https://oz.sputniknews.uz/20210428/sergey-lavrov-bilan-katta-intervyu-18542931.html
Sergey Lavrov bilan katta intervyu
Sergey Lavrov bilan katta intervyu
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga nodo‘st mamlakatlar ro‘yxati, Donbassdagi urush, Chexiya mojarosi, BMT Nizomini himoya qilish guruhi va boshqa mavzular. 28.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-28T21:33+0500
2021-04-28T21:33+0500
2021-04-28T21:33+0500
kolumnistlar
siyosat
tahlil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/17/17917186_0:0:2891:1626_1920x0_80_0_0_62676170b5b65f3a4fb7d7bfb0f1a65d.jpg
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning MIA “Rossiya Segodnya” bosh direktori Dmitriy Kiselovga bilan suhbatining ikkinchi qismida Rossiyaga nodo‘st mamlakatlar ro‘yxatiga kimlar kiritilishi, Donbassda urushga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi, nima uchun Zelenskiy Putinga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmayotgani, Chexiya bilan munosabatlar va boshqa qator mavzular muhokama qilindi. Sergey Viktorovich, nodo‘st mamlakatlar ro‘yxatiga kimlar kiritilishi mumkin, aniq nomzodlar bormi? Bu masala bilan prezident topshirig‘iga ko‘ra Hukumat shug‘ullanmoqda. Biz va boshqa taaluqli muassasalar ham bunda ishtirok etmoqdamiz. Lekin biz bu masalada shoshilishni, Rossiga haqida biror yomon gap aytgan har bir davlatni ushbu ro‘yxatga kiritishni istamagan bo‘lardik. Bizning qarorimiz chuqur tahlilga asoslangan bo‘ladi. Agar biz biror davlat bilan ishlarni boshqacha uslubda olib borishning iloji yo‘q deb hisoblasak, ana shunday yo‘l tutamiz. Albatta, bu ro‘yxat vaqti-vaqti bilan to‘ldirib turiladi. Kelajakda ro‘yxatdagi ayrim davlatlar bilan munosabatlar qayta ko‘rib chiqilishi ham mumkin. - Bu ro‘yxat bilan qachon tanishish mumin bo‘ladi? Yaqin orada, deb o‘ylayman. Hukumat bu borada aniq topshiriq olgan, biz qanday kriteriy bo‘yicha davlatlarni tanlab olishni bilamiz. Ro‘yxat e’lon qilinishiga oz qoldi deb o‘yldayman. - Nodo‘st mamlakatlarga Rossiya fuqarolarini ishga jalb qilish ta’qiqlanadimi? Har qanday jismoniy shaxslarni – Rossiya va xorijiy fuqarolarni. -Bu nodo‘st mamlakatlarga qo‘yiladigan yagona cheklov bo‘ladimi yoki boshqa choralar ham bormi? Ayni damda, prezident imzolagan farmonining asosiy maqsadi ana shu. - Rahmat! Boshqa mavzu - Donbass. Yil boshidan buyon bu yerda tanglik darajasi ortib kelmoqda. Baydenning Putinga bo‘lgan qo‘ng‘irog‘idan keyin vaziyat tinchlanayotganga o‘xshaydi.Men “Hafta xabarlari” dasturida aytgan taxminim to‘g‘ri chiqqanga o‘xshaydi – AQShning Ukrainaga bergan kafolati uydirma bo‘lib chiqdi. Lekin otishma to‘xtamayapti, ba’zan ta’qiqlangan katta kalibrlar ham ishlatilmoqda. Bunday tinchlikning urushdan farqi yo‘qqa o‘xshaydi. U yerda yarim millionga yaqin Rossiya fuqarolari bor. Urush bo‘lishi muqarrarmi? - Agar hamma narsa biz yoki mahalliy ko‘ngillilarga bog‘liq bo‘lsa edi, (biz tushunishamizga ko‘ra), urushdan voz kechish mumkin bo‘lardi. Lekin bu masalaga Ukraina tomoni va Zelenskiy qanday qaraydi – tushunish qiyin. Tashqaridan qaraganda, Zelenskiy uchun asosiysi – hukumat boshida qolishga o‘xshaydi. Buning uchun u hatto neonatsist va radikallar bilan ham do‘stlashishga tayyor. Donbass ko‘ngillilarini esa terrorchilar deb e’lon qilib ularga qarshi aksilterror operatsiya va qandaydir birlashgan qo‘shinlarni yo‘naltirmoqda. Lekin g‘arbdagi hamkasabalari bilan vaziyatni diqqat bilan o‘rganib chiqishganida, Donbassning hech bir tumani 2014-yildan buyon Ukrainaning hech qayerga hujam qilmagani ma’lum bo‘lardi. Donbassliklar Kiyev rejimi bilan jang qilishni istamaydi. Biz buni yaxshi bilamiz. Men G‘arbdagi hamkasabalarimizga vaziyatga obyektiv nazar solishni bir necha bor aytganman, lekin ular vaziyatga noxolis munosabatda bo‘lishmoqda. Bizning harbiy korrespondentlarimiz Donbassdagi haqiqatda nima bo‘layoganini uzuluksiz yoritib kelishmoqda. - Okoplar ichida.- Ha, ular har kuni okopla ichidan reportajlar tayyorlamoqda. Ukrainadan iqtisodiy jihatdan uzilib qolgan, maktab bog‘cha va boshqa infratuzilma obyektlari doimiy ravishda buzilayotgan, odamlar qurbon bo‘layotgan sharoitda mahalliy aholi o‘zini qanday his qilayotganini ko‘rsatishmoqda. Men g‘arblik hamkasabalarimdan doim so‘rayman, nega ular o‘z OAVlarini chiziqning narigi tomonida nima bo‘layotganini yoritishga chaqirmaydi? O‘shanda ularga qanday zarar yetkazilgani, qaysi obyektlari buzilgani ma’lum bo‘lardi. YeHXT bir-ikki yil oldin, bizning ko‘p marotaba bildirilgan talablarimizdan keyin u tomonda nima bo‘layotgani va qancha odam qurbon bo‘lgani haqida bir marotaba hisobot bergan edi xolos. O‘shanda ushbu statistika Kiyev fuqaro obyektlariga 5 marotaba ko‘proq zarar yetkazayotganini ko‘rsatgan edi. Aksariyat hollarda Kiyev fuqaro obyektiga zarba berganidan so‘ng ko‘ngillilar o‘q ochish nuqtasiga qarshi zarba berishadi. O‘shandan buyon biz YeHXT hisobotlarini doimiy qilishga urinib kelmoqdamiz. YeHXT monitoring missiyasi rahbariyati va YeHXTning o‘zi ham ushbu masalada o‘zini qandaydir noqulay his qilmoqda va haqiqiy ma’lumotlarni chop etishdan imkon qadar qochishga harakat qilishmoqda. Eng so‘nggi voqealarga kelsak, biz mart oxirida Janubiy va G‘arbiy harbiy okruglar g‘arbiy o‘quv-mashqlari bo‘lib o‘tishini e’lon qilgan edik. Biz hech nima yashirmasdan o‘z hududimizda o‘quv-mashqlarni bajarib 2 haftadan so‘ng ularning yakunlanganini ma’lum qildik. G‘arbda esa voy-dod ko‘tarildi. Boshida “Rossiya Ukrainaga qo‘shin kiritmoqchi” deb baqirishgan bo‘lsa, oxirida “qaranglar Rossiya chekinishga majbur bo‘ldi” deb jar solishdi. Ingliz tilida shunday ibora bor - wishful thinking ya’ni o‘zi istagan narsani haqiqat deb qabul qilish. Bu yerda aynan shunday bo‘lganga o‘xshaydi. Aytmoqchi Rossiyani “Katta yettilik”dan chiqarish haqida gaplar ham shular jumlasidan. Ular har safar uchrashganda o‘zaro “Biz Rossiyani “Yettilikka” boshqa chaqirmaymiz, deyishadi”. Bizga o‘sha kerak ham emas. “Katta sakkizlik” endi hech qachon amalga oshmaydi. Bu kechagi kun. Lekin “ana Rossiya qo‘shin kiritmoqchi”, “qaranglar Rossiya chekindi” kabi mavzularni hadeb OAVga olib chiqaverish bu – G‘arbning xalqaro munosabatlarda o‘z ustuvorligini propaganda qilish istagini ko‘rsatadi. Bu albatta achinarli holdir. Ukrainada tinchlik o‘rnatish masalasini Putin Merkel bilan, keyinroq Makron va Bayden bilan ham muhokama qildi. Menimcha u yerda vaziyat juda oddiy. Zelenskiy va uning jamoasiga rahbarlik qilayotganlar undan Minsk shartnomalari talablarini bajarishga majburlamoqchi emas. Ular kuch ishlatishdan foyda yo‘qligini ham juda yaxshi bilishadi. Ular Donesk va Luganskdan kelayotgan signallarni ham tushunishdi – ular o‘z yeri, xalqi va uy-joyini jon-jahdi bilan himoya qilishga tayyor. Aholi neonatsistlar qonunlari asosida yashashga tayyor emas. Prezident Putin aniq va ravshan qilib– Biz Donbassdagilarni hech qachon xavf ostida yolg‘iz tashlab qo‘ymaymiz, deb aytdi. Zelenskiy o‘z intervyularida Ukrainada rus tili va Rus pravoslav cherkovining hech qanday muammosi yo‘q, deb takror aytgani bilan - asl vaziyat bunday emas. Balkim hamma narsani undan yashirishayotgandir. Lekin menimcha uning hammasidan xabari bor. Agar kimdir Zelenskiyga AQSh Ukrainaga harbiy yordam beradi degan bo‘lsa – bunday maslahatchi sariq chaqagayam arzimaydi. AQSh hech qachon yordamga kelmaydi. Buni hamma har doim bilgan. Shu bilan birga G‘arb bizni Minsk shartnomasini yumshatishga har tomonlama undamoqda. Ukraina dastlab DNR va LNR hududini o‘z nazorati ostiga olib keyin saylov yoki amnistiya qilishni taklif qilmoqda. Lekin bunday bo‘lga taqdirda – u yerda qirg‘in bo‘lishi muqarrar. Shu sababli ham hech kim Ukrainaga bunday qilishga yo‘l bermaydi. Minsk shartnomasida tinchlik o‘rnatishning har bir bosqichi va ketma-ketligi aniq belgilangan. Ularni bosqichma-bosqich bajarish o‘rniga, biz ukraina tomonidan sharnomani buzib talqin qilish holatlarini kuzatmoqdamiz. Ular goh chegaralarni nazorat qilish, goh amnistiyani o‘zgacha uslubda amalga oshirish va boshqa boshqa “yangiliklarni” taklif qilmoqda. Minsk shartnomasida esa hammasi aniq ko‘rsatilgan, chegarani nazorat qilish - eng so‘nggi bosqich. Amnistiya esa hech qanday “ko‘chma sudlovlarsiz” ikkala tomondan janglarda ishtirok etgan barcha fuqarolar uchun ham bir vaqtning o‘zida to‘liq amalga oshirilishi kerak.Menimcha bu yerda asosiy javobgarlik G‘arb tomonida turibdi. Hozir aynan G‘arb Zelenskiydan ushbu shartnomani bajarishni talab qilishi mumkin. Axir 2019-yilda Rossiya, Fransiya, va Germaniya prezidentlari uchrashuvida ushbu shartnomadan boshqa yo‘l yo‘qligini tasdiqlashgan edi. - Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiyani tan olib, lekin DNR va LNRni nima sababdan tan olmayotganini ko‘pchillik tushunmayotgan bo‘lsa kerak. Hatto ba’zi jurnalistlar ham buni tushunishmaydi. Nima sababdan bu amalga oshirilmayapti? Ha siz haqsiz, Abxaziya va Janubiy Osetiyaga o‘xshash joyi bor, lekin bitta muhim farqi ham bor – u yerda Minsk shartnomasiga o‘xshash shartnoma imzolanmagan edi. Merkel, Olland, Poroshenko va Putin ishtirokida 17 soat davom etgan muzokaralar imzolangan ushbu shartnomani BMT ham tasdiqlagan edi. Shu sababli ham hozir xalqaro huquq biz tomonda. Shartnoma so‘zsiz bajarilishi kerak. - Zelenskiy Putinga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmayapti. Kuleba esa sizga qo‘ng‘iroq qila olmayapti. Bu nimani anglatadi? Buning ma’nosi shundaki, ular Minsk shartnomasini qayta ko‘rib chiqishni va Rossiyani mojaroda ishtirok etayotgan tomondek ko‘rsatishni istaydi.Masalan, Ukraina va DNR chegara chizig‘i yaqinida qo‘shinlar to‘planmoqda, lekin ular ushbu masalani muhokama qilish uchun Moskvaga qo‘ng‘iroq qilishmoqda. Biz esa ularni qayta-qayta Minsk shartnomasini o‘qishga va muammolarni DNR va LNR bilan hal qilish kerakligini aytmoqdamiz. Agar Zelenskiy Rossiya – Ukraina munosabatlarini yaxshilashni muhokama qilishmoqchi bo‘lsa – marhamat, biz doim tayyormiz. - Yana bir mavzu – Chexiya. Ular nima qilayapti o‘zi? Buni qanday muhokama qilishni, ular aslida nimaga erishmoqchi bo‘lganini bilmayman, chunki ularning mantig‘ini tushunishga aqlim yetmaydi. Bu voqeada qandaydir shizofrenik elementlar juda ko‘p. Chexiya prezidenti Zeman ushbu voqea ehtimol xorijiy davlatlar agentlari tomonidan amalga oshirilgan diversiya deb taxmin qildi. Vaholanki, aynan hozirgi bosh vazir Babish boshchiligidagi ushbu hukumat 2014-yilda, ushbu voqea sababi – bolgariyalik omborxona ma’sullarining beparvoligi tufayli sodir bo‘lgan deyilgan edi. Keyinroq esa ushbu omborxonada Yevropada ta’qiqlangan piyodalarga qarshi minalar saqlangani ma’lum bo‘ldi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, qanday qilib Bolgariya fuqarosi konvensiya bilan ta’qiqlangan minalarni Chexiya hududida saqlagan? Unda Chexiya hukumati qayerga qaragan? - Balkim Chexiya savollarni dastlab o‘ziga berishi kerakdir? Ha balkim shunday qilishi kerak. Yo bo‘lmasa Ukrainadan o‘rnak olishi kerak. U yerda ham hukumatga bo‘y so‘nmaydigan, qurol-aslaha, qurollangan kishilarga ega bo‘lgan ko‘ngilli batalonlar juda ko‘p. Bu ham davlat zaifligining bir belgisi bo‘lsa kerak. - Ukraina – bu boshqa gap. Chexiya esa Yevropa Ittifoqi a’zosi, uning bir qator jiddiy xalqaro majburiyatlari bor. Ha, bular birinchi navbatda Ottava konvensiyasi (piyodalarga qarshi minalarni ta’qiqlovchi), undan tashqari YeI ichida ham mojaroli hududlarga har qanday qurol yarog‘ yetkazib berishni ta’qiqlovchi normalar bor. Yevropa va Rossiya munosabatlarini buzishda, birinchi navbatda inglizlar juda faol rol o‘ynagan edi. Ular YeIdan chiqqan bo‘lsa ham bu ma’noda faollik susayishi sezilgani yo‘q. Aksincha ular YeI a’zolarining Moskva bilan munosabatlarini nazorat qilishga urinishmoqda. Bu yerda hayron qoladigan joyi yo‘q, 2000-yillar tarixini esga olsak. 2007-yil, Litvinenko shifoxonada poloniy bilan zaharlangan edi. Moskva aybdor, dalil, isbot – yo‘q, chunki “maxfiy hujjatlar” bahonasida sud jarayoni – yopiq o‘tkazilgan. 2014-yil, Malayziya Boeing urib tushirildi, 4ta davlat yig‘ilib (Gollandiya, Belgiya, Avstraliya, Ukraina) o‘zaro hukm chiqarishdi, tafsilotlarni sir saqlash majburiyati bilan. Hatto jabrlanuvchi tomon Malayziya ham taklif qilingani yo‘q. “Qora qutilar” Londonda o‘rganilgan. Undan so‘ng “Skripallar ishi”, kim nima zaharladimi yo‘qmi, nega ular tirik qolgan, nega politsiyachiga hech narsa qilmagan , lekin bir ayol qurbon bo‘lgan, uning yonidagi erkakka esa hech narsa qilmagan va hokazo, savollar juda ko‘p. Javob esa bitta – “xayli-laykli”. Keyin “Navalniy” ishi – Moskvaga uchayotgan Omskda qo‘ngan. Samolyotda u bilan bo‘lganlardan, shifoxonada hech kim zarar ko‘rmagan. Zararli modda bo‘lgan butilkalar qanday qilib Germaniyaga olib borilgan va hech kim zararlanmagan. Zaharni faqat Bundesver klinikasida – aniqlashgan. Keyinchalik Kimoviy qurolni ta’qiqlash tashkiloti ham aralashdi, lekin baribir keng jamoatchilik va Rossiyaga yana hech qanday dalil isbot taqdim etilmadi. Achinarli. Yaqinda, Britaniya maxsus xizmati MI-6 rahbari qirollikning Rossiyaga qarshi siyosatini yana bir bor namoyish qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra “Rossiya bu tugab borayotgan davlat emish va bunday holatda u har qanday keskin harakatlarga yo‘l qo‘yishi mumkin ekan, uning uchun ham uni kuzatib turish kerak ekan”. Bunday tug‘ma takabburlik, o‘zini haliyam dunyoning yetakchisi deb hisoblaydigan, inglizlarda bo‘lsa kerak, xolos.Lekin o‘zlari bo‘lsa biz bilan qandaydir aloqalar bog‘lashga, bir nimalar haqida kelishib olishga urinishmoqda. O‘zgalarni bundan bezdirib o‘zlari aloqa o‘rnatishga urinish – bu ham manmanlikning bir belgisi bo‘lsa kerak. Biror mamlakatning tugab borayotgani haqida gap ketganda – bir vaqtlar “ustida quyosh botmaydigan” ulkan imperiyadan kelajagi mavhum kichik orolchaga aylanib qolgan davlat - bunga yaqqol misol bo‘lishi mumkin.Chexiyada, esa bo‘lib o‘tgan voqealar mamlakat ichida katta tortishuvga sabab bo‘ldi. Ko‘pchillik ushbu voqealar to‘g‘ri talqin qilinganiga shubha qila boshladi. Chexlarning o‘zi bo‘lib o‘tgan voqeadan afsusga tushib, vaziyatni to‘g‘rilashga kirishishdi... Lekin kech bo‘lgan edi. 18 nafar diplomatlar chiqarib yuborildi. - Endi qanday ishlaymiz ular bilan? Rostini aytsam, bizda muammo bo‘lmaydi. Biz hech kimdan hech narsa so‘ramaymiz. Agar chexiyalik hamkasabalarimiz o‘ziga kelsa, qilgan ishining oqibatlarini tushunib yetsa, xullas “aqli kirsa” – biz ular bilan munosabatlarni tiklashga tayyormiz. Boshqa ayrim davlatlar ham hozir bizga nisbatan ana shunday harakatlarni amalga oshirmoqda. Boltiqbo‘yi, Polsha, Ruminiya. - Germaniya ushbu “ruhiy kasallikni” qo‘llab-quvvatlamadi.Ha, GFR tashqi ishlar vaziri Xayko Maas bu borada har tomonlama o‘ylangan siyosat olib borayotganini namoyish qildi. Maas “firklarimiz turlicha bo‘lsada suhbat olib borish kerakligini va umumiy yechimlar qidirish kerakligini ta’kidladi”. Germaniya har doim ham bunday yo‘l tutmagan. - Sergey Viktorovich, siz yaqinda Xitoyda SWIFT xalqaro tizimining muqobilini topish kerakligi va Rossiya bunga tayyorlanayotgani haqida gapirgan edingiz. Hozir bu ishlar qaysi bosqichda, muqobil tizim qanday bo‘lishi mumkin?Bu haqida so‘nggi vaqtlarda ko‘p marotaba gapirilgan edi. G‘arb Rossiyaning iqtisodiy manfaatlarini qiyish imkoniyatini har joydan qidirmoqda. Ular Rossiyani SWIFT xalqaro to‘lovlar tizimidan uzib quyish mumkinligi haqida gapirishdi. O‘shanda ma’suliyatli siyosatchilar ehtiyot chorasi haqida o‘ylab qo‘yishga majbur bo‘lishgan edi. AQSh xalqaro valyuta tizimida dollarning tutgan o‘rnidan foydalanib, o‘ziga noma’qbul bo‘lgan davlatlar valyutalarini qadrsizlantirish, ularning raqobatdoshligini susaytirishga harakat qilmoqda. Bugun Rossiya, Xitoy Turkiya dollarga ana shunday bog‘liqlikdan xoli bo‘lishga harakat qilmoqda. Ular alternativ valyutalar yoki milliy valyutada hisob-kitob qilishmoqda. Bizda “Mir” to‘lov kartalari tizimi bir necha yildan buyon ishlamoqda. “Mir” kartasi Xitoy va Yaponiyada ana shunday milliy to‘lov kartalar tizimlari bilan aloqalarni rivojlantirmoqda. Shuningdek xalqaro Maestro kartasi bilan ham aloqalar rivojlantirilmoqda. Bizning Markaziy bankimiz ham biroz muddat oldin moliyaviy xabarlar uzatish tizimini muvaffaqiyatli ishga tushirdi. Hozirg kunda ushbu tizim tobora ommaviylashib bormoqda. Yana bir marta aytmoqchiman, biz o‘zimizni o‘zimiz yakkalab qo‘yish niyatimiz yo‘q. Biz adolatli va demokratik xalqaro hamjamiyatning bir qismi bo‘lmoqchimiz. Biz G‘arb bilan gaplashganda, demokratiya xalqaro munosabatlarda ham ustuvor bo‘lishi kerak deyishimiz bilanoq – ularning ishtiyoqi yo‘qolib qoladi. Ichki demokratik jarayonlar bo‘yicha esa – ular katta o‘qituvchi. Rossiya va Xitoy xalqaro munosabatlarda ham demokratik prinsiplar ustuvor bo‘lishini, BMT nizomi saqlanib qolishini, hamma bir biri bilan kelishib ish tutishini istaydi. Aynan shuning uchun ham moliyaviy to‘lovlar uchun ehtiyot chorasi kerak. U bizda yaratilgan va kerak bo‘lganda biz hech kimga qaram bo‘lib qolmaymiz. - Demak markaziy bankning amaldagi moliyaviy axborot uzatish tizimi – SWIFTning amaldagi muqobili desa bo‘ladimi?Ha, shunday. Men mutaxassis emasman, uning qanchalik ishonchli ekanidan xabarim yo‘q, lekin baza yaratilgan. Hukumat va MB uning kafolatini, mustaqilligini ta’minlash uchun kerak bo‘lgan hamma ishni bajaradi.- Siz xitoylik hamkasabangiz Van I bilan sanksiyalardan zarar ko‘rgan davlatlar tashabbusini tashkil qilgan edingiz. Unga qaysi davlatlar kirishi mumkin? Men boshqacharoq aytgan bo‘lardim. Biz BMT doirasida anchadan buyon bir tomonlama noqonuniy sanksiya, embargo va blokada kiritish amaliyotini bekor qilishga qaratilgan faoliyat olib bormoqdamiz. Ushbu faoliyat bir necha yildan beri olib borilmoqda. Masalan, biz har yili AQShning Kubaga nisbatan kiritilgan embargosini bekor qilish masalasini ko‘taramiz, 190ta davlat uni ma’qullaydi faqat AQSh va yana qandaydir kichik orol davlat unga qarshi chiqadi. Bir tomonlama sanksiyalar kiritish amaliyoti keng qo‘llanila boshlaganidan so‘ng, bir guruh davlatlar BMT huzurida ana shunday noqonuniy sanksiyalar haqida xabar beradigan maxsus hisobotchi lavozimi joriy etish uchun ovoz berdi. Ushbu hisobotchi ayol Belarus fuqarosi. Menimcha shuning o‘zi katta qadam. Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ikkinchi yirik qadam, bu – BMT Nizomini qo‘llab-quvvatlash guruhidir. Bu yerda hech qanday revolyutsion g‘oya yo‘q, lekin G‘arb tomonidan barcha davlatlar kira a’zo bo‘la olmaydigan guruhlar tashkil qilinayotgan bir vaqtda, bu BMT Nizomi himoyasi tomon qo‘yilgan muhim qadam bo‘ladi. Masalan Jo Bayden yaqinda demokratiya sammitini o‘tkazishni e’lon qildi. Alabatta, uning ishtirokchilarini amerikaliklarning o‘zi tanlab oladi, ya’ni kimni demokratik yoki nodemokratik davlat deyishni ularning o‘zi hal qiladi. Shuningdek, Fransiya va Germaniya ham multilateralistlar alyansini tashkil qilish haqida e’lon qilishdi. U yerga faqat OAV erkinligi ta’minlangan davlatlar taklif qilinadi. Hozir u yerga 30ga yaqin davlat taklif qilingan.Vaholanki, buning uchun allaqachon YuNESKO bor, va bundan muammolar o‘sha yerda hal qilinishi kerak. Bizning tashabbus esa, xalqaro universal huquqni himoya qilish. BMT aynan shu bilan shug‘ullanadi. Ayirmachilar esa o‘z chaqiriqlari ostiga 50ka yaqin davlatlarni to‘plab olishgan. Ular muammoni o‘zaro muhokama qilib, biror qarorga kelishadi va keyinchalik uni barcha uchun majburiydek e’lon qilishadi. Oqibatda bunday harakatlar bir tomonlama sanksiyalarga qaraganda kuchliroq ta’sir o‘tkazadi. - Balkim o‘sha uyushmalarga ham qandaydir yo‘l bilna a’zo bo‘lish mumkindir? Hammasi BMTga a’zolik doirasida amalga oshirilmoqda. Biz hech kimga qarshi faoliyat olib borayotganimiz yo‘q. Osiyo-tinch okeani hududida biz hech nimani o‘zgartirmoqchi emasmiz. U yerda ASEAN tashkiloti bor. Kimda qanday muammo bo‘lsa o‘sha yerda hal qilish mumkin. G‘arb esa bunga qarshi faoliyat olib bormoqda. Ular Hind-Tinch okeani strategiyasini ishga tushirmoqda. Uning vazifasi Xitoyni cheklab turish, Rossiyani mutlaq izolyatsiya qilish. BMTda ham ana shunday vaziyat. Ular turli mavzular bo‘yicha har xil guruhlar tashkil qilib, BMTning keng davrasida muhokama qilinishi kerak bo‘lgan mavzularni burchak-burchaklarda o‘zlariga maqbul bo‘lgan doirada muhokama qilib natijasini “xalqaro hamjamiyat xulosasi” deb ko‘rsatishmoqda. - Sergey Viktorovich, aytishlaricha amerikaliklar Braziliyaga ta’sir o‘tkazib, Rossiya vaksinasidan voz kechishga majbur qilishganini tan olishdi. Mamlakatda vaziyat juda yomon bo‘lsada, Braziliya “Sputnik V”dan foydalanishdan voz kechdi. Siz buni qanday baholaysiz? Men bundan hayron qoldim. Amerikaliklar ushbu faoliyatni olib borayotganlaridan uyalmaydi ham. Oldingi ma’muriyatda ham Mayk Pompeo butun Afrika davlatlari bo‘ylab, matbuot anjumanlarida ochiq oydin - Rossiya va Xitoy bilan savdo qilmaslikka chaqirgan edi. Uning fikricha Rossiya va Xitoy o‘zlarning egoistik manfaatini ko‘zlaydi AQSh esa faqat Afrika xalqlari manfaati uchun savdo qiladi. Braziliyada hozir ushbu siyosatga qarshi harakat paydo bo‘ldi. Amerikaliklar o‘z mantiqiga asosan harakat qilmoqda. Ular o‘zlariga hamma narsa mumkinligiga shubha qilishmaydi va omma oldida ham buyuruq berishga uyalmaydi. Esingizda bo‘lsa, yaqinda Fransiya prezidenti Makron yangi urush bo‘layotganini va uning doirasida Rossiya va Xitoy vaksinadan propaganda quroli siftida foydalanayotganini ma’lum qilgan edi. Hozir bunday qarashlar chekinmoqda. Germaniya Rossiya vaksinasidan foydalanishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biz hech kimni majburlamaymiz. Hayotning o‘zi hamma narsani o‘z joyiga solib qo‘yadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210419/rossiya-tiv-20-nafar-chexiyalik-diplomatlarni-mamlakatdan-chiqarib-yuborishini-elon-qildi-18395326.html
https://oz.sputniknews.uz/20210406/hammasi-donbass-tufayli---aqsh-evropada-nimalar-uyushtirmoqda-18184916.html
https://oz.sputniknews.uz/20170724/Peskov-Ukraina-qoshnlar-5887689.html
https://oz.sputniknews.uz/20200219/Minsk-kelishuvlarining-besh-yilligi-Ukrainani-chakagini-chirish-13498289.html
https://oz.sputniknews.uz/20210228/Chekhiya-prezidenti-Putindan-Sputnik-V-vaktsinasini-etkazib-berishni-sradi-16091516.html
https://oz.sputniknews.uz/20210209/Zakharova-Navalniy-va-uning-rdamchilari-mukholifat-emas---NATO-agentlari--15968882.html
https://oz.sputniknews.uz/20210405/18148176.html
https://oz.sputniknews.uz/20200226/Rossiya-ASh-viza-berishni-rad-etgani-tufayli-BMT-arbitrazhini-talab-ildi-13544271.html
https://oz.sputniknews.uz/20210428/sergey-lavrov-aqshning-ayrim-arboblari-sozlarida-shizofrenik-ohanglar-mavjud-18521360.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/17/17917186_88:0:2819:2048_1920x0_80_0_0_5710aac0826daa825c8147489363e0d0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kolumnistlar, siyosat, tahlil
kolumnistlar, siyosat, tahlil
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning MIA “Rossiya Segodnya” bosh direktori Dmitriy Kiselovga bilan suhbatining ikkinchi qismida Rossiyaga nodo‘st mamlakatlar ro‘yxatiga kimlar kiritilishi, Donbassda urushga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi, nima uchun Zelenskiy Putinga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmayotgani, Chexiya bilan munosabatlar va boshqa qator mavzular muhokama qilindi.
Sergey Viktorovich, nodo‘st mamlakatlar ro‘yxatiga kimlar kiritilishi mumkin, aniq nomzodlar bormi?
Bu masala bilan prezident topshirig‘iga ko‘ra Hukumat shug‘ullanmoqda. Biz va boshqa taaluqli muassasalar ham bunda ishtirok etmoqdamiz. Lekin biz bu masalada shoshilishni, Rossiga haqida biror yomon gap aytgan har bir davlatni ushbu ro‘yxatga kiritishni istamagan bo‘lardik. Bizning qarorimiz chuqur tahlilga asoslangan bo‘ladi. Agar biz biror davlat bilan ishlarni boshqacha uslubda olib borishning iloji yo‘q deb hisoblasak, ana shunday yo‘l tutamiz. Albatta, bu ro‘yxat vaqti-vaqti bilan to‘ldirib turiladi. Kelajakda ro‘yxatdagi ayrim davlatlar bilan munosabatlar qayta ko‘rib chiqilishi ham mumkin.
- Bu ro‘yxat bilan qachon tanishish mumin bo‘ladi?
Yaqin orada, deb o‘ylayman. Hukumat bu borada aniq topshiriq olgan, biz qanday kriteriy bo‘yicha davlatlarni tanlab olishni bilamiz. Ro‘yxat e’lon qilinishiga oz qoldi deb o‘yldayman.
- Nodo‘st mamlakatlarga Rossiya fuqarolarini ishga jalb qilish ta’qiqlanadimi?
Har qanday jismoniy shaxslarni – Rossiya va xorijiy fuqarolarni.
-Bu nodo‘st mamlakatlarga qo‘yiladigan yagona cheklov bo‘ladimi yoki boshqa choralar ham bormi?
Ayni damda, prezident imzolagan farmonining asosiy maqsadi ana shu.
- Rahmat! Boshqa mavzu - Donbass. Yil boshidan buyon bu yerda tanglik darajasi ortib kelmoqda. Baydenning Putinga bo‘lgan qo‘ng‘irog‘idan keyin vaziyat tinchlanayotganga o‘xshaydi.Men “Hafta xabarlari” dasturida aytgan taxminim to‘g‘ri chiqqanga o‘xshaydi – AQShning Ukrainaga bergan kafolati uydirma bo‘lib chiqdi. Lekin otishma to‘xtamayapti, ba’zan ta’qiqlangan katta kalibrlar ham ishlatilmoqda. Bunday tinchlikning urushdan farqi yo‘qqa o‘xshaydi. U yerda yarim millionga yaqin Rossiya fuqarolari bor. Urush bo‘lishi muqarrarmi?
- Agar hamma narsa biz yoki mahalliy ko‘ngillilarga bog‘liq bo‘lsa edi, (biz tushunishamizga ko‘ra), urushdan voz kechish mumkin bo‘lardi. Lekin bu masalaga Ukraina tomoni va Zelenskiy qanday qaraydi – tushunish qiyin. Tashqaridan qaraganda, Zelenskiy uchun asosiysi – hukumat boshida qolishga o‘xshaydi. Buning uchun u hatto neonatsist va radikallar bilan ham do‘stlashishga tayyor. Donbass ko‘ngillilarini esa terrorchilar deb e’lon qilib ularga qarshi aksilterror operatsiya va qandaydir birlashgan qo‘shinlarni yo‘naltirmoqda.
Lekin g‘arbdagi hamkasabalari bilan vaziyatni diqqat bilan o‘rganib chiqishganida, Donbassning hech bir tumani 2014-yildan buyon Ukrainaning hech qayerga hujam qilmagani ma’lum bo‘lardi.
Donbassliklar Kiyev rejimi bilan jang qilishni istamaydi. Biz buni yaxshi bilamiz. Men G‘arbdagi hamkasabalarimizga vaziyatga obyektiv nazar solishni bir necha bor aytganman, lekin ular vaziyatga noxolis munosabatda bo‘lishmoqda. Bizning harbiy korrespondentlarimiz Donbassdagi haqiqatda nima bo‘layoganini uzuluksiz yoritib kelishmoqda.
- Ha, ular har kuni okopla ichidan reportajlar tayyorlamoqda. Ukrainadan iqtisodiy jihatdan uzilib qolgan, maktab bog‘cha va boshqa infratuzilma obyektlari doimiy ravishda buzilayotgan, odamlar qurbon bo‘layotgan sharoitda mahalliy aholi o‘zini qanday his qilayotganini ko‘rsatishmoqda.
Men g‘arblik hamkasabalarimdan doim so‘rayman, nega ular o‘z OAVlarini chiziqning narigi tomonida nima bo‘layotganini yoritishga chaqirmaydi? O‘shanda ularga qanday zarar yetkazilgani, qaysi obyektlari buzilgani ma’lum bo‘lardi. YeHXT bir-ikki yil oldin, bizning ko‘p marotaba bildirilgan talablarimizdan keyin u tomonda nima bo‘layotgani va qancha odam qurbon bo‘lgani haqida bir marotaba hisobot bergan edi xolos.
O‘shanda ushbu statistika Kiyev fuqaro obyektlariga 5 marotaba ko‘proq zarar yetkazayotganini ko‘rsatgan edi. Aksariyat hollarda Kiyev fuqaro obyektiga zarba berganidan so‘ng ko‘ngillilar o‘q ochish nuqtasiga qarshi zarba berishadi.
O‘shandan buyon biz YeHXT hisobotlarini doimiy qilishga urinib kelmoqdamiz. YeHXT monitoring missiyasi rahbariyati va YeHXTning o‘zi ham ushbu masalada o‘zini qandaydir noqulay his qilmoqda va haqiqiy ma’lumotlarni chop etishdan imkon qadar qochishga harakat qilishmoqda.
Eng so‘nggi voqealarga kelsak, biz mart oxirida Janubiy va G‘arbiy harbiy okruglar g‘arbiy o‘quv-mashqlari bo‘lib o‘tishini e’lon qilgan edik. Biz hech nima yashirmasdan o‘z hududimizda o‘quv-mashqlarni bajarib 2 haftadan so‘ng ularning yakunlanganini ma’lum qildik.
G‘arbda esa voy-dod ko‘tarildi. Boshida “Rossiya Ukrainaga qo‘shin kiritmoqchi” deb baqirishgan bo‘lsa, oxirida “qaranglar Rossiya chekinishga majbur bo‘ldi” deb jar solishdi. Ingliz tilida shunday ibora bor - wishful thinking ya’ni o‘zi istagan narsani haqiqat deb qabul qilish. Bu yerda aynan shunday bo‘lganga o‘xshaydi.
Aytmoqchi Rossiyani “Katta yettilik”dan chiqarish haqida gaplar ham shular jumlasidan. Ular har safar uchrashganda o‘zaro “Biz Rossiyani “Yettilikka” boshqa chaqirmaymiz, deyishadi”. Bizga o‘sha kerak ham emas. “Katta sakkizlik” endi hech qachon amalga oshmaydi. Bu kechagi kun. Lekin “ana Rossiya qo‘shin kiritmoqchi”, “qaranglar Rossiya chekindi” kabi mavzularni hadeb OAVga olib chiqaverish bu – G‘arbning xalqaro munosabatlarda o‘z ustuvorligini propaganda qilish istagini ko‘rsatadi. Bu albatta achinarli holdir.
Ukrainada tinchlik o‘rnatish masalasini Putin Merkel bilan, keyinroq Makron va Bayden bilan ham muhokama qildi. Menimcha u yerda vaziyat juda oddiy. Zelenskiy va uning jamoasiga rahbarlik qilayotganlar undan Minsk shartnomalari talablarini bajarishga majburlamoqchi emas. Ular kuch ishlatishdan foyda yo‘qligini ham juda yaxshi bilishadi. Ular Donesk va Luganskdan kelayotgan signallarni ham tushunishdi – ular o‘z yeri, xalqi va uy-joyini jon-jahdi bilan himoya qilishga tayyor. Aholi neonatsistlar qonunlari asosida yashashga tayyor emas. Prezident Putin aniq va ravshan qilib– Biz Donbassdagilarni hech qachon xavf ostida yolg‘iz tashlab qo‘ymaymiz, deb aytdi.
Zelenskiy o‘z intervyularida Ukrainada rus tili va Rus pravoslav cherkovining hech qanday muammosi yo‘q, deb takror aytgani bilan - asl vaziyat bunday emas. Balkim hamma narsani undan yashirishayotgandir. Lekin menimcha uning hammasidan xabari bor. Agar kimdir Zelenskiyga AQSh Ukrainaga harbiy yordam beradi degan bo‘lsa – bunday maslahatchi sariq chaqagayam arzimaydi. AQSh hech qachon yordamga kelmaydi. Buni hamma har doim bilgan.
Shu bilan birga G‘arb bizni Minsk shartnomasini yumshatishga har tomonlama undamoqda. Ukraina dastlab DNR va LNR hududini o‘z nazorati ostiga olib keyin saylov yoki amnistiya qilishni taklif qilmoqda. Lekin bunday bo‘lga taqdirda – u yerda qirg‘in bo‘lishi muqarrar. Shu sababli ham hech kim Ukrainaga bunday qilishga yo‘l bermaydi. Minsk shartnomasida tinchlik o‘rnatishning har bir bosqichi va ketma-ketligi aniq belgilangan.
Ularni bosqichma-bosqich bajarish o‘rniga, biz ukraina tomonidan sharnomani buzib talqin qilish holatlarini kuzatmoqdamiz. Ular goh chegaralarni nazorat qilish, goh amnistiyani o‘zgacha uslubda amalga oshirish va boshqa boshqa “yangiliklarni” taklif qilmoqda. Minsk shartnomasida esa hammasi aniq ko‘rsatilgan, chegarani nazorat qilish - eng so‘nggi bosqich. Amnistiya esa hech qanday “ko‘chma sudlovlarsiz” ikkala tomondan janglarda ishtirok etgan barcha fuqarolar uchun ham bir vaqtning o‘zida to‘liq amalga oshirilishi kerak.
Menimcha bu yerda asosiy javobgarlik G‘arb tomonida turibdi. Hozir aynan G‘arb Zelenskiydan ushbu shartnomani bajarishni talab qilishi mumkin. Axir 2019-yilda Rossiya, Fransiya, va Germaniya prezidentlari uchrashuvida ushbu shartnomadan boshqa yo‘l yo‘qligini tasdiqlashgan edi.
- Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiyani tan olib, lekin DNR va LNRni nima sababdan tan olmayotganini ko‘pchillik tushunmayotgan bo‘lsa kerak. Hatto ba’zi jurnalistlar ham buni tushunishmaydi. Nima sababdan bu amalga oshirilmayapti?
Ha siz haqsiz, Abxaziya va Janubiy Osetiyaga o‘xshash joyi bor, lekin bitta muhim farqi ham bor – u yerda Minsk shartnomasiga o‘xshash shartnoma imzolanmagan edi. Merkel, Olland, Poroshenko va Putin ishtirokida 17 soat davom etgan muzokaralar imzolangan ushbu shartnomani BMT ham tasdiqlagan edi. Shu sababli ham hozir xalqaro huquq biz tomonda. Shartnoma so‘zsiz bajarilishi kerak.
- Zelenskiy Putinga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmayapti. Kuleba esa sizga qo‘ng‘iroq qila olmayapti. Bu nimani anglatadi?
Buning ma’nosi shundaki, ular Minsk shartnomasini qayta ko‘rib chiqishni va Rossiyani mojaroda ishtirok etayotgan tomondek ko‘rsatishni istaydi.Masalan, Ukraina va DNR chegara chizig‘i yaqinida qo‘shinlar to‘planmoqda, lekin ular ushbu masalani muhokama qilish uchun Moskvaga qo‘ng‘iroq qilishmoqda. Biz esa ularni qayta-qayta Minsk shartnomasini o‘qishga va muammolarni DNR va LNR bilan hal qilish kerakligini aytmoqdamiz.
Agar Zelenskiy Rossiya – Ukraina munosabatlarini yaxshilashni muhokama qilishmoqchi bo‘lsa – marhamat, biz doim tayyormiz.
- Yana bir mavzu – Chexiya. Ular nima qilayapti o‘zi?
Buni qanday muhokama qilishni, ular aslida nimaga erishmoqchi bo‘lganini bilmayman, chunki ularning mantig‘ini tushunishga aqlim yetmaydi. Bu voqeada qandaydir shizofrenik elementlar juda ko‘p.
Chexiya prezidenti Zeman ushbu voqea ehtimol xorijiy davlatlar agentlari tomonidan amalga oshirilgan diversiya deb taxmin qildi. Vaholanki, aynan hozirgi bosh vazir Babish boshchiligidagi ushbu hukumat 2014-yilda, ushbu voqea sababi – bolgariyalik omborxona ma’sullarining beparvoligi tufayli sodir bo‘lgan deyilgan edi.
Keyinroq esa ushbu omborxonada Yevropada ta’qiqlangan piyodalarga qarshi minalar saqlangani ma’lum bo‘ldi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi, qanday qilib Bolgariya fuqarosi konvensiya bilan ta’qiqlangan minalarni Chexiya hududida saqlagan? Unda Chexiya hukumati qayerga qaragan?
- Balkim Chexiya savollarni dastlab o‘ziga berishi kerakdir?
Ha balkim shunday qilishi kerak. Yo bo‘lmasa Ukrainadan o‘rnak olishi kerak. U yerda ham hukumatga bo‘y so‘nmaydigan, qurol-aslaha, qurollangan kishilarga ega bo‘lgan ko‘ngilli batalonlar juda ko‘p. Bu ham davlat zaifligining bir belgisi bo‘lsa kerak.
- Ukraina – bu boshqa gap. Chexiya esa Yevropa Ittifoqi a’zosi, uning bir qator jiddiy xalqaro majburiyatlari bor.
Ha, bular birinchi navbatda Ottava konvensiyasi (piyodalarga qarshi minalarni ta’qiqlovchi), undan tashqari YeI ichida ham mojaroli hududlarga har qanday qurol yarog‘ yetkazib berishni ta’qiqlovchi normalar bor.
Yevropa va Rossiya munosabatlarini buzishda, birinchi navbatda inglizlar juda faol rol o‘ynagan edi. Ular YeIdan chiqqan bo‘lsa ham bu ma’noda faollik susayishi sezilgani yo‘q. Aksincha ular YeI a’zolarining Moskva bilan munosabatlarini nazorat qilishga urinishmoqda.
Bu yerda hayron qoladigan joyi yo‘q, 2000-yillar tarixini esga olsak.
2007 yil, Litvinenko shifoxonada poloniy bilan zaharlangan edi. Moskva aybdor, dalil, isbot – yo‘q, chunki “maxfiy hujjatlar” bahonasida sud jarayoni – yopiq o‘tkazilgan.
2014 yil, Malayziya Boeing urib tushirildi, 4ta davlat yig‘ilib (Gollandiya, Belgiya, Avstraliya, Ukraina) o‘zaro hukm chiqarishdi, tafsilotlarni sir saqlash majburiyati bilan. Hatto jabrlanuvchi tomon Malayziya ham taklif qilingani yo‘q. “Qora qutilar” Londonda o‘rganilgan.
Undan so‘ng “Skripallar ishi”, kim nima zaharladimi yo‘qmi, nega ular tirik qolgan, nega politsiyachiga hech narsa qilmagan , lekin bir ayol qurbon bo‘lgan, uning yonidagi erkakka esa hech narsa qilmagan va hokazo, savollar juda ko‘p. Javob esa bitta – “xayli-laykli”.
Keyin “Navalniy” ishi – Moskvaga uchayotgan Omskda qo‘ngan. Samolyotda u bilan bo‘lganlardan, shifoxonada hech kim zarar ko‘rmagan. Zararli modda bo‘lgan butilkalar qanday qilib Germaniyaga olib borilgan va hech kim zararlanmagan. Zaharni faqat Bundesver klinikasida – aniqlashgan. Keyinchalik Kimoviy qurolni ta’qiqlash tashkiloti ham aralashdi, lekin baribir keng jamoatchilik va Rossiyaga yana hech qanday dalil isbot taqdim etilmadi. Achinarli.
Yaqinda, Britaniya maxsus xizmati MI-6 rahbari qirollikning Rossiyaga qarshi siyosatini yana bir bor namoyish qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra “Rossiya bu tugab borayotgan davlat emish va bunday holatda u har qanday keskin harakatlarga yo‘l qo‘yishi mumkin ekan, uning uchun ham uni kuzatib turish kerak ekan”. Bunday tug‘ma takabburlik, o‘zini haliyam dunyoning yetakchisi deb hisoblaydigan, inglizlarda bo‘lsa kerak, xolos.
Lekin o‘zlari bo‘lsa biz bilan qandaydir aloqalar bog‘lashga, bir nimalar haqida kelishib olishga urinishmoqda. O‘zgalarni bundan bezdirib o‘zlari aloqa o‘rnatishga urinish – bu ham manmanlikning bir belgisi bo‘lsa kerak.
Biror mamlakatning tugab borayotgani haqida gap ketganda – bir vaqtlar “ustida quyosh botmaydigan” ulkan imperiyadan kelajagi mavhum kichik orolchaga aylanib qolgan davlat - bunga yaqqol misol bo‘lishi mumkin.
Chexiyada, esa bo‘lib o‘tgan voqealar mamlakat ichida katta tortishuvga sabab bo‘ldi. Ko‘pchillik ushbu voqealar to‘g‘ri talqin qilinganiga shubha qila boshladi. Chexlarning o‘zi bo‘lib o‘tgan voqeadan afsusga tushib, vaziyatni to‘g‘rilashga kirishishdi... Lekin kech bo‘lgan edi. 18 nafar diplomatlar chiqarib yuborildi.
- Endi qanday ishlaymiz ular bilan?
Rostini aytsam, bizda muammo bo‘lmaydi. Biz hech kimdan hech narsa so‘ramaymiz. Agar chexiyalik hamkasabalarimiz o‘ziga kelsa, qilgan ishining oqibatlarini tushunib yetsa, xullas “aqli kirsa” – biz ular bilan munosabatlarni tiklashga tayyormiz.
Boshqa ayrim davlatlar ham hozir bizga nisbatan ana shunday harakatlarni amalga oshirmoqda. Boltiqbo‘yi, Polsha, Ruminiya.
- Germaniya ushbu “ruhiy kasallikni” qo‘llab-quvvatlamadi.
Ha, GFR tashqi ishlar vaziri Xayko Maas bu borada har tomonlama o‘ylangan siyosat olib borayotganini namoyish qildi. Maas “firklarimiz turlicha bo‘lsada suhbat olib borish kerakligini va umumiy yechimlar qidirish kerakligini ta’kidladi”. Germaniya har doim ham bunday yo‘l tutmagan.
- Sergey Viktorovich, siz yaqinda Xitoyda SWIFT xalqaro tizimining muqobilini topish kerakligi va Rossiya bunga tayyorlanayotgani haqida gapirgan edingiz. Hozir bu ishlar qaysi bosqichda, muqobil tizim qanday bo‘lishi mumkin?
Bu haqida so‘nggi vaqtlarda ko‘p marotaba gapirilgan edi. G‘arb Rossiyaning iqtisodiy manfaatlarini qiyish imkoniyatini har joydan qidirmoqda. Ular Rossiyani SWIFT xalqaro to‘lovlar tizimidan uzib quyish mumkinligi haqida gapirishdi. O‘shanda ma’suliyatli siyosatchilar ehtiyot chorasi haqida o‘ylab qo‘yishga majbur bo‘lishgan edi.
AQSh xalqaro valyuta tizimida dollarning tutgan o‘rnidan foydalanib, o‘ziga noma’qbul bo‘lgan davlatlar valyutalarini qadrsizlantirish, ularning raqobatdoshligini susaytirishga harakat qilmoqda. Bugun Rossiya, Xitoy Turkiya dollarga ana shunday bog‘liqlikdan xoli bo‘lishga harakat qilmoqda. Ular alternativ valyutalar yoki milliy valyutada hisob-kitob qilishmoqda.
Bizda “Mir” to‘lov kartalari tizimi bir necha yildan buyon ishlamoqda. “Mir” kartasi Xitoy va Yaponiyada ana shunday milliy to‘lov kartalar tizimlari bilan aloqalarni rivojlantirmoqda. Shuningdek xalqaro Maestro kartasi bilan ham aloqalar rivojlantirilmoqda.
Bizning Markaziy bankimiz ham biroz muddat oldin moliyaviy xabarlar uzatish tizimini muvaffaqiyatli ishga tushirdi. Hozirg kunda ushbu tizim tobora ommaviylashib bormoqda.
Yana bir marta aytmoqchiman, biz o‘zimizni o‘zimiz yakkalab qo‘yish niyatimiz yo‘q. Biz adolatli va demokratik xalqaro hamjamiyatning bir qismi bo‘lmoqchimiz.
Biz G‘arb bilan gaplashganda, demokratiya xalqaro munosabatlarda ham ustuvor bo‘lishi kerak deyishimiz bilanoq – ularning ishtiyoqi yo‘qolib qoladi. Ichki demokratik jarayonlar bo‘yicha esa – ular katta o‘qituvchi.
Rossiya va Xitoy xalqaro munosabatlarda ham demokratik prinsiplar ustuvor bo‘lishini, BMT nizomi saqlanib qolishini, hamma bir biri bilan kelishib ish tutishini istaydi.
Aynan shuning uchun ham moliyaviy to‘lovlar uchun ehtiyot chorasi kerak. U bizda yaratilgan va kerak bo‘lganda biz hech kimga qaram bo‘lib qolmaymiz.
- Demak markaziy bankning amaldagi moliyaviy axborot uzatish tizimi – SWIFTning amaldagi muqobili desa bo‘ladimi?
Ha, shunday. Men mutaxassis emasman, uning qanchalik ishonchli ekanidan xabarim yo‘q, lekin baza yaratilgan. Hukumat va MB uning kafolatini, mustaqilligini ta’minlash uchun kerak bo‘lgan hamma ishni bajaradi.
- Siz xitoylik hamkasabangiz Van I bilan sanksiyalardan zarar ko‘rgan davlatlar tashabbusini tashkil qilgan edingiz. Unga qaysi davlatlar kirishi mumkin?
Men boshqacharoq aytgan bo‘lardim. Biz BMT doirasida anchadan buyon bir tomonlama noqonuniy sanksiya, embargo va blokada kiritish amaliyotini bekor qilishga qaratilgan faoliyat olib bormoqdamiz. Ushbu faoliyat bir necha yildan beri olib borilmoqda.
Masalan, biz har yili AQShning Kubaga nisbatan kiritilgan embargosini bekor qilish masalasini ko‘taramiz, 190ta davlat uni ma’qullaydi faqat AQSh va yana qandaydir kichik orol davlat unga qarshi chiqadi.
Bir tomonlama sanksiyalar kiritish amaliyoti keng qo‘llanila boshlaganidan so‘ng, bir guruh davlatlar BMT huzurida ana shunday noqonuniy sanksiyalar haqida xabar beradigan maxsus hisobotchi lavozimi joriy etish uchun ovoz berdi. Ushbu hisobotchi ayol Belarus fuqarosi. Menimcha shuning o‘zi katta qadam.
Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ikkinchi yirik qadam, bu – BMT Nizomini qo‘llab-quvvatlash guruhidir. Bu yerda hech qanday revolyutsion g‘oya yo‘q, lekin G‘arb tomonidan barcha davlatlar kira a’zo bo‘la olmaydigan guruhlar tashkil qilinayotgan bir vaqtda, bu BMT Nizomi himoyasi tomon qo‘yilgan muhim qadam bo‘ladi.
Masalan Jo Bayden yaqinda demokratiya sammitini o‘tkazishni e’lon qildi. Alabatta, uning ishtirokchilarini amerikaliklarning o‘zi tanlab oladi, ya’ni kimni demokratik yoki nodemokratik davlat deyishni ularning o‘zi hal qiladi.
Shuningdek, Fransiya va Germaniya ham multilateralistlar alyansini tashkil qilish haqida e’lon qilishdi. U yerga faqat OAV erkinligi ta’minlangan davlatlar taklif qilinadi. Hozir u yerga 30ga yaqin davlat taklif qilingan.
Vaholanki, buning uchun allaqachon YuNESKO bor, va bundan muammolar o‘sha yerda hal qilinishi kerak.
Bizning tashabbus esa, xalqaro universal huquqni himoya qilish. BMT aynan shu bilan shug‘ullanadi.
Ayirmachilar esa o‘z chaqiriqlari ostiga 50ka yaqin davlatlarni to‘plab olishgan. Ular muammoni o‘zaro muhokama qilib, biror qarorga kelishadi va keyinchalik uni barcha uchun majburiydek e’lon qilishadi. Oqibatda bunday harakatlar bir tomonlama sanksiyalarga qaraganda kuchliroq ta’sir o‘tkazadi.
- Balkim o‘sha uyushmalarga ham qandaydir yo‘l bilna a’zo bo‘lish mumkindir?
Hammasi BMTga a’zolik doirasida amalga oshirilmoqda. Biz hech kimga qarshi faoliyat olib borayotganimiz yo‘q. Osiyo-tinch okeani hududida biz hech nimani o‘zgartirmoqchi emasmiz. U yerda ASEAN tashkiloti bor. Kimda qanday muammo bo‘lsa o‘sha yerda hal qilish mumkin.
G‘arb esa bunga qarshi faoliyat olib bormoqda. Ular Hind-Tinch okeani strategiyasini ishga tushirmoqda. Uning vazifasi Xitoyni cheklab turish, Rossiyani mutlaq izolyatsiya qilish.
BMTda ham ana shunday vaziyat. Ular turli mavzular bo‘yicha har xil guruhlar tashkil qilib, BMTning keng davrasida muhokama qilinishi kerak bo‘lgan mavzularni burchak-burchaklarda o‘zlariga maqbul bo‘lgan doirada muhokama qilib natijasini “xalqaro hamjamiyat xulosasi” deb ko‘rsatishmoqda.
- Sergey Viktorovich, aytishlaricha amerikaliklar Braziliyaga ta’sir o‘tkazib, Rossiya vaksinasidan voz kechishga majbur qilishganini tan olishdi. Mamlakatda vaziyat juda yomon bo‘lsada, Braziliya “Sputnik V”dan foydalanishdan voz kechdi. Siz buni qanday baholaysiz?
Men bundan hayron qoldim. Amerikaliklar ushbu faoliyatni olib borayotganlaridan uyalmaydi ham. Oldingi ma’muriyatda ham Mayk Pompeo butun Afrika davlatlari bo‘ylab, matbuot anjumanlarida ochiq oydin - Rossiya va Xitoy bilan savdo qilmaslikka chaqirgan edi. Uning fikricha Rossiya va Xitoy o‘zlarning egoistik manfaatini ko‘zlaydi AQSh esa faqat Afrika xalqlari manfaati uchun savdo qiladi.
Braziliyada hozir ushbu siyosatga qarshi harakat paydo bo‘ldi. Amerikaliklar o‘z mantiqiga asosan harakat qilmoqda. Ular o‘zlariga hamma narsa mumkinligiga shubha qilishmaydi va omma oldida ham buyuruq berishga uyalmaydi.
Esingizda bo‘lsa, yaqinda Fransiya prezidenti Makron yangi urush bo‘layotganini va uning doirasida Rossiya va Xitoy vaksinadan propaganda quroli siftida foydalanayotganini ma’lum qilgan edi. Hozir bunday qarashlar chekinmoqda. Germaniya Rossiya vaksinasidan foydalanishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biz hech kimni majburlamaymiz. Hayotning o‘zi hamma narsani o‘z joyiga solib qo‘yadi.