https://oz.sputniknews.uz/20210412/rossiya-ozbekiston-kosmos-18291699.html
Rossiya-O‘zbekiston: kosmosda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitim tayyor
Rossiya-O‘zbekiston: kosmosda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitim tayyor
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston hukumati tinchlik maqsadlarida kosmik sohada hamkorlik qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim matnini ma’qulladi 12.04.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-04-12T19:14+0500
2021-04-12T19:14+0500
2021-04-12T19:14+0500
jamiyat
o‘zbekiston
kosmos
quyosh, oy, kosmos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0c/18289407_0:256:2731:1792_1920x0_80_0_0_cf0e76f7c7230386859593ac7942f252.jpg
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston hukumati tinchlik maqsadlarida kosmik sohada hamkorlik qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim matnini ma’qulladi. Bu haqda Rossiyaning respublikadagi elchisi Oleg Malginov ma’lum qildi.RIA Novosti Rossiya diplomatik vakolatxonasi matbuot xizmatiga asoslanib Oleg Malginov dushanba kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.Shundan so‘ng, Rossiya Federatsiyasining yangi elchisi Toshkentdagi birinchi kosmonavt Yuriy Gagarin haykali poyiga gul qo‘yish marosimida qatnashdi - bugun dunyoda aviatsiya va kosmonavtika kuni nishonlanmoqda.U bitim O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yilda Rossiyaga bo‘lajak tashrifi davomida imzolanishi mumkinligiga umid bildirdi.Malginov tomonlar O‘zbekistonning Jizzax viloyatida "Suffa" radioastronomiya rasadxonasini qurish loyihasi ustida ishlashni davom ettirayotganini aytdi."U ilg‘or ilmiy izlanishlarga imkon beradigan eng katta radio teleskop bilan jihozlanish rejalashtirilgan", - deb qo‘shimcha qildi elchi.1995 yilda ikki mamlakat hukumatlari Toshkentdan 250 kilometr uzoqlikda joylashgan Suffa platosida xalqaro radioastronomiya rasadxonasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzoladilar. Rasadxonaning asosiy qismi - ko‘zgu diametri 70 metr bo‘lgan noyob radio teleskopni 2009-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan edi. Biroq, rasadxona oxirigacha qurib bitkazilmagan, bunga moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘ldi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0c/18289407_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_0a25d8093625e0c8ec3ed6a17cb90986.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, kosmos, quyosh, oy, kosmos
jamiyat, o‘zbekiston, kosmos, quyosh, oy, kosmos
Rossiya-O‘zbekiston: kosmosda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitim tayyor
Rossiya va O‘zbekiston hukumati tinchlik maqsadlarida kosmik sohada hamkorlik qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim matnini ma’qulladi
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston hukumati tinchlik maqsadlarida kosmik sohada hamkorlik qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim matnini ma’qulladi. Bu haqda Rossiyaning respublikadagi elchisi Oleg Malginov ma’lum qildi.
RIA Novosti Rossiya diplomatik vakolatxonasi matbuot xizmatiga asoslanib Oleg Malginov dushanba kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
Shundan so‘ng, Rossiya Federatsiyasining yangi elchisi Toshkentdagi birinchi kosmonavt Yuriy Gagarin haykali poyiga gul qo‘yish marosimida qatnashdi - bugun dunyoda aviatsiya va kosmonavtika kuni nishonlanmoqda.
"Yaqinda tomonlar tinchlik maqsadlarida kosmik fazoni o‘rganish va foydalanish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitimning matnini ma’qulladilar", - dedi Malginov.
U bitim O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy yilda Rossiyaga bo‘lajak tashrifi davomida imzolanishi mumkinligiga umid bildirdi.
Malginov tomonlar O‘zbekistonning Jizzax viloyatida "Suffa" radioastronomiya rasadxonasini qurish loyihasi ustida ishlashni davom ettirayotganini aytdi.
"U ilg‘or ilmiy izlanishlarga imkon beradigan eng katta radio teleskop bilan jihozlanish rejalashtirilgan", - deb qo‘shimcha qildi elchi.
1995 yilda ikki mamlakat hukumatlari Toshkentdan 250 kilometr uzoqlikda joylashgan Suffa platosida xalqaro radioastronomiya rasadxonasini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzoladilar. Rasadxonaning asosiy qismi - ko‘zgu diametri 70 metr bo‘lgan noyob radio teleskopni 2009-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan edi. Biroq, rasadxona oxirigacha qurib bitkazilmagan, bunga moliyalashtirish bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘ldi.