Yanada ko‘proq kon zahiralari: Rossiyaning “Giprosvetmet” markazi endi Olmaliqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOtkritie nauchno-obrazovatelnogo i proyektnogo sentra AO "Giprosvetmet" i OAO "Viogem"
Otkritie nauchno-obrazovatelnogo
i proyektnogo sentra AO Giprosvetmet i OAO Viogem
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2021
Obuna bo‘lish
Olmaliq shahridagi "MISiS" filialida “Giprosvetmet” AJning ilmiy-o‘quv va loyihalashtirish markazi ochildi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Bugun Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq shahridagi filialida Rossiyaning “Giprosvetmet” AJ ilmiy-o‘quv va loyihalashtirish markazining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOtkritie nauchno-obrazovatelnogo i proyektnogo sentra AO "Giprosvetmet" i OAO "Viogem"
Otkritie nauchno-obrazovatelnogo
i proyektnogo sentra AO Giprosvetmet i OAO Viogem
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2021
Otkritie nauchno-obrazovatelnogo i proyektnogo sentra AO "Giprosvetmet" i OAO "Viogem"
Tadbirda rossiyaning yetakchi konchilik injiniringi va raqamli geologiya sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalari, O‘zbekiston kon-metallurgiya sohasidagi korxonalarining yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.
“GIS GEOMIKS” raqamli dasturiga ixtisoslashtirilgan maxsus o‘quv-trening xonalarining ochilishi, “GIS GEOMIKS” dasturining prezentatsiyasi va Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq shahridagi filialining direktor o‘rinbosari S.R. Xudoyarov va “VIOGEM” OAJ ning bosh direktori S.S. Seriylar ishtirokida matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi.
Logotip Innoprom  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2021
O‘zbekiston “Innoprom”dan nimalarni kutmoqda
Markazning oldiga qo‘yayotgan asosiy maqsadlaridan biri bu O‘zbekiston Respublikasining raqamli iqtisodiyotga o‘tishida raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish va konchilik sohasida raqamli texnologiyalarni keng tadbiq qilishni nazarda tutadi.
Markazda professor-o‘qituvchilar va talabalar “GIS GEOMIKS” dasturida ishlash bo‘yicha ko‘nikmalar olishadi, hamda kelgusida kon-metallurgiya, geologiya sohasidagi kadrlarni bu dastur bilan ishlashga o‘rgatishadi.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOtkritie nauchno-obrazovatelnogo i proyektnogo sentra AO "Giprosvetmet" i OAO "Viogem"
Otkritie nauchno-obrazovatelnogo
i proyektnogo sentra AO Giprosvetmet i OAO Viogem
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2021
Otkritie nauchno-obrazovatelnogo i proyektnogo sentra AO "Giprosvetmet" i OAO "Viogem"
“GIS GEOMIKS” dasturi hozirgi kunda raqamli geologiya yo‘nalishidagi eng oxirgi dastur bo‘lib, respublikaning kon zahiralari, istiqbolli zahiralar bo‘yicha ma’lumotlar tezkor ravishda qayta ishlanib zahiralar maydoni va karyerlarning 3D modellarini yaratadi. Natijada konchilik ishlarini rejalashtirishda katta samaradorlikka erishish imkoniyati yaratiladi va ishlab chiqarish sur’atlari bir necha baravariga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0