o‘tishda ko‘rsatilgan yordam uchun Yaponiya bosh vaziri va hukumatiga samimiy minnatdorlik bildirdi.Yaponiya tomoni Toshkent Koreya yarim orolini yadroviy quroldan xoli hududga aylantirish va o‘g‘irlangan yapon fuqarolarini qaytarish masalasini muttasil qo‘llab-quvvatlayotgani uchun alohida minnatdorlik bildirdi.Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.O‘zbekiston prezidenti JISA agentligi, Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari bilan samarali sheriklikni yuksak baholadi. O‘tgan yilda, global inqiroz va karantin cheklovlariga qaramay, yaponiyalik sarmodor va mutaxassislar bilan birgalikda To‘raqo‘rg‘on IES qurilishi, Navoiy IESni kengaytirishning ikkinchi bosqichi, “Navoiyazot” korxonasida ammiak va karbamid ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologik quvvatlarni ishga tushirish kabi ustuvor loyihalar amalga oshirildi.O‘zaro savdo va investitsiyalar hajmini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish muhim ekani alohida ta’kidlandi.Davlat rahbarlari qo‘shma biznes loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali vositalarini joriy etish tashabbusini ma’qulladilar.Shuningdek, xalqaro kun tartibi, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini qayd etdilar.Yaponiya Bosh vaziri joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani qo‘llab-quvvatlashini va uning ishida ishtirok etishini ta’kidladi.Suhbat so‘ngida Mirziyoyev Tokio shahridagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi hamda bosh vazir Yosexide Sugani mamlakatga tashrif bilan kelishga taklif qildi
https://oz.sputniknews.uz/20210308/16152851.html
https://oz.sputniknews.uz/20200918/zbekiston-yana-2-davlat-bilan-soli-konventsiyasini-tasdiladi--15002223.html
o‘zbekiston
yaponiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/421/97/4219791_188:0:1312:843_1920x0_80_0_0_b02d1ef10df97f1e3c944432281ac4b9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, yaponiya, yosixide suga
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, yaponiya, yosixide suga
Yaponiya O‘zbekistonga moliyaviy-texnik ko‘makni kengaytirishga tayyorligini bildirdi
18:28 12.05.2021 (yangilandi: 11:54 09.08.2021) O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Yaponiya O‘zbekistonga moliyaviy-texnik ko‘makni kengaytirishga tayyor. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga bilan telefon orqali muloqot davomida ma’lum bo‘ldi.
Davlat rahbari matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, muloqatda O‘zbekiston-Yaponiya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Mirziyoyev mamlakatda amalga oshirilayotgan kompleks islohotlar dasturini faol qo‘llab-quvvatlayotgani hamda koronavirusga qarshi kurash va pandemiyaning iqtisodiy oqibatlarini yengib o‘tishda ko‘rsatilgan yordam uchun Yaponiya bosh vaziri va hukumatiga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Yaponiya bosh vaziri, o‘z navbatida, yangilanishlarni yanada ilgari surish, zamonaviy sanoat va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonga moliyaviy-texnik ko‘makni kengaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Yaponiya tomoni Toshkent Koreya yarim orolini yadroviy quroldan xoli hududga aylantirish va o‘g‘irlangan yapon fuqarolarini qaytarish masalasini muttasil qo‘llab-quvvatlayotgani uchun alohida minnatdorlik bildirdi.
Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston prezidenti JISA agentligi, Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari bilan samarali sheriklikni yuksak baholadi. O‘tgan yilda, global inqiroz va karantin cheklovlariga qaramay, yaponiyalik sarmodor va mutaxassislar bilan birgalikda
To‘raqo‘rg‘on IES qurilishi, Navoiy IESni kengaytirishning ikkinchi bosqichi,
“Navoiyazot” korxonasida ammiak va karbamid ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologik quvvatlarni ishga tushirish kabi ustuvor loyihalar amalga oshirildi.
O‘zaro savdo va investitsiyalar hajmini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Davlat rahbarlari qo‘shma biznes loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali vositalarini joriy etish tashabbusini ma’qulladilar.
Shuningdek, xalqaro kun tartibi, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini qayd etdilar.
Yaponiya Bosh vaziri joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani qo‘llab-quvvatlashini va uning ishida ishtirok etishini ta’kidladi.
Suhbat so‘ngida Mirziyoyev Tokio shahridagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi hamda bosh vazir Yosexide Sugani mamlakatga tashrif bilan kelishga taklif qildi