Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi kutilmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev na trape samolyota
Shavkat Mirziyoyev na trape samolyota - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2021
Obuna bo‘lish
Prezident matbuot kotibi- Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi kutilayotganini ma’lum qildi
TOShKENT, 9 apr - Sputnik. 5-aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan, unda hamkorlikning muhim masalalari haqida fikr almashilgan, dedi bugun bo‘lib o‘tgan brifing davomida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Press-sekretar  prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
Tez-tez uchrashamiz: Mirziyoyevning matbuot kotibi OAV bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda
Ayni vaqtda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov brifing o‘tkazmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 13-14 aprel kunlari O‘zbekistonga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Lindening tashrif buyurishi va Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, kelayotgan haftada Mirziyoyevning Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan videomuloqoti mo‘ljallangan.
️"O‘zbekiston Prezidentining Rossiya Federatsiyasi va Koreya Respublikasiga tashrifi rejalashtirilmoqda. 5-aprel kuni Prezidentimiz RF sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiya hamda 6-aprel kuni Koreya parlamentining Milliy Assambleya Spikeri Pak Bon Sok boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan, unda hamkorlikning muhim masalalari haqida fikr almashilgan. Har ikki mamlakatga Shavkat Mirziyoyevning tashrifi rejalashtirilmoqda", - degan Asadov.
Yangiliklar lentasi
0