O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari 640 nafarga yetdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMoskovskiy klinicheskiy sentr infeksionnix bolezney "Voronovskoe"
Moskovskiy klinicheskiy sentr infeksionnix bolezney Voronovskoe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
Obuna bo‘lish
Kecha mamlakatning 12 hududida 326 holatda koronavirus qayd etilgan. Shu bilan birga yana bir bemor qurbon bo‘ldi.
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Kecha O‘zbekistonda yana 326 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 87 551 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Yangi kasallanganlarning 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 2 nafari Andijon viloyatida, 9 nafari Buxoro viloyatida, 6 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Qashqadaryo viloyatida, 1 nafari Navoiy viloyatida, 4 nafari Namangan viloyatida, 15 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafari Sirdaryo viloyatida, 3 nafari Farg‘ona viloyatida, 75 nafari Toshkent viloyatida, 202 nafari Toshkent shahrida fuqarolar orasida aniqlangan.
Vaksina Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.04.2021
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 450 ming nafardan oshdi
Kasallikdan jami 84 717 (+184) kishi sog‘ayib ketgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, kecha yana 1 nafar bemor vafot etib, pandemiya qurbonlari soni 640 nafarga yetgan.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2194 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Yangiliklar lentasi
0