https://oz.sputniknews.uz/20210508/toshkentda-urushning-mitti-guvohlari-kitobi-taqdimoti-bolib-otdi-18641140.html
Toshkentda "urushning mitti guvohlari" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Toshkentda "urushning mitti guvohlari" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 76-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan "Urushning mitti guvohlari" loyihasi tashabbuskorlari Podrobno.uz agentligi... 08.05.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-05-08T11:10+0500
2021-05-08T11:10+0500
2021-05-08T11:21+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ikkinchi jahon urushi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/07/18640064_0:87:1280:808_1920x0_80_0_0_067041d8756188356981bd659c0c815f.jpg
TOShKENT, 8-may - Sputnik. Fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan G‘alabaning 76-yilligi arafasida Toshkentda bolaligi zalvorli urush yillariga to‘g‘ri kelganlar xotiralari albom ko‘rinishida chop etildi. Kitobda yetim bolalar, blokadadan omon qolganlar va konslager asiri bo‘lgan insonlar xotiralari o‘z aksini topgan."Urushning mitti guvohlari" deb nomlangan nashr 1 ming adadda chop etilgan va mamlakatdagi maktablar, kutubxonalar va muzeylar uchun mo‘ljallangan. Loyiha muallifi - Podrobno.uz agentligi, "Kapitalbank" ATB esa loyiha homiysi bo‘ldi.O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ham ushbu loyiha ahamiyati va o‘ziga xosligi haqida to‘xtalar ekan, bunday tashabbuslar jamiyatni jipslashtirishini ta’kidladi."Albatta, yillar o‘tib ketdi, biz endilikda o‘z tashvishlarimiz bilan bandmiz, lekin o‘tmishdagi G‘alaba va uni erishish uchun sodir etilgan jasoratlarni, qahramonliklarni hech qachon unutmasligimiz kerak. O‘tgan yili mamlakatimizda noyob G‘alaba bog‘i yaratildi. Meni fikrimcha, ushbu bayramda hammamiz farzandlarimiz bilan shu bog‘ga aylangani borsak, foydadan xoli bo‘lmasdi, toki kelajak avlod ham bizning umumiy tariximizni bilsin. Sababi, faxriylarimizni yilda bir marta emas, balki har kun, hamisha yod etishimiz va ularga hurmat ko‘rsatishimiz ham qarz, ham farz".Taqdimotda so‘zga chiqqan Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov o‘zbekistonlik hamkasblariga tarixga, ayniqsa, Ulug‘ Vatan urushi qahramonlari xotirasiga bo‘lgan o‘ta ziyrak va ehtiromli munosabat uchun minnatdorlik bildirdi."Urushning mitti guvohlari" kitobi hozircha faqat rus tilida nashr etilgan, loyiha ishtirokchilarining aytishicha, albomga bo‘lgan talab juda yuqori, shu bois tirajni to‘ldirishga ehtiyoj bor. Bundan tashqari, kitobni o‘zbek tilida nashr etish ham rejaga kiritilgan. Bukletning elektron versiyasi ham mavjud.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/07/18640064_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_7e92de466ee5e781275a46ba7d64a604.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, ikkinchi jahon urushi
jamiyat, o‘zbekiston, ikkinchi jahon urushi
Toshkentda "urushning mitti guvohlari" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
11:10 08.05.2021 (yangilandi: 11:21 08.05.2021) Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 76-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan "Urushning mitti guvohlari" loyihasi tashabbuskorlari Podrobno.uz agentligi va "Kapitalbank" ATB. Kitob rus tilida bo‘lib, O‘zbekistondagi maktab, kutubxona va muzeylarga yetkaziladi.
TOShKENT, 8-may - Sputnik. Fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan G‘alabaning 76-yilligi arafasida Toshkentda bolaligi zalvorli urush yillariga to‘g‘ri kelganlar xotiralari albom ko‘rinishida chop etildi. Kitobda yetim bolalar, blokadadan omon qolganlar va konslager asiri bo‘lgan insonlar xotiralari o‘z aksini topgan.
"Urushning mitti guvohlari" deb nomlangan nashr 1 ming adadda chop etilgan va mamlakatdagi maktablar, kutubxonalar va muzeylar uchun mo‘ljallangan. Loyiha muallifi -
Podrobno.uz agentligi, "Kapitalbank" ATB esa loyiha homiysi bo‘ldi.
"Biz uchun bu ijtimoiy loyihadir. Biz hozirgi avlod ota-bobolari jasoratlarini hamisha yodda saqlashlarini, musaffo osmonni va bugun biz ega bo‘lgan barcha narsalarni qadrlashlarini istaymiz. Biz yoshlarimiz yaxshilik va mehr, bag‘rikenglik va saxovat, olijanoblik va insonparvarlik haqida mudom yodda tutishlarini istaymiz. Insonlar jasorati u haqda xotirlashsa mangu yashaydi".
Alisher Mirzayev "Kapitalbank" ATB boshqaruvi raisi
Loyiha mualliflari hayotning o‘zi ularni harbiy mavzuni yangicha rakursdan qayta ko‘rib chiqishga turtki berganini aytishadi. Afsuski, Ikkinchi jahon urushi maydonlarida jang qilgan faxriylar soni juda kam qoldi, ammo bolaligi urushning og‘ir kunlariga to‘g‘ri kelgan, urushning barcha dahshatlari va mashaqqatlarini boshdan kechirib, omon qolganlar ko‘p va urush mitti nigohlarda qanday gavdalanganini ular juda yaxshi xotirlashadi.
"Ushbu kitobda siz o‘sha dahshatli urush bolalarining haqiqiy va bo‘rttirilmagan xotiralariga duch kelasiz. Bu ular qay tarzda konslagerlarda jasadlarni tashiganlari, yoki yaqinlarini yoqib yuborishganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishgani yoki bo‘lmasam fashistlarning vahshiyona qilmishlari tufayli ming-minglab insonlar qirilib ketishgani haqidagi xotiralardir. Bunda barchasidan judo bo‘lgan, ammo taslim bo‘lmagan, o‘zi och qolib, oxirgi non uvoqlarini boshqalar bilan bo‘lishgan bolalar xotiralari ham bor. Ular bugun avlodlardan iltimos qilayotgan asosiy narsa - G‘alaba qanday mashaqqat va judoliklar bilan erishilganini yodda tutish va bu singari hodisalarga boshqa hech qachon yo‘l qo‘ymaslikdir".
Andrey Teshayev "Podrobno.uz" AA bosh muharriri
O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ham ushbu loyiha ahamiyati va o‘ziga xosligi haqida to‘xtalar ekan, bunday tashabbuslar jamiyatni jipslashtirishini ta’kidladi.
"Albatta, yillar o‘tib ketdi, biz endilikda o‘z tashvishlarimiz bilan bandmiz, lekin o‘tmishdagi G‘alaba va uni erishish uchun sodir etilgan jasoratlarni, qahramonliklarni hech qachon unutmasligimiz kerak. O‘tgan yili mamlakatimizda noyob G‘alaba bog‘i yaratildi. Meni fikrimcha, ushbu bayramda hammamiz farzandlarimiz bilan shu bog‘ga aylangani borsak, foydadan xoli bo‘lmasdi, toki kelajak avlod ham bizning umumiy tariximizni bilsin. Sababi, faxriylarimizni yilda bir marta emas, balki har kun, hamisha yod etishimiz va ularga hurmat ko‘rsatishimiz ham qarz, ham farz".
Taqdimotda so‘zga chiqqan Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginov o‘zbekistonlik hamkasblariga tarixga, ayniqsa, Ulug‘ Vatan urushi qahramonlari xotirasiga bo‘lgan o‘ta ziyrak va ehtiromli munosabat uchun minnatdorlik bildirdi.
"Men chet elda juda ko‘p ishlaganman va ko‘plab mamlakatlarda bo‘lganman. Afsuski, hamma joyda ham, hatto MDH makonida ham bizning umumiy tariximizga bunday ziyraklik va ehtiyotkorlik bilan qarashlarini ko‘ravermayman. O‘zbekiston bu ma’noda juda hayratlantirmoqda va bu yoqimli, albatta. O‘tgan yili ochilgan G‘alaba bog‘i ham bu gapimning yaqqol tasdig‘idir. Tariximizni soxtalashtirishlariga va buzib ko‘rsatishlariga aslo yo‘l qo‘ymasligimiz kerak va bu bugungi kunda har qachongidan ham dolzarbdir, sababi bunga urinishlar muntazam kuzatilmoqda. Bu singari loyihalar esa xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlaydi va biz ularni doimo qo‘llab-quvvatlashga va bunga o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz".
Oleg Malginov, RF O‘zbekistondagi elchisi
"Urushning mitti guvohlari" kitobi hozircha faqat rus tilida nashr etilgan, loyiha ishtirokchilarining aytishicha, albomga bo‘lgan talab juda yuqori, shu bois tirajni to‘ldirishga ehtiyoj bor. Bundan tashqari, kitobni o‘zbek tilida nashr etish ham rejaga kiritilgan. Bukletning
elektron versiyasi ham mavjud.