https://oz.sputniknews.uz/20210328/ozbekiston-tashqi-qarzi-34-milliard-dollarga-yaqinlashmoqda--17998473.html
O‘zbekiston tashqi qarzi 34 milliard dollarga yaqinlashmoqda
O‘zbekiston tashqi qarzi 34 milliard dollarga yaqinlashmoqda
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekiston tashqi qarzi 2020-yil yakunlariga ko‘ra 33,8 milliard dollarni tashkil qildi. Bundan Markaziy bank hisobotida keltirilgan
2021-03-28T15:00+0500
2021-03-28T15:00+0500
2021-03-28T15:00+0500
iqtisod
tashqi qarz
markaziy bank
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/10/14989219_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_cf0dbf2532a8cf6ae1d75dece1d97bee.jpg
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekiston tashqi qarzi 2020-yil yakunlariga ko‘ra 33,8 milliard dollarni tashkil qildi. Bundan Markaziy bank hisobotida keltirilgan raqamlar dalolat bermoqda.Mamlakat umumiy tashqi qarzining hajmi 2020-yil boshiga nisbatan 37,4 foizga yoki 9,2 mlrd. dollarga oshgan.Bank hisobotida yangi qarzlarning jalb qilinishi koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini yumshatish uchun hamda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun sarflangani aytilgan.Tashqi qarz davlat va xususiy qarzdan iborat. Birinchisi 21,3 milliard dollarni tashkil qilgan va asosan yangi tashqi qarz jalb qilinishi va davlat qimmatli qog‘ozlarining chiqarilishi hisobiga 5,4 milliard dollarga o‘sgan. Xususiy qarzdorlik 3,7 milliard dollarga oshib, 12,5 milliard dollarni tashkil qilgan va asosan banklar hissasiga to‘g‘ri kelgan.Ma’lum qilinishicha, hisobot davri mobaynida davlat tashqi qarzi bo‘yicha 651,3 million dollar asosiy qarz va 380,2 million dollar foiz to‘langan. Xususiy qarz bo‘yicha esa mos ravishda 2 milliard dollar va 370,8 million dollar qarz qaytarilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/10/14989219_233:0:2964:2048_1920x0_80_0_0_dc4f2ccb7704a961a02491f5d5964fa1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, tashqi qarz, markaziy bank
iqtisod, tashqi qarz, markaziy bank
O‘zbekiston tashqi qarzi 34 milliard dollarga yaqinlashmoqda
2021 yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 33,8 milliard dollarni tashkil qildi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekiston tashqi qarzi 2020-yil yakunlariga ko‘ra
33,8 milliard dollarni
tashkil qildi. Bundan Markaziy bank
hisobotida keltirilgan raqamlar dalolat bermoqda.
Mamlakat umumiy tashqi qarzining hajmi 2020-yil boshiga nisbatan 37,4 foizga yoki 9,2 mlrd. dollarga oshgan.
Bank hisobotida yangi qarzlarning jalb qilinishi koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan inqirozning ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirini yumshatish uchun hamda hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun sarflangani aytilgan.
Tashqi qarz davlat va xususiy qarzdan iborat. Birinchisi 21,3 milliard dollarni tashkil qilgan va asosan yangi tashqi qarz jalb qilinishi va davlat qimmatli qog‘ozlarining chiqarilishi hisobiga 5,4 milliard dollarga o‘sgan.
Xususiy qarzdorlik 3,7 milliard dollarga oshib, 12,5 milliard dollarni tashkil qilgan va asosan banklar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ma’lum qilinishicha, hisobot davri mobaynida davlat tashqi qarzi bo‘yicha 651,3 million dollar asosiy qarz va 380,2 million dollar foiz to‘langan. Xususiy qarz bo‘yicha esa mos ravishda 2 milliard dollar va 370,8 million dollar qarz qaytarilgan.