https://oz.sputniknews.uz/20210401/yirik-davlat-aktivlari-savdoga-chiqarildi--18074648.html
Yirik davlat aktivlari savdoga chiqarildi
Yirik davlat aktivlari savdoga chiqarildi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan bir necha yirik davlat obyektlarisavdoga chiqarildi, deb xabar qilmoqda Davlat aktivlarini
2021-04-01T11:24+0500
2021-04-01T11:24+0500
2021-04-01T11:24+0500
iqtisod
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/969/69/9696957_76:761:2362:2047_1920x0_80_0_0_ee0fb4c9c1c7c4a95392365cf9218250.jpg
TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan bir necha yirik davlat obyektlarisavdoga chiqarildi, deb xabar qilmoqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi. Quyidagi obyektlar savdoga chiqarilgan:Xabarda aytilishiga ko‘ra, davlat aktivlarini sotish yangicha, zamonaviy usullar orqali amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan saralanadi Ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 11-fevralida O‘zbekiston prezidentining “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi. Uning maqsadi - tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishdir.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/969/69/9696957_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_09266123825237f5229509d7f89352ee.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, savdo
Yirik davlat aktivlari savdoga chiqarildi
Toshkentda davlat mulki bo‘lgan bir necha yirik majmualar va dam olish maskanlari savdoga chiqarildi.
TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan bir necha yirik davlat obyektlarisavdoga chiqarildi, deb
xabar qilmoqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
Quyidagi obyektlar savdoga chiqarilgan:
“Poytaxt biznes majmuasi” MChJ mulkiy majmuasi;
“Ichan qal’a” mehmonxona majmuasi;
“Beldirsoy oromgohi” dam olish maskani;
“Sijjak” dam olish maskani;
“Qizil suv sport sog‘lomlashtirish” MChJ;
“Malika” savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi;
“Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi binosi”;
“Ma’muriy bino” (Sobiq Respublika birja markazi)
Xabarda aytilishiga ko‘ra, davlat aktivlarini sotish yangicha, zamonaviy usullar orqali amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan saralanadi
Ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 11-fevralida O‘zbekiston prezidentining “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi. Uning maqsadi - tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishdir.