So‘xliklarga Vatan biroz yaqinroq bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Vatan biroz yaqinroq bo‘ldi - So‘x anklaviga uzoq kutilgan yo‘l ochildi. Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.
Bugun “So‘x” anklavida katta bayram - Farg‘ona viloyatining Rishton tumanigacha yaqin yo‘l ochilmoqda.
Ushbu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanalarda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov va Qirg‘iziston prezidentining Batken viloyatidagi maxsus vakili Omurbek Suvanaliyev ishtirok etmoqda.
Endi So‘x aholisi O‘zbekistongacha 80km o‘rniga 19 km yuradi. Yangi chegara nazorat punkti orqali hozircha faqat yengil avtomobillar, mikroavtobuslar va sig‘imi 20 kishigacha bo‘lgan avtobuslar o‘tkazilmoqda.
O‘zbekistonning ushbu anklaviga qisqa yo‘l ikki davlat prezidentlari - Shavkat Mirziyoyev i Sadir Japarov erishgan kelishuv tufayli ochildi.
Mart oxirida O‘zbekiston va Qirg‘iziston barcha o‘zaro hududiy tortishuvlarni hal qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0