O‘zbekiston Markaziy Osiyoning investitsion xabiga aylanishi mumkin – Promsvazbank

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAleksey Tupanov, rukovoditel bloka mejdunarodnogo biznesa PSB
Aleksey Tupanov, rukovoditel bloka mejdunarodnogo biznesa PSB - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik banklar Yevropa, Xitoy, Koreyadan ham moliyalash bo‘yicha takliflar olayotgani - bu yerda bank bank sohasi rivojlanib, raqobat oshayotganini ko‘rsatadi.
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan "Innoprom" xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Rossiyaning PSB (Promsvazbank)ining xalqaro biznesi rahbari Aleksey Tupanov bankning O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish rejalari haqida so‘zlab berdi.
— Bugungi kunda O‘zbekiston va PSB hamkorligi natijalari qanday?
— Ayni damda biz O‘zbekistonda 500 mln dolarlik loyihalarni moliyalashtirdik va bu ko‘rsatgichni 1 milliardga dollarga yetkazmoqchimiz, lekin bu bizning mijozlarimiz – O‘zbekiston bozoriga chiqayotgan Rossiya kompaniyalariga bog‘liq.Ularning talablari va investitsion loyihalariga. Biz kelajakda bu miqdorni yana ham oshirishga tayyormiz.
— O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan eng yirik loyihalar haqida aytib bera olasizmi?
— Bugungi kunda O‘zbekistonda bank sektori aktivlarining 85% - davlat ulushidir. Ular bilan ishlash juda qulay. Biz O‘zbekiston bozorida hamkorlikni dastlab bank sektoridan boshlagan edik. Keyingi bosqichda – korporativ sektorni moliyalashtirishga o‘tdik. Birinchi navbatda bu - NGMK va AGMK. Bu O‘zbekistonning eng yirik ikki kompaniyasi bo‘lib ular soliqlarning deyarli 70%ini ta’minlaydi.
Valyuta bozori erkinlashtirilganidan so‘ng O‘zbekiston Rossiya banklari uchun jozibador bo‘ldi va bu yerga jiddiy investitsiyalar oqib kela boshladi. Makroiqtisodiy ko‘rsatgichlari bo‘yicha Respublika - qiziq bozor.
Biz kelajakda banklar va korporatsiyalar bilan hamkorlikni rivojlantirmoqchimiz. Birinchi navbatda neft va gaz sohasida.
—PSB "Innoprm"ga qanday taklif va g‘oyalar bilan kelgan?
— Biz qator vazirlik va muassasalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdik va ularning yakunlari bo‘yicha takliflarimiz bor.
Birinchidan – banklar bilan alohida yirik investitsion loyihalar borasida hamkorlik borasida qator takliflarimiz bor.
Biz O‘zbekiston kompaniyalarining xalqaro qarz bozoriga chiqishidan manfaatdormiz.
Undan tashqari neft a gaz sohasida qator qiziq loyihalar bor. Biz ularning tashabbuskori emasmiz, lekin ishtirokchichisimiz. Afsuski hozircha ular haqida batafsil ma’lumotlarni ochiqlay olmayman.
— O‘zbekistonda keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan infratuzilmaviy loyihalar borasida qator ishlar qilinmoqda. PSB uchun bu soha qizqiqmi?
— Albatta bu soha juda qiziq. Bu borada birinchi loyiha Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi bo‘ldi. Bu davlat ko‘magida qurilgan xususiy loyihadir. Oltin yo’l GTL ulkan zavodi ham shular jumlasidan. Undan tashqari M25 gaz koniga va Olmaliq TKMga doir loyiha ham bor.
Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonga kelayotgani yirik investitsion loyihalar juda ko‘p va ularning barchasi qo‘shilgan qiymatni oshirishga qaratilgan. Ushbu loyihalarda nafaqat Rossiya banklari balkim xalqaro banklar ham ishtirok etayotgani bu ham ko‘rsatgich.
Sakkiz yil oldin loyihalarda biri bo‘yicha "Innoprom" ko‘rgazmasiga kelganimda O‘zbekiston bozori atrofidagi bunchalik shov-shuv bo‘lishini kutmagan edim.
— O‘zbekiston bilan banklararo aloqalan qanday rivojlanmoqda? Asosiy e’tibor nimaga qaratilmoqda?
— O‘zbekistonlik do‘stlarimiz va hamkasabalarimiz bilan uchrashganda biz ular Yevropa, Xitoy, Koreya banklaridan ham moliyalash bo‘yicha takliflar olayotganini ko‘rdik. Bank bank sohasi rivojlanib, raqobat oshayotganini ko‘rsatadi.
Boshqa davlatlar moliya muassaslari bilan biz 1-2 yillik kreditlash masalalarini muhokama qilmoqdamiz. Ularning ayrimlari bilan O‘zbekiston banklari orqali moliyalash masalasida muzokaralar olib bormoqdamiz. Bunday loyihalar qishloq xo‘jaligida va metallurgiya sohasida ham bor. O‘zbekistonlik hamkorlar bilan biz asosian uzoq muddatli loyihalarni muhokama qilmoqdamiz.
— Markaziy osiyoda hamkorlik qilish istiqbollari umuman qanday?
— Markaziy Osiyo hududida PSB O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan ishlaydi. O‘zbekiston, kelajakda Tojikiston, Qirg‘iziston va Afg‘onistonga investitsiyalar olib kirish bo‘yicha qulay maydoncha yoki o‘ziga xos xab bo‘lishi mumkin. Shu sababli biz O‘zbekistonni qo‘shni davlatlarga kirish nuqtasi sifatida ham ko‘rib chiqmoqdamiz.
Yangiliklar lentasi
0