Tanzila Norboyeva: korrupsiyaga qo‘l urgan mansabdorlar soni ko‘payib bormoqda

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaPredsedatel Senata Oliy Majlisa Uzbekistana Tanzila Narbayeva
Predsedatel Senata Oliy Majlisa Uzbekistana Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2021
Obuna bo‘lish
Norboyevaga ko‘ra, prokuratura mazkur yo‘nalishdagi ishlarda ta’sirchan va qat’iy choralar qo‘llashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga aniq takliflar kiritishi zarur
TOShKENT, 24 apr - Sputnik. Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida Senat raisi Tanzila Norboyeva parlament uchun birinchi galdagi muhim malasi – bu budjet masalasi ekanini, bu sohada talon-torojliklarga chek qo‘yish kerakligini ta’kidladi.
"O‘tgan yilda 2,5 mingdan ziyod budjet muassasasida 301 milliard so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-taroj qilingan, - dedi Senat raisi. - Narxlarni sun’iy oshirish orqali davlat xaridlarini amalga oshirish holatlari aniqlanganligi tashvishli hol. Korrupsiyaga qo‘l urgan mansabdor shaxslar soni ko‘payib borayotgani (2019 yilda 1 ming 339 nafar, 2020-yilda 1 ming 723 nafar) mazkur illatga qarshi kurashishni yanada kuchaytirishni taqozo etadi", - degan Norboyeva.
Senat raisi O‘zbekiston prezidenti rahbarligida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ham bu boradagi jiddiy kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilganini eslatdi. Ayniqsa, qurilish, tibbiyot, maktabgacha ta’lim sohalarida korrupsiya holatlari ko‘paygani ta’kidlandi.
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.04.2021
Sizningcha, korrupsiyani ildizi bilan quritish uchun nima qilish kerak?
Tahlillarga ko‘ra, qurilish sohasidagi 44 qonun hujjati ekspertizadan o‘tkazilganda, ularning yarmida (23 tasida) 124 ta; sog‘liqni saqlash sohasidagi 70 qonun hujjatining 19 foizida (13 tasida) 41 ta; Ta’lim sohasidagi 96 qonun hujjatining 18 foizida (17 tasida) 81 korrupsiyaviy omillar aniqlangan.
Norboyeva shulardan kelib chiqib, prokuratura mazkur yo‘nalishdagi ishlarda ta’sirchan va qat’iy choralar qo‘llashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga aniq takliflar kiritishi zarurligini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0