https://oz.sputniknews.uz/20210413/maqsad-moskvani-jazolash-rossiya-swiftdan-uzilsa-nima-boladi-18310438.html
Maqsad Moskvani jazolash: Rossiya SWIFTdan uzilsa nima bo‘ladi?
Maqsad Moskvani jazolash: Rossiya SWIFTdan uzilsa nima bo‘ladi?
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Rossiyani global banklararo aloqa tizimi - SWIFTdan uzish bilan bu safar nafaqat AQSh balkim Yevropa ham po‘pisa qilmoqda. Bu safar
2021-04-13T17:32+0500
2021-04-13T17:32+0500
2021-04-13T17:32+0500
kolumnistlar
iqtisod
tahlil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/161/38/1613856_0:0:3076:1731_1920x0_80_0_0_29f8f6ccd1c7740633c03dc619eb4fde.jpg
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Rossiyani global banklararo aloqa tizimi - SWIFTdan uzish bilan bu safar nafaqat AQSh balkim Yevropa ham po‘pisa qilmoqda. Bu safar Yevroparlamentda ana shunday chorani qo‘llashga chaqirishdi. Ushbu tahdid nimasi bilan xavfli va Rossiya moliya tizimi bunga tayyormi?Yana o‘sha eski po‘pisalar Xalqaro banklararo axborot almashuv tizimi SWIFTga 11 mingdan ortiq tashkilotlar ulangan. Rossiya SWIFT foydalanuvchilari orasida eng yirik uchlikka kiradi. 2014-yildan buyon Rossiyaga SWIFT tizimidan uzib qo‘yish bilan po‘pisa qilishmoqda. Sabablar turlicha – ular orasida Qrim ham Donbass ham, Skripallar ishi ham bloger Aleksey Navalniy ham bor. AQSh yangi prezidenti Jo Bayden ham kursiga o‘tirishi bilanoq, Rossiyani SWIFTdan o‘chirishni va’da berdi. O‘tgan yilning dekabr oyida Reuters, Bayden jamoasidagi manbaaga tayangan holda, demokrat prezidiyent Moskvani AQSh prezidenti saylovlarga “aralashishda” ayblab, jazolash niyati borligini ma’lum qilgan edi. Bu Rossiya uchun jiddiy iqtisodiy, moliyaviy va texnologik yo‘qotishlarga olib kelishi kerak, deyilgan edi xabarda. Jozo choralaridan biri Rossiyani SWIFTdan o‘chirish bo‘lishi mumkin degan edi o‘shanda Jeyms Endryu Lyuis, Vashingtondagi Strategik va xalqaro izlarishlar Markazining kiberxavfsizlik bo‘yicha eksperti. Aprel oyida Ukraina sharqida vaziyat keskinlashdi. Ushbu mavzu darhol Yevropada muhokamaga ko‘tarildi. Yevroparlamentdagi yetakchi partiyalardan biri bo‘lgan – Yevropa xalq partiyasi fraksiyasi rahbari Manfred Veber aytishiga ko‘ra Moskva "xavfli provokatsiyalar qilishda davom etmoqda"Uning fikriga ko‘ra, Ukraina bilan chegara yaqinida o‘z harbiylari sonini oshirish bilan Moskva G‘arbning toqatini toq qilmoqda. Shu sababli ham AQSh va YeI bunga muvofiq javob qaytarishi kerak. Yevrodeputat aytishiga qaraganda, vaziyat keskinlashganda “kichik o‘lchamli sanksiyalar kiritish” davri tugaydi. Real kuchli chora sifatida Veber “oligarxlar hisob raqamlarini yoppasiga muzlatib qo‘yishni” va SWIFTda uzib qo‘yishni taklif qildi.Muammolar bo‘ladi Bir tomondan Rossiyada o‘z moliyaviy axborot uzatish tizimi bor (SPFS). U 2014-yilda ishga tushirilgan. Barcha Rossiya banklari va YeOII davlatlari jami o‘nga yaqin xorijiy mamlakatlar unga ulangan. Rossiya banklari SWIFTdan uzilgan taqdirda muqobil tizimga o‘tib ishlashda davom etishlari mumkin. Lekin xalqaro to‘lovlar uchun SPFS — hozircha tayyor emas. Shuning uchun ham zarba sezilarli bo‘ladi. Ekspertlar ko‘rsatishiga qaraganda, dollar va yevroda amalga oshirilayotgan eksport va import operatsiyalari hajmi – sezilarli darajada. Ko‘p tovarlar bo‘yicha muqobilini topish murakkab. “SWIFTdan o‘chirish Rossiya banklari transaksiyalarini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Eng ko‘p zarar ko‘radiganlar – yirik eksportchilar bo‘ladi. O‘z operatsiyalarini amalga oshirish uchun ular faqat xorijiy banklar xizmatlaridan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Bir necha o‘rtakash banklar paydo bo‘lishi ham mumkin. Bundan YeOII moliya institutlari yutib chiqadi”, - deydi Beta moliya texnologiyalari bosh strategi Ararat MkrtchanHammasini hal qilsa bo‘ladiLekin, unchalik katta falokat sodir bo‘lmaydi. “Umuman Rossiya banklarini SWIFTdan uzish, kontragentlar orasida bu moliya transaksiyalarining qimmatlashuvi va sekinlashuvini anglatadi xolos. An’anaviy aloqa zanjirlari uziladi, ularni tiklash uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi xolos. Bir ikki hafta ichida buni amalga oshirsa bo‘ladi”, - deydi QBF bosh tahlilchisi Oleg Bogdanov. Lekin Rossiya rezidentlarining dollardagi hisob raqamlari muzlatib qo‘yilsa, undan bozorlarda sarosima yuz berishi mumkin. Ularni tinchlantirish uchun 1-2 kvartal vaqt kerak bo‘ladi. Lekin oxir oqibat moliyaviy aloqalalar baribir tiklanadi. Valyuta kurslarining keskin tebranishi ham sodir bo‘lishi aniq. Lekin biroz tushib-chiqishdan so‘ng rubl kursi ham o‘z normasiga qaytadi. O‘zlariga qimmatg tushadi Lekin Rossiyani SWIFTdan uzishning boshqacha oqibatlari ham bor. Shuning uchun ham vaziyat po‘pisadan nariga o‘tmaydi degan fikrlar paydo bo‘lmoqda. Birinchidan, SWIFT — bu Rossiya banklaridan daromad olayotgan xususuiy kompaniya. Rossiya banklari SWIFTdan nafaqat xorijiy pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda, balkim ichki banklararo o‘tkazmalarda ham foydalanishadi. SWIFTdan birovni uzish uchun AQSh yoki YeIning SWIFTga qarshi sanksiyasi kerk. Lekin shunday bo‘lgan taqdirda ham, oxir-oqibat ularning o‘zlariga qaytadi.ROssiyaning asosiy xorijiy hamkorlari Yevropa va Amerika kompaniyalaridir. “Rossiya hukumati va kompaniyalar o‘z moliyaviy majburiyatlarini bajara olmay qolsa, ushbu vaziyat fors-major bo‘lishi mumkin. Rossiya tashqi qarzi miqdori 450 milliard dollarni tashkil qiladi. Demak Rossiya kreditorlarida muammo paydo bo‘lishi mumkin. Undan tashqari asosiy savdo hamkorlari bilan operatsiyalarni amalga oshirishda muammolar tug‘ilishi mumkin. Ular orasida eng yirigi – Yevropa Ittifoqi. Yevroparlamentdagi chaqiriqlar – bu oddiy populizm xolos” – deydi "Otkritie Broker” kompaniyasi tahlilchisi Andrey Kochetkov.SWIFT to‘xtatilsa AQSh uchun ham yaxshi bo‘lmaydi. Birinchidan Vashington, shtab-kvartirasi Belgiyada bo‘lgan SWIFTga faqat nazariy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ikkinchidan, Rossiya ham Amerika banklari va siyosatchilariga qarshi qattiq sanksilar kiritishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20210405/18148176.html
https://oz.sputniknews.uz/20210405/yangi-prognoz-jahon-banki-rossiya-ozini-tez-onglashini-bashorat-qildi-18158344.html
https://oz.sputniknews.uz/20210324/ash-davlat-qarzi-iqtisod-hazhmidan-oshib-ketdi--17937169.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/161/38/1613856_332:0:3063:2048_1920x0_80_0_0_61d220836c7ef748ed2aa57912b5e31b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
kolumnistlar, iqtisod, tahlil
kolumnistlar, iqtisod, tahlil
Maqsad Moskvani jazolash: Rossiya SWIFTdan uzilsa nima bo‘ladi?
Rossiya SWIFTdan uzilsa, birinchi navbatda uning AQSh va Yevropalik kreditorlariga qiyin bo‘ladi. Rossiya davlat qarzini qaytarishda muammolar paydo bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Rossiyani global banklararo aloqa tizimi - SWIFTdan uzish bilan bu safar nafaqat AQSh balkim Yevropa ham po‘pisa qilmoqda. Bu safar Yevroparlamentda ana shunday chorani qo‘llashga chaqirishdi. Ushbu tahdid nimasi bilan xavfli va Rossiya moliya tizimi bunga tayyormi?
Yana o‘sha eski po‘pisalar
Xalqaro banklararo axborot almashuv tizimi SWIFTga 11 mingdan ortiq tashkilotlar ulangan. Rossiya SWIFT foydalanuvchilari orasida eng yirik uchlikka kiradi. 2014-yildan buyon Rossiyaga SWIFT tizimidan uzib qo‘yish bilan po‘pisa qilishmoqda. Sabablar turlicha – ular orasida Qrim ham Donbass ham, Skripallar ishi ham bloger Aleksey Navalniy ham bor. AQSh yangi prezidenti Jo Bayden ham kursiga o‘tirishi bilanoq, Rossiyani SWIFTdan o‘chirishni va’da berdi.
O‘tgan yilning dekabr oyida Reuters, Bayden jamoasidagi manbaaga tayangan holda, demokrat prezidiyent Moskvani AQSh prezidenti saylovlarga “aralashishda” ayblab, jazolash niyati borligini ma’lum qilgan edi. Bu Rossiya uchun jiddiy iqtisodiy, moliyaviy va texnologik yo‘qotishlarga olib kelishi kerak, deyilgan edi xabarda. Jozo choralaridan biri Rossiyani SWIFTdan o‘chirish bo‘lishi mumkin degan edi o‘shanda Jeyms Endryu Lyuis, Vashingtondagi Strategik va xalqaro izlarishlar Markazining kiberxavfsizlik bo‘yicha eksperti.
Aprel oyida Ukraina sharqida vaziyat keskinlashdi. Ushbu mavzu darhol Yevropada muhokamaga ko‘tarildi. Yevroparlamentdagi yetakchi partiyalardan biri bo‘lgan – Yevropa xalq partiyasi fraksiyasi rahbari Manfred Veber aytishiga ko‘ra Moskva "xavfli provokatsiyalar qilishda davom etmoqda"
Uning fikriga ko‘ra, Ukraina bilan chegara yaqinida o‘z harbiylari sonini oshirish bilan Moskva G‘arbning toqatini toq qilmoqda. Shu sababli ham AQSh va YeI bunga muvofiq javob qaytarishi kerak. Yevrodeputat aytishiga qaraganda, vaziyat keskinlashganda “kichik o‘lchamli sanksiyalar kiritish” davri tugaydi. Real kuchli chora sifatida Veber “oligarxlar hisob raqamlarini yoppasiga muzlatib qo‘yishni” va SWIFTda uzib qo‘yishni taklif qildi.
Bir tomondan Rossiyada o‘z moliyaviy axborot uzatish tizimi bor (SPFS). U 2014-yilda ishga tushirilgan. Barcha Rossiya banklari va YeOII davlatlari jami o‘nga yaqin xorijiy mamlakatlar unga ulangan. Rossiya banklari SWIFTdan uzilgan taqdirda muqobil tizimga o‘tib ishlashda davom etishlari mumkin. Lekin xalqaro to‘lovlar uchun SPFS — hozircha tayyor emas. Shuning uchun ham zarba sezilarli bo‘ladi.
Ekspertlar ko‘rsatishiga qaraganda, dollar va yevroda amalga oshirilayotgan eksport va import operatsiyalari hajmi – sezilarli darajada. Ko‘p tovarlar bo‘yicha muqobilini topish murakkab.
“SWIFTdan o‘chirish Rossiya banklari transaksiyalarini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Eng ko‘p zarar ko‘radiganlar – yirik eksportchilar bo‘ladi. O‘z operatsiyalarini amalga oshirish uchun ular faqat xorijiy banklar xizmatlaridan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Bir necha o‘rtakash banklar paydo bo‘lishi ham mumkin. Bundan YeOII moliya institutlari yutib chiqadi”, - deydi Beta moliya texnologiyalari bosh strategi Ararat Mkrtchan
Hammasini hal qilsa bo‘ladi
Lekin, unchalik katta falokat sodir bo‘lmaydi.
“Umuman Rossiya banklarini SWIFTdan uzish, kontragentlar orasida bu moliya transaksiyalarining qimmatlashuvi va sekinlashuvini anglatadi xolos. An’anaviy aloqa zanjirlari uziladi, ularni tiklash uchun biroz vaqt kerak bo‘ladi xolos. Bir ikki hafta ichida buni amalga oshirsa bo‘ladi”, - deydi QBF bosh tahlilchisi Oleg Bogdanov.
Lekin Rossiya rezidentlarining dollardagi hisob raqamlari muzlatib qo‘yilsa, undan bozorlarda sarosima yuz berishi mumkin. Ularni tinchlantirish uchun 1-2 kvartal vaqt kerak bo‘ladi. Lekin oxir oqibat moliyaviy aloqalalar baribir tiklanadi.
Valyuta kurslarining keskin tebranishi ham sodir bo‘lishi aniq. Lekin biroz tushib-chiqishdan so‘ng rubl kursi ham o‘z normasiga qaytadi.
O‘zlariga qimmatg tushadi
Lekin Rossiyani SWIFTdan uzishning boshqacha oqibatlari ham bor. Shuning uchun ham vaziyat po‘pisadan nariga o‘tmaydi degan fikrlar paydo bo‘lmoqda. Birinchidan, SWIFT — bu Rossiya banklaridan daromad olayotgan xususuiy kompaniya. Rossiya banklari SWIFTdan nafaqat xorijiy pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda, balkim ichki banklararo o‘tkazmalarda ham foydalanishadi.
SWIFTdan birovni uzish uchun AQSh yoki YeIning SWIFTga qarshi sanksiyasi kerk. Lekin shunday bo‘lgan taqdirda ham, oxir-oqibat ularning o‘zlariga qaytadi.ROssiyaning asosiy xorijiy hamkorlari Yevropa va Amerika kompaniyalaridir.
“Rossiya hukumati va kompaniyalar o‘z moliyaviy majburiyatlarini bajara olmay qolsa, ushbu vaziyat fors-major bo‘lishi mumkin. Rossiya tashqi qarzi miqdori 450 milliard dollarni tashkil qiladi. Demak Rossiya kreditorlarida muammo paydo bo‘lishi mumkin. Undan tashqari asosiy savdo hamkorlari bilan operatsiyalarni amalga oshirishda muammolar tug‘ilishi mumkin. Ular orasida eng yirigi – Yevropa Ittifoqi. Yevroparlamentdagi chaqiriqlar – bu oddiy populizm xolos” – deydi "Otkritie Broker” kompaniyasi tahlilchisi Andrey Kochetkov.
SWIFT to‘xtatilsa AQSh uchun ham yaxshi bo‘lmaydi. Birinchidan Vashington, shtab-kvartirasi Belgiyada bo‘lgan SWIFTga faqat nazariy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Ikkinchidan, Rossiya ham Amerika banklari va siyosatchilariga qarshi qattiq sanksilar kiritishi mumkin.