O‘zbekiston hukumati ichki bozorlarda o‘simlik yog‘i narxi keskin oshishining oldini oladi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishProizvodstvo rastitelnogo masla
Proizvodstvo rastitelnogo masla  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 24 apr - Sputnik. Senatning o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida “Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi.
Pokupatelnitsa v maske i perchatkax v produktovom magazine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2021
MB o‘zbekistonliklarni ayrim oziq-ovqat narxlari sezilarli o‘sishi ehtimolidan ogohlantirdi
Mamlakat ichki bozorlarida o‘simlik yog‘i narxi keskin oshishining oldini olish maqsadida mazkur Qonun bilan Soliq kodeksiga o‘zgartish kiritilishi nazarda tutilmoqda, deyiladi Huquqiy axborot kanalida e’lon qilingan xabarda.
Unga ko‘ra, 2021-yil 1-maydan 31-dekabrga qadar:
- O‘zbekiston hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek, soya danagini olib kirish;
- o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha mablag‘lar aylanmasi qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinmoqda.
- 2021-yil 1-maydan 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda kungaboqar va paxta urug‘lari, kungaboqar yog‘i va paxta yog‘i mahsulotlariga nisbatan mazkur Qonun bilan eksport boji joriy etilmoqda.
Mazkur Qonunning ma’qullanishi orqali moyli ekinlar ekilishi ustidan ham qat’iy monitoring o‘rnatilishi kutilmoqda.
Ma’qullangan qonun prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0