https://oz.sputniknews.uz/20210330/emlash-birinchi-bolib-qaysi-hududlarda-boshlanadi-18040521.html
Emlash birinchi bo‘lib qaysi hududlarda boshlanadi
Emlash birinchi bo‘lib qaysi hududlarda boshlanadi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash 1-apreldan boshlanadi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi
2021-03-30T16:49+0500
2021-03-30T16:49+0500
2021-04-04T10:48+0500
jamiyat
emlash
nurmat otabekov
covid-19 umumjahon pandemiyasi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1e/18037735_0:197:2943:1852_1920x0_80_0_0_88598fff693a1d186457d4d5e4d66e44.jpg
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash 1-apreldan boshlanadi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov emlash ishlari birinchi bo‘lib qaysi hududlarda boshlanishiga aniqlik kiritdi.Mamlakatga COVAX dasturi orqali 660 ming doza “AstraZeneca” vaksinasi olib kelingan. Bundan tashqari, 27-mart kuni 1 million dozada ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi keltirildi. Aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash ikkala turdagi vaksina bilan bir paytning o‘zida boshlanadi.Otabekovning so‘zlariga qaraganda, aprel oyida birinchi galda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri va boshqa katta shaharlarda ommaviy emlash o‘tkaziladi. May oyida tuman markazlari va kichik shaharlar aholisi emlanadi. Iyun oyida esa boshqa hududlar ommaviy emlash bilan qamrab olinadi.“Mabodo may-iyun oylarida emlanishi rejalashtirilgan xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamida koronavirusga qarshi ertaroq emlanishga hohish paydo bo‘lsa, u holda ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri va boshqa katta shaharlarda joylashgan emlash punktlariga murojaat qilishlari va belgilangan kunda kelib emlanishlari mumkin bo‘ladi”, - deya xulosa qildi Otabekov.
https://oz.sputniknews.uz/20210329/birinchi-galda-kimlar-emlanadi-18013362.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/1e/18037735_105:0:2836:2048_1920x0_80_0_0_278a624133bd230fd0d0e8b191bfff94.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, emlash, nurmat otabekov, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
jamiyat, emlash, nurmat otabekov, covid-19 umumjahon pandemiyasi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), o‘zbekistonda aholini covid-19ga qarshi emlash
Emlash birinchi bo‘lib qaysi hududlarda boshlanadi
16:49 30.03.2021 (yangilandi: 10:48 04.04.2021) Aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash “AstraZeneca” va ZF-UZ-VAC2001 vaksinalari bilan bir paytning o‘zida boshlanadi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash 1-apreldan
boshlanadi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov emlash ishlari birinchi bo‘lib qaysi hududlarda boshlanishiga
aniqlik kiritdi. Mamlakatga COVAX dasturi orqali 660 ming doza “AstraZeneca” vaksinasi olib kelingan. Bundan tashqari, 27-mart kuni 1 million dozada ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi
keltirildi. Aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash ikkala turdagi vaksina bilan bir paytning o‘zida boshlanadi.
Otabekovning so‘zlariga qaraganda, aprel oyida birinchi galda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri va boshqa katta shaharlarda ommaviy emlash o‘tkaziladi. May oyida tuman markazlari va kichik shaharlar aholisi emlanadi. Iyun oyida esa boshqa hududlar ommaviy emlash bilan qamrab olinadi.
“Mabodo may-iyun oylarida emlanishi rejalashtirilgan xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamida koronavirusga qarshi ertaroq emlanishga hohish paydo bo‘lsa, u holda ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri va boshqa katta shaharlarda joylashgan emlash punktlariga murojaat qilishlari va belgilangan kunda kelib emlanishlari mumkin bo‘ladi”, - deya xulosa qildi Otabekov.